Masalan,
oltin pul muomalada boMganda:
ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinib, zaxirada to‘planib bora- di, zarur bo‘lganda muomalaga yoki har xil bezaklar uchun foydala- nishga chiqariladi;
tovarlar hajmi ko‘payib, muomala uchun qo‘shimcha pul zarur bo‘lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo‘l bi- lan muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori o‘z-o‘zidan tar- tiblanadi.
Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, oltinning o‘z qiy- matiga nisbatan esa teskari mutanosiblikda o‘zgaradi:
oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovar- lar qiymati qancha past bo‘lsa, muomala uehun zarur bo‘lgan pul miqdori ham shuncha kam boiadi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;
agar tovarlar hajmi va qiymati o'zgarmaydi, deb faraz qil- sak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya’ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko'payadi.
Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin:
qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo‘ladi;
qog‘oz pulning har bir birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo'lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori nisbatiga mos keladi.
Qog‘oz pul tizimi amal qilib turgan davrdan buyon o‘tgan real iqti- sodiy hayot shuni ko‘rsatadiki, oltin pul muomaladan chiqarilgan va qog‘oz pullaming oltin pul bilan aloqasini yo‘qo’lishga rasman urinil- gan bo‘lsada, uning nominal qiymat belgisi sifatidagi harakatida ol- tin pul bilan bo‘lgan aloqasi hozirgacha obyektiv ravishda saqlanib qolgan. Faqat u modifikatsiyalashib, murakkablashib bormoqdaki, natijada uni mantiqiy mushohada qilish orqali tushunish ancha qiyin- lashadi. Shuning uchun ham qog‘oz pullar har bir davlatning maxsus qonuni bilan muomalaga chiqariladi. Bu qonunda pulning belgisi, birliklari, miqyoslari va chet el valyutalari bilan rasmiy almashuv tar- tibi o‘matiladi. Ammo uning qiymat belgisi sifatida qancha qiymatga ega ekanligini hech qanday davlat qonuni bilan o‘matib bo‘lmaydi, u faqat obyektiv iqtisodiy qonun - pul muomalasi qonuni asosida o‘matiladi va amal qiladi1.
Milliy iqtisodiyotda davlatning, tijorat banklari va boshqa moli- yaviy muassasalaming majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshirila- di. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1... Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foy- dalaniladi. Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |