21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari
Download 436.93 Kb. Pdf ko'rish
|
21-мавзу.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Qishloq xo‘jaligi. Xorazm viloyati 2018 yilda 385,4 ming tonna don
mahsulotlari, shundan 259,0 ming tonna bug‘doy, 224,1 ming tonna paxta, 115,8 ming tonna kartoshka, 568,8 ming tonna sabzavotlar, 123,3 ming tonna oziqbop poliz mahsulotlari, 148,2 ming tonna meva va rezavorlar, 39,4 ming tonna uzum, 157,9 ming tonna go‘sht, 1012,3 ming tonna sut, 460,1 mln dona tuxum, 1101 tonna jun, 8620 dona qorako‘l terisi, 1506,3 tonna pilla va ko‘plab boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirdi. Xorazm viloyatida 2018 yilda 580 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi mintaqaviy siyosati doirasida Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga muvofiq kelajakda viloyat ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilash, mehnat resurslaridan to‘laroq, foydalanish, halqaro turizm va sanoatning og‘ir tarmoqlariga ham ko‘proq ahamiyat berish nazarda tutilgan. Viloyatda aholini turmush darajasini yaxshilash maqsadida kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini sonini ko‘paytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, hududni eksport salohiyatini rivojlantirish aholini zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash, infratuzilmalarni takomillashtirish, xalqaro turizmni yanada rivojlantirish davlatimizni asosiy rejalaridan biri hisoblanadi va uni yaqin kelajakda to‘la amalga oshishini ta’minlaydi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Nima sababdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bir iqtisodiy rayon tarkibiga kiritiladi? 2. Har ikkala hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, demografik vaziyatiga iqtisodiy jihatdan baho berish: 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimizda qanday sohalarga ixtisoslashgan va uning istiqboldagi rivojlanish omillari qaysilar? 4. Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining hududiy tarkibi qanday? 5. Nima uchun Xorazm viloyatida og‘ir sanoat yaxshi rivojlanmagan? 6. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining asosiy muammolari va istiqbolda rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ta’riflab bering. Download 436.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling