26-mavzu: Genetik kod va uning xususiyatlari. Reja: Genetik kod haqida tushuncha. Ma’noli va ma’nosiz tripletlar


Kichkina subbirlikning yuqori polimerlangan RNKsi


Download 177.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana22.02.2023
Hajmi177.57 Kb.
#1220150
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
26-mavzu-biokimyo va molekulyarbiologiya

Kichkina subbirlikning yuqori polimerlangan RNKsi 
Bakteriyalar ribosomasi kichkina subbirliklarida (30S) 1500-1600 nukleotidlar qoldiqlariga teng 
uzunlikka ega bo‘lgan RNK mavjud. (E.soli) Ushbu RNK 16S RNK ko‘rinishida belgilanadi. 
16S-bu sedimentatsiya koeffitsnti hisoblanadi. (S
0
20 
w)/ 
Ushbu RNKning molekulyar massasi 0,5x10
6
Daltonga tengdir. 
O‘simliklar xloroplastlari ribosomalarining kichkina subbirliklari (30S)- 16S RNKga ega, ya’ni 
1490 nukleotid uzunligiga teng RNK ushlaydi. 
Zamburug‘lar ribosoma subbirliklari esa bir oz kattaroq bo‘lishadi. (1661 nukleotid qoldig‘i). Sut 
emizuvchilar hujayra mitoxondriyalari ribosomalari esa aksincha kichikroq bo‘ladi. 12S RNK, 
ya’ni (954-956 nukleotid qoldig‘iga teng). 
Eukariotik 40S subbirliklar ancha yirikroq RNKga ega (18S RNK). Uzunligi 1800 nukleotid 
qoldig‘iga teng bo‘ladi. Molekulyar massasi 0,6x10
6
Dalton. 
Eukariotik 18S RNK muhitda Mg
+2
miqdoriga bog‘liq ravishda hamma tomonlama prokariotik 
16S RNK bilan o‘xshash bo‘ladi. 
Katta subbirlikning yuqori polimer RNKsi 
Bakteriyalar (E.soli) ribosomalari 50S katta subbirliklari 3000 nukleotidlar qoldiqlariga teng 
uzunlikdagi RNK ushlaydi. 23S RNK shaklida belgilanadi, 6x10
6
Dalton molekulyar og‘irlikka 
ega. (Eukariotik 18S RNK muhitda Mg
+2
miqdoriga bog‘liq ravishda hamma tomonlama 
prokariotik 16S RNK bilan o‘xshash). Demak, katta subbirliklar kichkina subbirliklarga nisbatan 
2 marotaba kattaroq RNK Larga ega bo‘lishda. Ximiyaviy xususiyatlari jihatdan bir xil 
bo‘lishadi. 
Katta subbirlik 5S RNKsi 
Prokariotik hamda eukariotik hujayralar ribosomalari katta subbirliklari kichkina molekulyar 
massaga ega bo‘lgan RNK ushlaydilar. 120 nukleotid qoldig‘iga teng uzunlikda, 5S RNK 
ko‘rinishida belgilanadi. 
Mitoxondrial ribosomalarda, o‘simliklar hujayralari mitoxondriyalaridan tashqari, 5S RNK 
uchramaydi. 

Download 177.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling