Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari.
Pulga bo’lgan talab va pul taklifi
Bozor iqtisodiyo’li sharoitida pul mablagTari to‘xtovsiz harakatda bo’ladi, tovarlar va xizmatlami ayirboshlash jarayonida resurslar uchun toTovlami amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlami to’lashda pul qoTdan qo’lga o‘tib, aylanib turadi. Pulning o‘z vazifalari- ni bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomoni- dan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pui tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
milliy pul birligi (so‘m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);
naqd pul muomalasida qonuniy toTov vositasi sifatida amal qi- luvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi;
pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muoma- laga chiqarish tizimi;
pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgi- lari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochka- lari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ulaming hammasi pui agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘Igan pul massasi naqd va kredit pullami qo‘shish yo'li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshi- riladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta’minlash uchun zamr bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:
Do'stlaringiz bilan baham: |