21 mavzu: investetsiya va uning iqtisodiyotdagi o`rni investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi


 Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana07.05.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1440243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
21-mavzu (1)

 
2. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. 
Akselerator modeli. 
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib 
kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya 
xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda normasi 
(KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor. 
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash 
foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, 
investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi. 
Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi 
stanokni qo’llashdan zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin. Kutilayotgan sof 
foyda normasi quyidagicha aniqlanadi: 
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%. 
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, 
balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining 





350 
o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida 
aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi 
yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi. 
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar 
kiradi: 
1. Soliqqa tortish darajasi; 
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar; 
3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori; 
4. Investorlarning kutishi; 
5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi. 
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo 
bo’lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan 
sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga 
turtki beradi. 
Investitsiyalar hajmining YaMM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini 
akselerator modeli aks ettiradi: 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling