Xo‘jaliklararo kredit - bir korxona (muassasa) tomonidan ikkin- chisiga berilib, ulaming kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan munosabatlariga xizmat qiluvchi qarz mablag‘lari.
Tijorat krediti - korxonalar, birlashmalar va boshqa xo‘jalik yuri- tuvchi subyektlaming asosan to‘lovni kechiktirish yo‘li bilan tovar shaklida bir-biriga beradigan kreditlari.
Iste’mol krediti - xususiy shaxslarga, awalo, uzoq muddat foy- dalanadigan iste’mol tovarlari so’lib olish uchun ma’lum muddatga beriluvchi qarz mablagTari.
Ipoteka krediti - ko‘chmas mulklar (yer, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriluvchi qarz mablagTari.
Davlat krediti - kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli bo’lib, bunda davlat pul mablagTari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo’lib chiqadi.
Xalqaro kredit - ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabat- lar sohasidagi harakati.
Lizing - odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boy- liklami keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to‘lab borib, so’lib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish- dan iborat kreditning pulsiz shakli.
Faktoring - boshqa iqtisodiy subyektlaming qarzdorlik bo‘yicha majburiyatlarini so’lib olish yoki qayta so’lish munosabatlari.
Forfeyting - uzoq muddatli faktoring munosabatlari.
Trast - mijozlaming kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsi- yalari.
Banklar - pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ulaming ha- rakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |