21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari
Download 436.93 Kb. Pdf ko'rish
|
21-мавзу.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik o‘rni va tabiiy boyliklari.
Xorazm viloyati. Viloyat 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan, u
10 qishloq tumanlaridan iborat: Bog‘ot, Gurlan, Urganch, Xiva Xonqa, Shovot, Yapgiariq. Yangibozor, Ko‘shko‘pir va Xazorasp. Xorazm viloyatida – 59 ta shahar joylar, 3 ta shahar va 56 ta shaharcha va 1 ta qishloq fuqarolari yig‘inlari mavjud. Xorazm viloyatining maydoni 6,05 ming km.kv va bu jixatdan u respublikada Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan kattaroq xolos. Viloyat aholisi, 1.01.2019 yil ma’lumotlariga ko‘ra, 1835,7 ming kishi yashaydi. Ma’muriy markazi-Urganch shahri. Xorazm viloyati hududi jixatidan uncha katta bo‘lmasada, uning iqtisodiy salohiyati ancha yuqori. Jumladan, bu yerda yaratilgan yalpi ichki maxsulot va sanoat mahsulotinipg hajmi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qaraganda 1,6 marta ko‘p, qishloq xo‘jaligi mahsulotining miqdori esa 2,4 marta ortiq. Geografik o‘rni va tabiiy boyliklari. Viloyat Amudaryoning quyi qismida, O‘zbekiston Respublikasinipg shimoli-g‘arbida joylashgan, viloyat shimol- shimoli-g‘arbda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan, janubi-sharqda Buxoro viloyati bilan, janubi-g‘arbda Turkmaniston davlati bilan chegaradosh. Viloyat hududining asosiy qismi Amudaryoning chap sohilida joylashgan. Amudaryo boy tarix va. madaniyatga ega bo‘lgan Xorazm taqdirida katta rol o‘ynagan. Viloyatni tabiatini, aholisini faoliyatini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni xususiyatlarini belgilab bergan. Xorazmning tarixiy rivojlanishi ham shu daryo faoliyati bilan chambarchas bog‘liq, bu bog‘liqlik uzoq ming yilliklarga borib yetadi. Xorazm hududini Chorjuy-Toshhovuz-Boynaq temiryo‘li kesib o‘tadi. Bu uning rivojlanishiga, Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa davlatlar bilan aloqa qilishida ancha qulayliklar tug‘diradi. Viloyat yer usti tuzilishi murakkab emas, uning hududi Turon pasttekisligiga kiradi. Yer sathining nisbatan balandligi daryodan uzoqlashgan sari janubga tomon biroz ko‘tarilib boradi. Bunday geomorfologik holat va u bilan bog‘liq, yer osti suvlarining joylanishi aholi manzilgohlari va xo‘jalik tarmoqlarini hududiy tashkil qilishga o‘zini ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Xorazm hududining tuzilishi ayni vaqtda uning qazilma resurslariga boy emasligidan ham darak beradi. Viloyatda mineral xomashyo va yokilg‘i resurslarining o‘ta tanqisligi og‘ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni qiyinlashtiradi. Iqlimi kontinental, namgarchilik kam. Shu sababli qadimdan bu hududda deqqonchilikning rivojlanishi asosan suv, sug‘orish inshootlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Hatto hozirgi kunda ham iqlimning quruq kelishi, Amudaryoda suvning kamayishi bu yerda sug‘orma dehqonchilikni keng rivojlantirishga biroz moyillik qiladi. Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko‘p jihatdan agroiqlimiy resurslarga, suv zahiralari, Orol bo‘yi ekologik muammolarini hal qilishga hamda qo‘shni hududlar bilan iqtisodiy integratsiya qilishiga bog‘liq. Download 436.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling