24-mavzu: Rasmiy idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. Hujjatchilik va adabiy til me’yorlari
Download 15.12 Kb.
|
24-mavzu Rasmiy idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. -www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo‘llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi.
2. Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg`u.
3. Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so`z turkumi; b) sintaktik vositalar: gap bo`laklari, ritorik so`roq gaplar, undalma, kirish so`z, kirish birikma, sodda va qo`shma gaplar, ko`chirma va o`zlashtirma gaplar. Ma’lum bir uslubga tegishli bo`lgan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar deb yuritiladi: yanglig` so`zi badiiy uslubga, omonim, sinonim so`zlari ilmiy uslubga, balli, ketvorgan kabi so`zlar so`zlashuv uslubiga, faollar yig`ilishi, siyosiy maydon kabi so`z birikmalari ommabop uslubga xosdir. So`zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatilaveradigan so`zlar uslubiy betaraf so`zlar hisoblanadi: suv, tog`, bola, xat. Bu so`zlar ko`chma ma’noda qo`llansa, ma’lum bir uslubga tegishli bo`lishi mumkin. Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog`ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo`lishi. Bu uslubda ham so`zlar o`z ma’nosida qo`llanadi, ko`pchilikka ma’lum bo`lgan ayrim qisqartma so`zlar ishlatiladi, har bir sohaning o`ziga xos atamalaridan foydalaniladi, qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, tayinlansin kabi so`z va so`z birikmalari ko`plab uchraydi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko`pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko`rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo`laklarining odatdagi tartibda bo`lishiga rioya qilinadi: O`z lavozimini suiiste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin. Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo‘llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi. Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi). 2. Idoraviy — devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diрlomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar). Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi — axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o‘z aksini topgan bo‘ladi. Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o‘ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliрlarga bo‘ysunadi. Masalan, «Ushbu ma’lumotnomani ko‘rsatuvchi G‘. Mo‘minov haqiqatan ham O‘zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlaydi...» Download 15.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling