23-мавзу: Orzu, maqsad va muvafaqqiyatni anglatish mexanizmlari. Reja


Maqsad haqida mutafakkirlarning fikrlari


Download 95.97 Kb.
bet4/21
Sana19.06.2023
Hajmi95.97 Kb.
#1601081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6-дарс

Maqsad haqida mutafakkirlarning fikrlari
Hayotdagi maqsad inson qadr-qimmati va baxtning asosidir.
K. D. Ushinskiy
Insonning barcha istaklarini qondiring-u, lekin undan yashash maqsadini olib qo‘ying-chi, qarabsizki, u naqadar baxtsiz va ojiz kimsaga aylanib qoladi.
K. D. Ushinskiy
Hayotiy kurash belgilangan maqsad sari ongli intilishga aylangan paytdan boshlab kishi o‘zini baxtli hisoblashi mumkin.
D. I. PISAREV
Maqsad baxtga erishishdan iborat bo‘lmog‘i lozim, aks holda, gulxan yetarli darajada gurillab yonmaydi, harakatlantiruvchi kuch yetarli darajada qudratli bo‘lmaydi — binobarin, muvaffaqiyatga ham to‘la erishilmaydi.
T. DRAYZER
Hayotning ma’nosi orzu-niyatlar sari intilishning go‘zalligi va qudratidadir, shuning uchun tiriklikning har daqiqasi o‘zining yuksak maqsadiga ega bo‘lishi kerak.
M. GORKIY
Mening nazarimda, o‘z oldiga maqsad qo‘ygan va shu maqsadi uchun bor kuchini fido etgan kishigina baxtli bo‘lmog‘i mumkin.
M. I. KALININ
Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.
FIRDAVSIY
Aytish mumkinki, har bir ayrim kishida va umuman hammada ham ma’lum maqsad bo‘ladi, shu maqsadga intila turib, ular bir yo‘llarni e’tirof etadilar, ba’zilarini esa rad qiladilar.
ARASTU
Qalbni orzudan mahrum qilish, yerni havodan ayirib qo‘yish bilan barobar.
E. BULVER-LITTON
Bir jihatdan, mohiyat-e’tibori bilan o‘z oldiga mazmundor maqsad qo‘yib, ikkinchi bir tomondan, shu maqsadga qattiq amal qilgan odam chinakam xarakterli insondir, chunki u shu maqsadlardan voz kechsa, uning o‘ziga xosligi yo‘qolgan bo‘lur edi.
G. GEGEL
Sira shoshilmaydigan odam ham mabodo u o‘z maqsadidan chalg‘ib ketmagan bo‘lsa, maqsadsiz tentirab yurgan odamga qaraganda jadalroq yuradi.
G. LESSING
Qanday maqsad bo‘lishidan qat’iy nazar, unga g‘oyat jiddiyat bilan intilish o‘sha maqsadga erishish yo‘lidagi yarim yutuqdir.

Download 95.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling