22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli
Download 102.37 Kb.
|
22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli
Pul bozori - bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasi- ning turli darajalarida pul mablag'lariga bo‘lgan talab va pul taklifi- ning o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi - bu bozorda pul sifatida muomalada bo‘lgan turli-tuman moliyaviy mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi. “Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tar- tibga solinsada, u iqtisodiyotdagi barcha taklifhi qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga uy xo'jaligi xatti-harakati hamda tijorat bankla- rining siyosati ham ta’sir ko‘rsatadi. 2015-yilda iqtisodiyotdagi pul taklifining, ya’ni pul massasining belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida bo‘lishiga erishildi. Bimda pul massasining o‘sishi quyidagi omillar ta’sirida shakllandi:
tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustu- vor sohalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga va real sektordagi in- vestitsion faollikni oshirishni yanada rag‘batlantirishga qaratilgan si- yosatning davom ettirilishi natijasida banklaming jami kredit portfeli 2014-yilga nisbatan 27,3 foizga oshdi va uning pul massasi o‘sishiga ta’siri 73 foizni tashkil qildi. mamlakat to‘lov balansi ijobiy saldosining ta’minlanishi hi- sobiga bank tizimi sof tashqi aktivlarining ko‘payishi pul massasi o‘sishining 27 foizini ta’minladi. O‘z navbatida, pul massasining o‘sishi quyidagi omillar hisobiga kamaytirilib, maqbul darajaga keltirildi: O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobvarag‘iga joriy tushumlar hisobidan qo‘shimcha ravishda 910 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘lar yo‘naltirilishi hisobiga pul massasining o‘sishi oldi olindi. Ushbu omilning pul massasini ka- maytirishdagi ulushi 83 foizni tashkil etdi; - pul-kredit siyosatining bozor instrumentlaridan foydalanishning pul massasi kamayishiga ta’siri 11 foizni tashkil qildi. Shuningdek, Davlat byudjetining YalMga nisbatan 0,1 foiz prof- itsit bilan ijro etilishi ham mos ravishda pul massasi o‘sishining oldini olishga xizmat qildi”2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakat- lar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan qismida “ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyo- satini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mil- liy valyutaning barqarorligini ta’minlash”3 ko‘zda tutilgan. Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo’lgan aktivlari hisobiga yangi pullami hosil qilishlari, ya’ni ulami bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To‘g‘ri, ulaming bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘matiluvchi majburiy zaxira me’yorlari orqali chekla- nadi. Ya'ni, tijorat banki o‘zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablagTarini zaxira sifatida saqlashi lozim. Aktivlaming qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mum- kin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multip- likatori yoki bank multiplikatori deyiladi. Pul taklifi multiplikatori - bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmining majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmiga nisbati boiib, pul mablagiarining bir fjiriik- ka ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga o‘J»ishin> ko‘rsatadi: Ms 1 m=— yoki m=- , bu yerda m - pul taklifi multiplikatori koeffitsienti; Ms - bankdagi pul depozitlarining qo‘shimcha ravishda o sgan hajmi; R - majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmi; r - majburiy zaxiraning foizdagi me’yori. Masalan, Markaziy bank tomonidan o‘matilgan majburiy zaxira me'yori 20 foizni tashkil etsin. Agar tijorat bank aktivi 100 mln- so‘m deb olsak, u holda pul taklifi multiplikatori 5 ga teng bo'ladi (100 mln. so‘m/20 mln. so‘m). Bu esa tijorat banki 500 mln. so‘m hnjmida (100 mln. so‘m x 5) yangi pullami muomalaga chiqarish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatadi. Pulga talab ikki qismdan iborat bo‘lishi mumkin: ayirboshlash uchun zamr bo‘lgan pulga bo‘lgan talab hamda aktivlar so’lib olish uchun zamr bo‘lgan pulga talab. Ayirboshlash uchun zamr bo‘lgan pulga bo‘lgan talab aholmmg kundalik shaxsiy ehtiyojlari, korxonalaming ish haqi to‘lash, mate- rial, yoqilg‘i va shu kabilami so’lib olish uchun kerak bo‘lgan PU1 miqdorini ifodalaydi. Ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan pul mi£l' dori biz yuqorida ko‘rsatgan formula bilan aniqlanadi. Ushbu f°r' mulaga asosan aholi va korxonalarga ikki holda ayirboshlash uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘sganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda. Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda> ma' salan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiYalan shaklida ushlab turishlari mumkin. Demak, aktivlar tomonidan, Ya ni investitsiyalar uchun pulga talab ham mavjud bo‘ladi. Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosib- likda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqd°rda- gi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuq°n bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi pul miq- dori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab aktivlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va ayirboshlash uchun pulga bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi. Download 102.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling