22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli


-jadval O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, mlrd. so‘m168


Download 102.37 Kb.
bet19/24
Sana09.11.2021
Hajmi102.37 Kb.
#172140
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli

22.2-jadval

O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, mlrd. so‘m168

Ko‘rsatkich

2000

2005

2010

2011

2012

2013

2015

2016

Tijorat banklari aktivlari

952,5

5630,6

21106,0

27453,3

33744,6

43868,0

65176,0

80362,0

Tijorat banklari yalpi kapitali hajmi

952,5

930,9

4100,1

5000,0

5253,6

6567,0

7784,0

9353,0

Ajratilgan kreditlar hajmi

608,3

3876,3

11539,3

15652,0

20407,7

26530,0

42685,2

53378,5

Jami omonatlar qiymati

232,8

1688,7

13236,3

17400,0

20062,2

26121,0

35624,1

44623,4





Bank tizimida asosiy e’tibor 2016-yilda bank tizimini yanada is- loh qilish va rivojlantirishda asosiy e'tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ulaming resurs bazasini rivoj lantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2344-sonli, O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 7-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2014-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobo’li haqida»gi SQ-51-III-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bank tizimiga oid boshqa qa- rorlarida belgilab berilgan vazifalaming bajarilishini ta'minlashga qaratiladi, jumladan:



  • tijorat banklarining kapitallashuvi va depozit bazasini oshirishni ta’minlashga qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlami amalga oshirish;

  • iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qoTlab-quwatlashda ti- jorat banklarining rolini yanada kengaytirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoTlab-quwatlash bo‘yicha ishlami yanada faollashtirish;

  • investitsion iqlim va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshi- lash borasida bank tizimi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash; 10

  • ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish;

  • bank nazoratini xalqaro andoza va me’yorlar asosida yanada ta- komillashtirish;

  • respublika tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini rivoj- lantirib borish;

  • mikromoliyalash tizimi va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish11.

2017-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayo’lgan tijorat banklari soni 27 tani tashkil etib, ulaming 3 tasi davlat tijorat banki, 11 tasi aksiyadorlik tijorat banki, 8 tasi xususiy bank va 5 tasi chet ei kapitali ishtirokidagi banklar hisoblanadi.

Jumladan, hududlarda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini oshirish hamda xususiy kapitalni bank tizimiga jalb etishni yanada kengaytirish maqsadida 2016-yil oktyabr oyida O‘zbekiston Res- publikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunining 53-moddasiga muvofiq, Farg‘ona shahri- dagi «Madad Invest Bank» xususiy aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini bemvchi litsenziya berildi.

Shuningdek, mamlakatimizda xorijiy banklaming 6 ta vakolat- xonasi o‘z faoliyatini yuritmoqda, ular bilan respublikamiz tijorat banklari tomonidan keng qamrovli va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari o‘matilgan.

Respublikamizning barcha hududlarida tijorat banklarining tarmoq- lari yanada kengayib, 2016-yil holatiga banklaming filiallari soni 855 taga etdi.

Bank muassasalarini aholi zich joylashgan manzillar hamda ish- lab chiqarish hududlariga yaqinlashtirish maqsadida tijorat banklari- ning 4299 ta mini-banki va maxsus kassalari tashkil etilgan boiib, shulaming 2221 tasi qishloq joylardagi aholi va fermer xo‘jaliklariga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Banklaming kapitali va mijozlardan jalb qilingan depozitlar hajmi- ning o‘sishi respublika iqtisodiyo’lining bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqarishni tariribiy o‘zgartirish, modemizatsiya qilish, istiqbolli va yuqori samarali investitsiya loyihalarini amalga oshirish, iste'mol mah- sulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quwatlashda banklar ishtirokini yanada kengaytirish imkonini bermoqda. Banklar tomonidan uzoq muddatga ajratilgan investitsion kreditlardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlarining berilganligi banklaming ushbu jarayonlardagi ishtiro- kini rag‘batlantirib kelmoqda. Natijada, tijorat banklari tomonidan us- tuvor tarmoq korxonalarini modemizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash uchun kreditlar ajratilishi yanada faollashdi. So‘nggi yillarda > bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirish vositalaridan biri bo‘lgan plastik kartochkalardan foydalanish tizimi jadal rivojlantirilmoqda. Hukumat qarorlariga asosan, plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lovlami amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar tizimiga oid jihozlami import qilishda bojxona imtiyozlarining berilganligi banklaming bu boradagi faoliyatlarini yanada rag‘batlantirdi.

Naqd pulsiz hisob-kitoblaming zamonaviy va mijoz uchun qulay turlaridan biri bo‘lgan bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimining qo‘llash doirasi kengayib, tadbirkorlar o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda.

2017-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, bank hisobvaraqlarini maso- fadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar soni 2042 mingtani, shundan «Intemet-banking» va «Bank-mijoz» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar 135,6 mingtani, «Mobil-banking» va «SMS-banking» xizmatlaridan foydalanuvchilar 1906,5 mingtani tash- kil etib, ulaming soni 2015-yilga nisbatan qariyb 2-barobarga ko‘paydi.

Bank plastik kartalari muomalasini kengaytirish va takomillashti- rish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida so‘nggi 5 yil davomida muomalaga chiqarilgan bank plastik kartalari soni 2 barobardan ziyodga oshdi va 2016-yil 1-yanvar holatiga ulaming umumiy soni 16,3 mln. donadan ortiqni tashkil etdi.12

Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarida o ‘matilgan to‘lov terminallari soni 183 ming donadan oshdi.

Shuningdek, joylarda to‘lovlami uzluksiz qabul qilishni ta’minlash maqsadida o‘matilgan infokiosk va bankomatlar soni 2345 taga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 24-yanvardagi “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-2740-sonli Qaroriga muvofiq yangi bank barpo etildi. Uning asosiy maqsadi Eksport qiluvchi tashkilotlami moli- yaviy qo‘llab-quwatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularga keng ko‘lamdagi bank- moliya xizmat turlarini ko‘rsatish bo‘lib hisoblanadi.

“Eksport qiluvchi tashkilotlami moliyaviy qo‘llab-quwatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularga keng ko‘lamdagi bank-moliya xizmat turlarini ko‘rsatadi.

«O‘zagroeksportbank» ATBning boshlang‘ich ustav kapitali ekvivalenti 10,0 million evrodan iborat.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari, shu jumladan xalqaro moliya institut- Iari belgilangan tartibda «O‘zagroeksportbank» ATB aksiyadorlari bo’lishlari mumkin.

«O‘zagroeksportbank» ATBga 2020-yilning 1-yanvariga qadar muddatda 15 foizdan kam bo’lmagan ulush bilan strategik xorijiy in- vestomi ustav kapitaliga jalb qiladi.

«O‘zagroeksportbank» ATBning aksiyadorlari sifatida jahonga mashhur soha kompaniyalari va banklarini, shuningdek xalqaro moli- ya institutlarini jalb etadi.

Agrosanoat tarmog‘i investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari va chet el tijorat banklarining mablagTarini jalb yetishi mumkin.

«O‘zagroeksportbank» ATB va uning filiallari davlat ro‘yxatiga olingan sanadan boshlab 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar ham- da davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin, bo‘shayo’lgan mablag‘lar bankning resurs va moddiy- texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltiriladi”13.


  1. O‘zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash siyosatining amalga oshirilishi

Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so‘mning xarid quwatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash

asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozomi raqobatbardosh mahsulot- lar bilan to‘ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozomi iste'mol mollari bilan to‘ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib, mahsulot sifatini yaxshilab borish hal qi- luvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste'mol mollari so’lishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so‘mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta'minlash maqsadida import ham rag‘batlantirib boriladi. So‘mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashtirilishi yetarli valyuta za- xirasi bo‘lishiga bog‘liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub- yektlaming, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqari- shi uchun zamr bo‘lgan rag‘batlantiruvchi omillami vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.

2015-yilda majburiy rezerv talablari instrumentidan tijorat banklarining kredit resurslari miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatish orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishning muhim vositasi sifatida foydalanildi.

Bunda majburiy rezerv me'yorlari inflyatsiya va pul massasining 2015-yilga belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib ham- da tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada kengay- tirish maqsadida muddati 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun - 15 foiz, muddati 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan depozitlar uchun - 12 foiz, muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlar uchun 10,5 foiz miqdorida o'zgartirilmasdan ushlab turildi.

Tijorat banklarining majburiy rezervlari hajmi jalb qilingan de- pozitlar hajmining oshishiga mutanosib ravishda o‘sib bormoqda. Natijada 2015-yilda tijorat banklari resurs bazasining kengayishiga mos ravishda Markaziy bankdagi majburiy zaxiralar hajmi 813 mlrd. so‘mga ko‘paydi.

Shuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi instru- mentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o‘sish jarayonlarinj rag‘batlantirish maqsadida foydalanildi.

Inflyatsiya darajasi, pul massasining va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, qayta moli- yalash stavkasi 2015-yilning 1-yanvaridan yillik 10 foizdan 9 foizga tushirildi va yil davomida o‘zgartirilmagan holda saqlab turildi.

Qayta moliyalash stavkasini shu holatda ushlab turilishi pul bo- zorida moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshi- rishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklari resurs bazasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.

Jumladan, keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyo’lida ro‘y be- rayo’lgan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar bu borada qulay imkoniyatlami vujudga keltirmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Preziden- tining 2013-yil avgustdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo ‘ llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2022-sonli Qaroriga muvofiq, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalari-da hududiy filiallari boigan «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub- yektlarining eksportini qoilab-quwatlash jamg‘armasi» tashkil etildi.

Ushbu Jamg‘armaning asosiy vazifasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengayti- rish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, o‘tgan qisqa davrdagi faoliyati davomida Jamg‘arma tomonidan 153 ta tadbirkorlik subyektiga umumiy qiymati 56 mln. dollardan ziyod bo‘lgan eksport shartnomalarini tuzishda amaliy yordam ko‘rsatildi14.

2017-yilda ham valyuta siyosatini amalga oshirishda asosiy e’tibor milliy valyuta barqarorligini ta'minlashga hamda eksportbop va import o‘mini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirishga qaratiladi.

Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayo’lgan bu- gungi sharoitda iqtisodiyo’limizning raqobatdoshligini tub- dan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘ja!iklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoli- yatidagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Aynan ana shu sohalarda hali foydalanilmagan ulkan imkoniyat va salohiyat ko‘p. Eksportga mahsulot chiqaradigan sanoat korx- onalaridan farqli ravishda kichik biznes subyektlari va fermyerlar o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan olgan valyuta tushumlarining 50 foizini banklarga so’lish majburiyatidan ozod qilingani va ulaming eksportga mahsulot yetkazib berishdan, awalo, o‘zlarining manfaat- dor bo‘lishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor15.



So‘mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab- tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga, olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi.


Download 102.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling