TEST TOPSHIRIQLARI.
1. Arabcha qiymat, ahamiyat; qimmatbaho buyumlar; xalq boyligi so‘zlaridan olingan bo‘lib, voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy, ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha bu-?
A. qadriyat B. an’ana S. ma’naviy meros D. tarixiy meros
2. Respublikamizda hozirgi vaqtda nechta diniy konfessiya vakillari ahil-inoq yashamoqdalar?
A. 17 ta B. 20 ta S. 15 ta D. 22 ta
3. Bugun yurtimizda nechta milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda?
A. 138 ta B. 130 ta S. 128 ta D. 136 ta
4. Harakatlar strategiyasining nechanchi ustuvor yo‘nalishida milliy va diniy qadriyatlar haqidagi vazifalar o‘z ifodasini topgan?
A.1-ustuvor yo‘nalishida S. 2-ustuvor yo‘nalishida
B. 5- ustuvor yo‘nalishida D. 4-ustuvor yo‘nalishida
5. Xalqizning oliy maqsadi nima?
A. “Ozod, obod Vatan va farovon turmush”ga erishishdir
B. Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari harakat
S. “Oz uyini va o‘z bolasini asrash”
D. Tinchlik, osoyishtalikni mustahkamlash
NAZORAT SAVOLLARI
1. Inson kamolotida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni qanday?
2. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabatini izohlang.
3. Milliy an`analar deganda nimani tushunasiz?
4. Qadriyatlarning tarix sinovidan o‘tganligi, jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta’siri, inson va xalqlarning maqsad va manfaatlariga to‘g‘ri kelishi, yangiliklarni qabul qilishga tayyorligi va jamiyat taraqqiyotida ahamiyatini tushuntiring.
5. Umuminsoniy qadriyat nima?
26-mavzu: Tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga sodiqlik
Reja:
26.1. Tarixiy, ma’naviy-madaniy meros. Madaniy merosga qiziqish.
26.2. Tarixiy obidalar haqida bilimlar. Tarixiy va diniy obidalarni ziyorat qilish. Mutafakkirlarning ilmiy-ma’naviy merosi.
Tayanch so‘zlar: tarixiy, ma’naviy-madaniy meros, tarixiy obidalar, diniy obidalar, obidalarni ziyorat qilish, ajdodlarimiz tafakkuri
Do'stlaringiz bilan baham: |