21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari
Download 436.93 Kb. Pdf ko'rish
|
21-мавзу.
Aholisi va mehnat resurslari. Xorazm viloyati aholisi 01.01.2018 yilda
1835,7 ming kishini tashkil qilgan. Viloyatda har 1000 kishiga nisbatan tug‘ilish 22,0, o‘lganlar 4,5, tabiiy o‘sish esa 17,5 promillga teng. Aholi joylashuvida, qo‘shni Qoraqalpog‘istonga o‘xshash, katta hududiy tafovutlar yo‘q. O‘rtacha zichlik 1 km.kv ga 303,4 kishini tashkil etgan holda u 190 kishidan (Yangibozor tumani), 360 kishigacha (Xiva tumani) farq qiladi. Shuningdek, Urganch, Xazorasp tumanlarida ham aholi ancha zich joylashgan. Viloyatda urbanizatsiya darajasi past – 33,2 foizga yaqin aholi mavjud 3 shahar (Urganch, Xiva va Pitnak) hamda 57 shaharchada (Gurlan, Ko‘shko‘pir, Chalish, Xazorasp, Xonka, Shovot, Yangibozor) yashaydi. Urbanizatsiya ko‘rsatkichi Reepublikada faqat Surxondaryo viloyatidan yuqoriroq xolos, shaharlar soni bo‘yicha esa u eng oxirgi o‘rinda. Viloyatning ma’muriy markazi Urganchda 141,7 ming, «ikkinchi» shahar Xivada 90,7 ming kishi istiqomat qiladi. Aholi sonining o‘sishida uning tabiiy harakatini roli katta. Tug‘ilish har ming kishi hisobiga 2019 yilda viloyat bo‘yicha 23,7, o‘lim 4,5 kishiga, tabiiy o‘sish esa 19,2 promillega teng bo‘lgan. Tug‘ilish koeffitsienti Xazorasp, Gurlan va Bog‘ot tumanlarida yuqoriroq (26-27 promille), o‘lim ko‘rsatkichlari esa Urganch shahrida biroz katta (6,57,0 promille). Bolalar o‘limi viloyat bo‘yicha har 1000 tug‘ilgan chakaloqqa 13,0 ga teng bo‘lib, u Urganch shahri va Gurlan shaharchasida birmuncha yuqoriroq. Viloyatda aholi migratsiyasi Respublika boshqa hududlariga qaraganda ancha sust. Masalan, 2018 yilda viloyat shahar joylariga atigi 6308 kishi kelgan va bu yerdan 7452 kishi ketgan (migratsiya qoldig‘i minus 1144); 2018 yilda bu ko‘rsatkichlar yuqoridagilarga mos holda 6202; 7140 va minus 938 kishini tashkil k;ilgan. Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda faqat Xorazm viloyati qishloq joylarida aholining migratsiya aloqalari ijobiy, xolos. Chunonchi 2018 yilda viloyat qishloqlariga hammasi bo‘lib 6308 kishi kelgan, ketganlar 7432 va migratsiya qoldig‘i 1124 kishiga teng bo‘lgan. Xorazm viloyati demografiyasining yana bir hususiyati shundaki, uning aholisi asosan bir millatli hisoblanadi. Masalan, 1989 yildagi aholi ro‘yxati ma’lumotlariga qaraganda, viloyat aholisining 95,6 foizini o‘zbeklar tashkil etgan. Albatta, yuqorida keltirilgan aholining o‘sishi, joylanishi, tabiiy va migratsiya harakti, milliy tarkibi, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida e’tiborga olinishi kerak. Jami aholini 1013,4 ming kishi mehnatga layoqatli yoshdagilar hisoblanadi; iqtisodiy faol aholi 786,0 ming kishi, iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi 711,8 ming kishini tashkil qilgan. Aholini o‘rtacha oylik nafaqa miqdori 605,0 ming so‘mni tashkil qilgan. 2018 yil ma’lumotlariga binoan, jami band aholining 8,8 foizi sanoatga, 40,6 foizi qishloq xo‘jaligiga va 8,4 foizi qurilishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ta’lim, madaniyat, fan sohalarida ham mehnat resurslarining kattagina qismi ishlaydi (13,5 foiz). Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichlariga qiyoslasak, bu yerda qishloq xo‘jaligida aholi bandligining yuqoriroq va sanoatda esa pastligining guvohi bo‘lamiz, buning asosiy sababi vohada sanoat ishlab chiqarish yuqori darajada rivojlanmaganligidadir. Viloyatda mavjud ishsizlikni bartaraf qilish maqsadida kichik biznesni, qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni va xorijiy investrlarni ko‘proq jalb qilib sanoat tarmoqlarini rivojlantirish kerak. Download 436.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling