244-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 8-“V” sinf rahbari Akbarova Dilobarning 2023-2024-o‘quv yili uchun


Download 7.87 Mb.
bet14/49
Sana16.11.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1782010
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
8 sinf sinf soati ish reja va konspekti 2023 2024 o\'quv yili

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
O‘qituvchi:
Biz demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatni barpo etish yo‘lini tanlab, shu ezgu maqsad sari sobitqadamlik bilan intilmoqdamiz. Albatta, bunda biz iste’dodli yoshlarga suyanamiz. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida”.
Bu hayotiy muhim vazifa Istiqlol tengdoshi bo‘lgan, bugun katta va mustaqil hayotga qadam qo‘ya boshlagan yoshlarimiz zimmasiga ham ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yurtboshimiz so‘zlari bilan aytganda "...farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga o‘zlarini amalda namoyon etishlari uchun maydonni kengaytirish kerak".

Hammamiz ham ulkan madaniyatga, boy ma'naviyatga va jahon sivilizatsiyasiga katta ta'sir ko‘rsatgan millat vakillari ekanliklarimizdan hamisha g‘ururlanamiz. Yoshlar esa shu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz shon-shuhratiga, bugungi O‘zbekistonimizning obro‘-e'tiboriga, davlatimiz raqbarining ishonchiga munosib bo‘lishga harakat qilishadi.


Insoniyat tarixidan ma'lumki, davlat va jamiyatning kuch-qudrati asosan ikki narsaga bog‘liq. Biri - ILM-FAN bo‘lsa, ikkinchisi - TARBIYA. O‘z o‘tmishimiz ham bunga yorqin misol bo‘la oladi. Qaysi zamonda ilm-fan, madaniyat, ma'rifat taraqqiy etgan bo‘lsa, aynan o‘sha davrda yurtimiz gullab-yashnagan, kuch-quvvatga, obro‘-e'tiborga ega bo‘lgan.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling