21-Mavzu: Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Reja: Tabiiy sharoiti va resurslari. Demografik salohiyati, mehnat resurslari
Download 436.93 Kb. Pdf ko'rish
|
21-мавзу.
Xo‘jaligi. Mintaqa iqtisodiyoti agrar-industrial xususiyatga ega.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar respublikada ham jadal amalga oshirilmoqda. 90 foiziga yaqini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 95 foizi nodavlat sektoriga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, bozor infrastrukturasini shakllantirish, qulay investitsiya makonini yaratish, geoekologik xolatni sog‘lomlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Sanoati. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoatida 2018 yilda amaldagi narxlarda 10911,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Yalpi ichki mahsulotni 1/3 qismin beradi. Respublikada benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, ohaktosh, qoplama materiallar, yig‘ma temirbeton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari to‘qimachilik galanteriyasi, o‘simlik yog‘i, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, non va non mahsulotlari, qandolatchilik, guruch, makaron, yon, yorma va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining 4,2 foiz elektr energiyasini, shuncha qurilish sanoati, 4,6 oziq-ovqat, 3,6 foiz yengil sanoat, 5,2 foiz paxta tozalash sanoat mahsulotini beradi. Keyingi yillarda yoqilg‘i, to‘qimachilik, shisha va farfor idishlari sanoati ham tezroq rivojlanib bormoqda. Chunonchi, mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda Nukus un zavodi (1992-y.), Kateks (1993-y,), Elteks (1994-y.), Xo‘jayli shisha zavodi (1995-y.), o‘ndan ortiq qo‘shma korxonalar qurildi. Hozirgi kunda bu yerda 95 asosiy sanoat korxonalari mavjud bo‘lib, ularda 61,3 ming kishiga yaqin ishchi band. Sanoat rivojlanish darajasi o‘sib bormoqda. 2018 yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 4353 mln. kVt/s elektr energiyasi, 5,8 mlrd. m 3 tabiiy gaz, 164,5 ming tonna neft, 159,9 ming tonna paxta, 1,2 ming tonna paxta tolasi, 12,8 ming tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi elektr energetikasi Taxiyatosh IESiga asoslangan. Albatta, bu uncha katta bo‘lmagan issiqlik elektr stansiyasi quyi Amudaryo mintaqa iqtisodiyotini jadal rivojlantirish uchun yetarli emas. Shuningdek, qazib olinayotgan neft va gaz kondensati, tabiiy gaz miqdorini qazib olishni ko‘paytirish evaziga yoqilg‘i energetika sanoatini rivojlantirish mumkin bo‘ladi. So‘nggi yillarda kimyo sanoati rivojlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Qo‘ng‘irot shahrida mahalliy tuz xomashyosi asosida O‘zbekistonda yagona soda zavodi ishga tushirilgan. Mashinasozlik va o‘rmon sanoati yaxshi rivojlanmagan. Mashinasozlik ko‘proq qishloq xo‘jaligi va yo‘l qurilishi mashinalari ta’mirlashga ixtisoslashgan. Ayni vaqtda qurilish sanoati (oxak, marmar, g‘isht ishlab chiqarish) birmuncha rivojlangan. Yengil sanoati tarkibida to‘qimachilik va paxta tozalash korxonalarining o‘rni katta. Nukusda jun mahsulotlari (kigiz) ishlab chiqaruvchi kombinat faoliyat ko‘rsatadi, paxta yetishtiruvchi Beruniy, To‘rtkul, Amudaryo, Ellikkal’a, Xo‘jayli va boshqa tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoatida asosan, o‘simlik yog‘i Xo‘jayli, Nukus, Qo‘ng‘irot, Chimboy, Beruniy tumanlarida, don maxsulotlari va yemning asosiy qismini «Qorao‘zak-don» aksionerlik jamiyati beradi. Un sanoati korxonalari Beruniy, Chimboy, To‘rtko‘lda rivojlangan. Qoraqalpog‘istonda o‘ndan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan qo‘shma korxonalar bor. Ammo ularning eksport salohiyati ancha past. Keyingi yillarda «Texnomart» O‘zbek-arab qo‘shma korxonasi (fotoxizmat), «Osiyo-vest» O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi (madanli suv va alkogolsiz ichimliklar), «Persey» O‘zbek-Rossiya-Litva qo‘shma korxonasi (qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash va realizatsiya qilish), «Sharq-teks» Qorakalpoq-Italiya (paxta va uning chiqindilarini kayta ishlash), «Chimboy- Deri» O‘zbek-Turk (qo‘y va echkilar terisini qayta ishlash, poyabzal ishlab chiqarish) qo‘shma korxonalari qurilgan. Shuningdek, dekorativ toshlar (marmar), muzqaymoq ishlab chiqaruvchi «Ays-Jayxun» Qoraqalpoq- Luksemburg, o‘simlik yog‘i beruvchi «Turon» O‘zbek-Rossiya qo‘shma korxonalari ham mavjud. «Kart» qo‘shma korxonasida paypoq ishlab chiqariladi. Sanoatning hududiy tarkibi o‘ziga xos, taxminan 1/3 qism sanoat mahsuloti Nukus shahriga, deyarli 20 foizi Taxiyatosh shahriga to‘g‘ri keladi. Bulardan tashqari, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot, Ellikqal’a, Chimboy, Beruniy va Amudaryo tumanlarida ham sanoat ishlab chiqarishi birmuncha rivojlangan. Ayni paytda Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Muynoq va Buzatov tumanlarida bu soha sust rivojlangan. Download 436.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling