24-mavzu: Rasmiy idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. Hujjatchilik va adabiy til me’yorlari


-mashq. Quyidagi reklama matnini o‘qing. Uning tili va uslubi ustida ishlang


Download 15.12 Kb.
bet4/6
Sana20.10.2023
Hajmi15.12 Kb.
#1712346
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
24-mavzu Rasmiy idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. -www.fayllar.org

4-mashq. Quyidagi reklama matnini o‘qing. Uning tili va uslubi ustida ishlang.
AZIZ HAMYURТLAR!

Agar Andijonning eng xushhavo va xushmanzara go‘shasi bo‘lmish Bog‘ishamolga Sizning yo‘lingiz tushsa, albatta, «Bir zumda» oshxo­nasiga kirib o‘ting. Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar, qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko‘rsatilayotgan xizmatimiz sizga, so‘zsiz, manzur bo‘ladi. Qolaversa, go‘zal O‘zbekis­tonimizning mashhur kishilari bilan bir piyola choy ustida suhbatda bo‘lishingiz mumkin. Ko‘nglingiz ko‘tarilib, kayfiyatingiz a’lo bo‘lishiga shak-shubha yo‘qdir.



Shu bilan birga, «Bir zumda» oshxonasida tavallud kunlaringizni, nikoh kechalarini va boshqa turli tantanalarni o‘tkazishingiz mumkin.
Biz Sizni kutamiz, Sizga xizmat qilganimizdan mamnunmiz.
Manzilimiz: Bog‘ishamol dahasi, «Bir zumda» oshxonasi.
Тelefonlarimiz: 24-88-09, 93-34-77.
Aziz mehmonimiz bo‘ling!


Mavzu yuzasidan savollar:
1. Uslubiyat nima va bu bo`limda nimalar o`rganiladi?
2. Adabiy til uslubining ta’rifini ayting.
3. Rasmiy-idoraviy uslubda nimalar yoziladi?
4. Rasmiy-idoraviy uslubda qanday gaplardan foydalaniladi
5. Nima uchun ma’nodoshlik uslubiyatning asosi deyiladi?
6. Qanday me’yorlar adabiy tilning hamma ko`rinishlari uchun xos?
7. . Nutq madaniyati haqida so`zlang.


Mavzu yuzasidan testlar:


1. Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda. Dala va bog‘larda ish qizg‘in. Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tikanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti. Anor tupini poxolga o‘rab, tuproq bilan ko‘myapti. Yuqoridagi badiiy tasvirdan asosiy fikr ifodalangan gapni toping.
A) U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tiklanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti B) Dala va bog‘larda ish qizg‘in C) Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. D) Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda.

Download 15.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling