23-мавзу: Orzu, maqsad va muvafaqqiyatni anglatish mexanizmlari. Reja


Tarixiy obidalar haqida bilimlar. Tarixiy va diniy obidalarni ziyorat qilish. Mutafakkirlarning ilmiy-ma’naviy merosi


Download 95.97 Kb.
bet20/21
Sana19.06.2023
Hajmi95.97 Kb.
#1601081
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-дарс

26.2. Tarixiy obidalar haqida bilimlar. Tarixiy va diniy obidalarni ziyorat qilish. Mutafakkirlarning ilmiy-ma’naviy merosi.
Tarixiy yodgorliklar-xalqlar hayotidagi muhim tarixiy voqealar, jamiyat va davlat taraqqiyoti hamda tarixiy shaxslar, shuningdek, fan, texnika, madaniyat va xalqlarning maishiy turmushi taraqqiyoti bilan bog‘liq binolar, inshootlar, tarixiy joylar va buyumlar29.
Tarixiy obidalar – ma'naviyatimiz ko‘zgusi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo‘qon, Shahrisabz kabi shaharlarda ulug‘ ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o‘zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Toptalgan tariximiz, qutlug‘ qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta'mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug‘ allomalarimizning sha'nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko‘tardi
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib bugungi kunda kutubxonalar xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar O‘zbekiston xalqining milliy, madaniy, ma’naviy merosidir. Milliy davlatchiligimiz tarixida zardushtiylarning muqaddas kitobi- “Avesto” eng ko‘hna ma’naviy merosimiz haqidagi manbadir. O‘zbek xalqining tarixiy, madaniy, ma’naviy merosini boyitishga Abu Nasr Forobiy, Muhammad Al Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abulqosim Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Motrudiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Yusuf Xos Hojib, Abdulla Qodiriy kabi siymolarning va Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Usmon Nosir, Abdulhamid Cho‘lpondek milliy ma’rifatparvarlarning xizmatlari beqiyos. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini yozib qoldirishgan. Ular tomonidan yozib qoldirilgan ko‘plab asarlarda inson kamoloti, ma’naviy yetukligi, odob-axloqi, tarbiyasi, vatanparvarligi, mehnatsevarligi, mardligi, jasurligi, ma’rifati, ma’naviyati haqida ma’lumotlar mavjud.
Ana shu ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo‘yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Jamiyatimiz jadal tub o‘zgarishlar holatini boshdan kechirdi. Bundy davrda har bir kishiga mustahkam tayanch zarur. Faqat milliy goya shunday tayanch bo‘lishi va milliy g‘oya islohotlar yo‘lidan muvaffaqiyatli borish uchun millatni birlashtirishi va jipslashtirishi mumkin. Milliy-ma'naviy merosni tiklash asosida xalqning haqiqiy tarixini qaytarish, milliy an'analarni tiklash, madaniy va ma'naviy merosni o‘rganish yotadi. Xuddi shu g‘oya XXI asrda O‘zbekistonning ozod fuqarolarining ma'naviyati shakllanishida katta ahamiyat kasb etib, ularning o‘z Vatanini gullab-yashnashi uchun fidoiy bo‘lishi, o‘z xalqining buyuk o‘tmishidan faxrlanuvchi millat farzandlari bo‘lib shakllanishi uchun xizmat qiladi. O‘zbek xalqining madaniy merosi ming yillar davomida yaratilgan. Unda turli davrlarda O‘zbekiston hududida shakllangan zardushtiylik, buddizm, islom va boshqa dinlar yaratgan ma'naviy-axloqiy qadriyatlar mujassamlashgan.
Mustaqillik yillarida xalqda uning ma'naviy va madaniy boyliklarini qaytarish borasida ko‘plab ishlar qilinmoqda. Dastlabki, eng muhim qadam «Davlat tili to‘g‘risida”gi» qonunning qabul qilinishi bo‘ldi. Bu bilan o‘zbek tilidagi xalqning bebaho madaniy va milliy boyligi maqomi tiklandi.
Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san’ati jadal o‘sdi. Haykaltarosh I. Jabborov va K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temur haykallari, Farg‘ona va Quvada al Farg‘oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi.
Haykaltarosh R. Mirboshiyev ijodiga mansub «Z.M.Bobur» (1993, Andijon),
«Abdulla Qodiriy» (1994, Toshkent), «Cho‘lpon (1997, Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999-yilda Termizda «Alpomish» haykali va majmua kompozitsiyasi (A. Rahmatullayev va boshqalar) bunyod etildi.
O‘zbekistonda qadimdan amaliy san’at o‘ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik, bezakchilik kabi amaliy san’at turlari tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san’ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san’at, rassomchilik san’atining rivojida 1997 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va «Tasviriy oyina» respublika ijodiy uyushmasi muhim rol o‘ynadi. O‘zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g‘urur, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi qator san’at asarlari yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini mustahkamlash, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rinni egallash jarayonida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda kishilar tafakkurida tubdan o‘zgarish, milliy g‘oya, milliy mafkurani shakllanish jarayoni kechdi. Bu jarayon uchinchi ming yillik arafasida amalga oshmoqda.
Buxoro va Xiva shaharlaridagi me'morchilik yodgorliklarini ta'mirlash borasida faol ishlar olib borilib, yodgorliklar shu davrda jahon ahamiyatidagi maqomiga ega bo‘ldi. Bu shaharlarning 2500 yilligi, Toshkentning 2000 yilligi kabi sanalar katta tantana bilan nishonland. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga qaramasdan milliy madaniyatni asrovchi yangi muzeylar barpo etildi. Temuriylar davri tarixi muzeyi, Olimpiya shon-sharafi muzeyi, O‘zbekiston tarixi muzeyi yangi mazmunda boyitildi.
Milliy va jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan vatandoshlarmizning xizmatlari haqida yubiley tantanalari o‘tkazish o‘tgan yillarda A. Navoiy, Z. M. Bobur, A. Qodiriy, K. Behzod, A. Farg‘oniy yubileylari nishonlandi. Alohida tantanalar bilan xalqaro miqiyosda M. Ulug‘bekning 600- yilligi, Amir Temurning 660 yilligi, Imom Buxoriyning 1225 yilligi o‘tkazildi. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi va «Alpomish»ning 1000 yilligi keng nishonlandi. Ayniqsa qatag‘on qurbonlarining xotirasi tiklanishi katta ahamiyat ega bo‘ldi. Ular orasida ko‘plab madaniyat arboblarining nomlari bor. Ular jadidchilik harakatining yo‘lboshchilari, shoir yozuvchilar-Munavvarqori Abdurashidxonov, A. Fitrat, A. Cho‘lpon, Ramziy, Botu va boshqalar.
Xayr muruvvat ishlarini davom ettirish, yosh avlodni barkamol o‘stirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘lom avlod uchun jamg‘armasi tashkil qilindi. O‘zbekistondagi dastlab orden ham shunday nomlandi. Nogiron bolalar uchun «Mehribonlik» kabi saxovat festivali muntazam o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbekistonda xalqaro kino, teatr va “Sharq taronalari” kabi musiqa festivallari o‘tkazish yaxshi an'anaga aylanib qoldi. Xalq baxshichilik san'atiga e'tibor kuchaydi. Shuningdek milliy kurashimiz xalqaro maqomga ega bo‘lib, birinchi jahon chempionati o‘tkazildi.
Yuqorida ta'kidlanganidek madaniy qadriyatlarga vorislik jarayoni nafaqat milliy madaniyatlar rivojidagi vorislik bo‘lmay, balki boshqa xalqlar madaniyatidagi yutuqlarni uyg‘unlashtirishdan iboratdir. Markaziy Osiyo mintaqasida yashovchi xalqlarning madaniyati qadim zamonlarda ham G‘arb va Sharq mamlakatlari bilan yaqin madaniy aloqalar asosida rivojlangan. Madaniy hamkorlikning keng ko‘lami, etnik va di­niy mazmundagi cheklanmaganlik Vatanimiz madaniyatining asosiy xususiyatidir. Hozirgi davrda ham milliy madaniyatni tiklashga asosiy e'tiborni qaratgan holda O‘zbekiston xalqi jahon madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egalashga harakat qilib, jahon madaniyati rivojiga hissa qo‘shmoqda. Bu borada jadal amaliy ishlar qilinmoqda xalqaro tanlov va festivallar o‘tkazildi, chet mamlakatlar madaniyat kunlari va san'at asarlari ko‘rgazmasi namoyish qilindi, hind madaniyat markazi, frantsuz madaniyat uyi singari doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi madaniyat markazlari ochildi.
«Mirzo Ulugbek va uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi» (1994). «O‘zbekistonning jahonda tutgan o‘rni va roli”, “Buxoro va jahon madaniyati» (1995), «O‘rta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi» (1998) kabi mavzularda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya va seminarlarni ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekiston o‘zining boy madaniy an’analari va jahon madaniyati jarayonlaridagi faol ishtiroki tufayti uning xalqaro miqyosidagi mavqei tobora oshmoqda. Buning yaqqol misoli 1997 yilda YUNESKO ijroiya kengashi a'zoligiga O‘zbekistonning saylanishi va 1998 yil 6-noyabrda Toshkentda YUNESKO ijroiya kengashining 155-sessiyasini o‘tkazdilar. Jahon madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan milliy madaniy merosni asrash va o‘rganish rejasi bo‘yicha O‘zbekiston YUNESKO bilan o‘zaro munosabatlar yanada kengaytirishi va respublikada zamonaviy ta'lim tizmini takomillashtirishga mo‘ljallangan.
2010 yil 7-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 222-sonli qarori tasdiqlangan.
2010 – 2020 yillardа nоmоddiy mаdaniy meros оb’ektlarini muhofaza qilish, аsrash, tаrg‘ib qilish vа ulardan fоydаlanish Davlat dasturi qabul qilingan. Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Маdaniyat vа sport ishlari vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha аsosiy ijrochi sifatida bеlgilanib, unda:
-Davlat dasturi mоnitoringini yuritish;
-muntazam ravishda har yil yakunida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Vаzirlar Маhkamasiga hisobotlarni taqdim qilish;
-respublika хаlq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazining mоddiy-tехnika bazasini mustahkamlash;
-O‘zbekiston Respublikasi nоmоddiy mаdaniy meros muhofaza qilish bоrasida hаr оlti yilda YUNESKOgа tаqdim etiladigan hisobotlarini tayyorlash vazifalari yuklatilgan.
Yurtimizning tarixi boy, tabiati go‘zal, xalqi mehmondo‘st. Аsosiysi o‘tgan asrlarda bunyod etilgan arxeologiya va monumental san’at yodgorliklari, masjid va madrasalar, tarixiy qarorgohlar, uy muzeylari, ziyoratgohlar, madaniyat binolari, tarixiy inshootlar, teatrlar kаbi noyob, qadimiy osori-atiqalar, moddiy va madaniy meroslar хоrijiy sayyohlarda kata qiziqish uyg‘otmoqda.
Ма’lumotlarga qaraganda 2019 yilning o‘zida O‘zbekistonga 6,8 millionga yaqin sayyohlar tashrif buyurgan. Bu mamlakatimizda turizmning jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganidan dalolat beradi. Кеlajakda tashrif buyuruvchilarning sonini yanada oshirish uchun birinchi galda tarixiy obidalarning holatini imkon qadar saqlab qolish va ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarur.
2019 yil 4-oktabrda Vazirlar Mahkamasining “Моddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida’gi 846-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qaror asosida quyidagi vazifalar belgilangan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining taklifiga binoan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash;
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun asosli zarurat paydo bo‘lgan taqdirda Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritib borish;
3. Vazirlar Mahkamasining “Таrixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan ob’ektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014 yil 5-dekabrdagi 335-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014 yil, 50-son, 594-modda) 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritish;
Qarorda yurtimizdagi mavjud 354 tа ko‘chmas mulk ob’ektlaridan iborat moddiy madaniy meroslarning shakllantirilgan milliy ro‘yxati kiritildi. Маzkur me’yoriy hujjatdan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’naviy meros, madaniy qadriyatlarni tiklash va ularni xalqimizga yetkazishdir. Bu borada davlatimiz tomonidan tarixiy ob’ektlarni imkon darajasida muhofaza qilish, ularni tabiiyligicha saqlab qolish, asrab-avaylash va kelajak avlodga meros qilib qoldirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Моddiy madaniy meros оb’ektlarini muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, mоddiy madaniy meros оb’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan mоddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildi. Моddiy madaniy merosga ziyon yetkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasida tashqi reklamani mоddiy madaniy meros оb’ektlari, boshqa qurilmalar va dov-daraxtlarda joylashtirish ta’qiqlangan. Bundan ko‘zlangan maqsad ajdodlarimizdan asrlardan asrlargacha yetib kelgan tarixiy obidalarni saqlab qolish orqali mahalliy aholi hamda xorijiy sayyohlarni ushbu ob’ektlarni asl holatida ko‘rib, tanishtirish imkoniyatini yaratishdan iborat.



Download 95.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling