21 mavzu: investetsiya va uning iqtisodiyotdagi o`rni investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana07.05.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1440243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
21-mavzu (1)

Rasm 8.2 
 
 
Haqiqiy ijara narxi, R/P 
Kapital taklifi 
Kapitalning ijara narxi. 
Kapitalni 
ijarasi 
uchun 
olinadigan narx kapitalga 
bo’lgan talab (kapitalning 
chekli mahsulotiga teng) va 
kapital 
taklifni 
asosida 
muvozanatlashishi asosida 
o’zgaradi. 
Kapitalga 
bo'lgan talab 
(MPK) 
Kapital zahirasi, K 
Y = A K
α
L
1- α
 
Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiyasida kapitalning chekli mahsuloti 
quyidagicha yoziladi: 
MPK=α A (L/K) 
1-
α
bunda K-kapital, L-mehnat, A-texnologiya darajasini ko’rsatuvchi ko’rsatkich 
va α – tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda kapitalning ulushini o’lchovchi noldan 
katta va birdan kichik bo’lgan ko’rsatkich. Muvozanat 
sharoitida kapital ijarasi uchun olinadigan haqiqiy narx kapitalning chekli 
mahsulotiga teng bo’lganligi sababli, biz quyidagi ifodani yozishimiz mumkin: 
R/ R =α A (L/K) 
1-
α
Bu kapital ijarasi uchun olinadigan haqiqiy narxni aniqlovchi o’zgaruvchilar 
miqdorining ifodasidir. U quyidagilarni ko’rsatadi: 

Kapital zaxirasi qanchalik kam bo’lsa,uning ijarasini haqiqiy narxi 
shunchalik yuqori. 

Qo’llaniladigan mehnat miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, kapital ijarasi 
haqiqiy narxi shunchalik yuqori. 

Texnologiya qanchalik yaxshi bo’lsa, kapital ijarasi haqiqiy narxi shunchalik 
yuqori. 
Kapital zaxiralarini kamaytiruvchi (er qimirlashi), bandlikni oshiruvchi (jami 
talabni o’sishi) yoki texnologiylarani yaxshilovchi (ilmiy topilmalar) kapital ijarasi 
uchun olinadigan haqiqiy narxning muvozanatli miqdorini oshiradi. 


355 
Endi ijara firmalarini ko’rib chiqamiz. Mashinani ijara beruvchi 
kompaniyalarga o’xshash firmalar shunchaki kapital tovarlarini sotib oladi va ijaraga 
beradi. Maqsadimiz ijara firmalari tomonidan hosil qilinadigan investitsilarni 
tushuntirish bo’lgani uchun, kapitalga egalik qilishning foydasi va narxini ko’rib 
chiqishdan boshlaymiz. 
Kapitalga egalik qilishning foydaliligi uni ishlab chiqaruvchi firmalarga ijaraga 
berishdan olinadigan daromaddandir. O’z kapitalini ijaraga bergan firma uning xar 
birligiga R/ R haqiqiy narxni oladi. 
Kapitalga egalik qilish xarajatlari murakkabroq tuzilishga ega. Firma kapital 
birligini ijaraga berayotgan vaqtning xar bir davri mobaynida u uch xil xarajatlarni 
qiladi: 
1. 
Firma kapital birligini sotib olib, keyin uni ijaraga berayotganda u 
kapitalni sotib olish uchun sarflangan mablag’larni bank hisobiga qo’yib olishi 
mumkin bo’lgan foizl ko’rinishidagi daromadni yo’qotadi. Yoki, shunga o’xshash, 
firma kapitalni sotib olish uchun qarz mablag’laridan foydalandi, unda u olingan qarz 
bo’yicha foizlar to’lashiga to’g’ri keladi. Agar R
k
- kapital birligini sotib olish narxi, 
i -nominal foiz stavkasi bo’lsa, unda iR
k
– foizlar bo’yicha xarajatlardir. E’tibor 
bering, agarda ijara firmasi qarz olishiga to’g’ri kelmasa ham, foiz stavkasi qiymati 
bir xil bo’ladi: agar ijara firmasi qo’lda naqd pul evaziga kapital birligini sotib olsa, 
ushbu naqd pulni bankka omonatga qo’yib ishlab topishi mumkin bo’lgan foizni 
yo’qotadi. Ikkala holatda ham, foiz stavkasi qiymati iP
K
ga teng. 
2. Firma kapitalni ijaraga berguncha, uning narxi o’zgarishi mumkin. 
Agar kapital narxi pasaygan bo’lsa, unda firma uning aktivlari qiymati 
pasayganligi tufayli zarar ko’rishi mumkin. Agar kapital narxi oshayotgan bo’lsa, 
unda firma aktivlari qiymati ko’tarilishi sababli yutadi. Bu yutuq yoki zararning 
miqdori -∆R
k
ga teng (bu yerda minus belgisi qo’yilyapt, chunki foydani emas 
xarajatlarni hisoblayapmiz). 
3. Kapital ijaraga berilganda, u eskiradi va qiymatini yo’qotadi. Bu 
amortizatsiya deb ataladi. Agar δ-amortizatsiya me’yori, ya’ni eskirish natijasida 
muayyan davr davomida qiymatning yo’qotilgan qismi bo’lsa, unda amortizatsiya 
miqdorining puldagi ifodasi δR
k
bo’ladi. 
Shunday qilib, bir davr mobaynida kapital birligini ijaraga berish bo’yicha 
umumiy xarajatlarquyidagini tashkil etadi: 
Kapital birligiga xarajatlar = iR
k
-∆R
k
+δR
k
= R
k
(i-∆R
k
/R
k
+δ) 
Kapital birligiga xarajatlar kapital birligi narxiga, foiz stavkasiga, kapital narxni 
nisbiy o’zgarishiga va amortizatsiya me’yoriga bog’liq. 
Misol uchun, mashinani ijara beruvchi kompaniya kapital xarajatini ko’rib 
chiqaylik. Kompaniya har bir mashinani $10000 dan oladi va boshqa firmalarga 
ijaraga beradi. Kompaniyaning yiliga 10% foiz stavkasi i bor, shunday ekan foiz 


356 
stavkasi qiymati iP
K
kompaniya tasarrufidagi har bir mashina uchun $1000. 
Mashinalar narxi yiliga 6%ga oshmoqda, shunday qilib, amortizatsiyani 
hisoblamaganda, firma yiliga $600 kapital foyda ΔP
K
oladi. Mashinalarning 
amortizatsiyasi sababli yiliga 20% qiymatini yo’qotadi, shunday ekan amortizatsiya 
δP
K
sababli yo’qotishlar yiliga $2000. Shuning uchun, kompaniyaning kapital 
birligiga xarajati: 
Kapital birligiga xarajati = $1000-$600+$2000= $2400. 
Mashinani ijara beruvchi kompaniya uchun mashinani saqlab turish qiymati 
yiliga $2400ga teng. 
Kapital birligi xarajatlari uchun ifodani soddalashtirish va u bilan ishlash qulay 
bo’lishi uchun investitsion tovarlar narxi boshqa tovarlar narxi bilan birga ko’tariladi 
deb hisoblaymiz. Bunday vaziyatda ∆R
k
/R
k
inflyatsiyaning umumiy darajasi π ga 
teng. i – π ifoda real foiz stavkasi r ga teng bo’lganligi uchun, biz kapital birligiga 
xarajatlarni quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin. 
Kapital birligiga xarajatlar = R
k
(r +δ) 
Bu tenglamadan ko’rinib turibdiki, kapital birligiga xarajatlar kapital narxi, real 
foiz stavkasi va amortizatsiya me’yoriga bog’liq. Va nihoyat, kapital birligiga 
xarajatlarni iqtisodiyotdagi boshqa tovarlar narxlari bilan bog’liqligini 
ko’rmoqchimiz. Kapital birligiga haqiqiy xarajatlar- bu iqtisodiyotdagi ishlab 
chiqarish birliklarida o’lchangan kapital birligini sotib olish va ijaraga berish 
bo’yicha xarajatlardir va u quyidagini tashkil etadi: 
Kapital birligiga haqiqiy xarajatlar= (R
k
/R)(r +δ) 
Bu tenglamadan ko’rish mumkinki, kapital birligiga haqiqiy xarajatlar 
investitsion tovarlar nisbiy narxlari R
k
/R, real foiz stavkasi r va amortizatsiya me’yori 
δ ga bog’liq.Endi kapital zaxirasini oshirish yoki kamaytirish bo’yicha firma qarorini 
ko’rib chiqamiz. Har bir kapital birligi uchun, firma ral daromad R/P oladi va real 
xarajat (P
K
/P) (r+ δ) ni to’laydi. Shunda har bir kapital birligi uchun sof foyda: 
Foyda darajasi = daromad – xarajat = R/P - (P
K
/P) (r+ δ). 
Muvozanatda real ijara narxi kapitalni chekli mahsulotiga teng bo’lgani uchun, 
foyda darajasini quyidagicha yozish mumkin: 
Foyda darajasi = MPK - (P
K
/P) (r+ δ). 
Ijara firmasini investitsiya qarorlarini qabul qilishning iqtisodiy omillarini 
ko’rib chiqamiz. Firmaning kapital zaxirasi to’g’risidagi qarori, ya’ni qo’shish yoki 
amortizatsiyaga sarflanishiga yo’l qo’yish, kapitalga egalik qilish va uni ijaraga 
berish daromadli ekanligiga bog’liq. Netto investitsiya deb nomlanuvchi kapital 
zaxirasidagi o’zgarish kapitalni chekli mahsuloti va kapital xarajati o’rtasidagi 
farqqa bog’liq bo’ladi. Kapitalni chekli mahsuloti kapital xarajatidan 


357 
yuqori bo’lsa, firma kapital zaxirasini ko’paytirishni daromadli deb topadi. Agar 
kapitalni chekli mahsuloti kapital xarajatidan kam bo’lsa, unda kapital zaxirasini 
kamaytirishga xarakat qiladi. 
Shuni ham kuzatishimiz mumkinki, ishlab chiqaruvchi va ijara firmalari 
o’rtasidagi iqtisodiy faoliyatni ajratish, garchi fikrimizni oydinlashtirishga xizmat 
qilsa-da, firmalar qancha investitsiya qilishni qanday tanlashi borasidagi xulosamiz 
uchun kerak emas. Kapitaldan ham foydalanadigan va unga egalik qiladigan firma 
uchun, qo’shimcha kapital birligining foydasi kapitalni chekli mahsuloti , xarajat esa 
kapital xarajati bo’ladi. Kapitalga egalik qiladigan va ijaraga beradigan firma singari, 
bu firma kapital zaxirasini agar marginal mahsulot kapital xarajatidan yuqori 
bo’lsagina ko’paytiradi. Shunday qilib: 
ΔK = I
n
[MPK - (P
K
/P) (r+ δ)], 
Bunda I
n
() investitsiyaga rag’batiga ko’ra qancha netto investitsiyalar 
kerakligini ko’rsatuvchi funksiya. Endi investitsiya funksiyasini keltirib 
chiqarishimiz mumkin. Korxonalar asosiy fondiga investitsiyalar uchun 
xarajatlarning umumiy miqdori sof investitsiyalar va chiqib ketgan kapitalni 
tiklashga investitsiyalar miqdorlari yig’indisiga teng. Investitsiya funksiyasi 
quyidagicha yoziladi: 
I=I
n
(MPK –(R
k
/R)(r +δ)) +δK. 
Korxonalar asosiy fondlariga investitsiyalar kapitalning chekli mahsuloti
kapital birligiga xarajatlar va kapitalning chiqib ketgan miqdoriga bog’liq bo’ladi. 
Bu model investitsiya nima uchun foiz stavkasiga bog’liq bo’lishini ko’rsatib 
beradi. Real foiz stavkasi pasayishi kapital xarajatini ham kamaytiradi. Shu sabab u 
kapitalga egalik qilishdan keladigan daromadni oshiradi va ko’proq kapital 
to’plashga undaydi. Shunga o’xshash, real foiz stavkasi ko’tarilishi kapital xarajatini 
ham oshiradi va firmani investitsiyani kamaytirishga undaydi. Shu sababdan, 
investitsiyani foiz stavkasiga bog’langanligini kosatib turuvch investitsiya 
funksiyasining egri chizig’i -rasmdagi (a) paneldagi kabi pastga qaragan bo’ladi. 


358 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling