Pul muomalasi - pulning iqtisodiyotda o‘z vazifalarini bajarish jarayonida to‘xtovsiz harakatda bo‘lishi, tovarlar va xizmatlar ayir- bosh qilish jarayonida qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turishi.
Pul tizimi - tarixan tarkib topgan va mamlakat milliy qonunchiligi bilan mustahkamlangan pul muomalasini tashkil qilish shakli.
Inflyatsiya - qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi.
Kredit - bo‘sh turgan pul mablag'larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ulami takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish.
Foiz normasi (stavkasi) - foiz yoki foizli daromadning qarzga berilgan pul summasiga nisbatining foizda ifodalanishi.
Bank krediti - pul egalari (banklar va maxsus kredit muassa- salari) tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) beriluvchi pul ssudalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |