26-mavzu: Genetik kod va uning xususiyatlari. Reja: Genetik kod haqida tushuncha. Ma’noli va ma’nosiz tripletlar


Download 177.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana22.02.2023
Hajmi177.57 Kb.
#1220150
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
26-mavzu-biokimyo va molekulyarbiologiya

Oqsillar komplekslari 
Oqsil komplekslari ribosoma strukturasi va funksional holatida katta rol o‘ynaydi. Oqsil-oqsil
komplekslari ribosomalar funksional markazlari to‘rtlamchi strukturalari hosli bo‘lishida ishtirok 
qilishadi. 
Oqsil komplekslarini ribosoma tarkibidan 1 valentli tuzlar yordamida ajratib tekshirish mumkin. 
Masalan,CsCl? LiCl? NH
4
Cl tuzlar Bilan. Masalan, ushbu komplekslardan biri bu L10 oqsili bir
molekulali va L
7
/L
12 
oqsillaridan iborat pentomer kompleksdir. Ushbu kompleks juda turg‘un 
kompleks hisoblanadi. Oqsillar kompleksdan ajralganda ularning turg‘unliga juda pasayadi. 
Oqsillarning ribosoma RNKlari bilan o‘zaro munosabati. 
Ribosomalar funksional markazlari tashkil bo‘lishida ribosoma RNK lari ham faol qatnashadi. 
Masalan, kichik molekulyar massali RNK bo‘lmish 5S RNK 50S subbirlikning bir qator oqsillari 
Bilan komplekslar hosil qiladi, hamda ribosoma markaziy bo‘rtig‘i sohasida joylashgan bo‘ladi. 
Ayniqsa, L
5
-L
18
va L
25
lar 5S RNK bilan juda turg‘un nukleoproteid kompleks hosil qiluvchi 
oqsillar quyidagilar: L
2
, L
3
, L
15
, L
16
, L
17
,L
21
, L
22
, L
33
, L
34
. Demak, yuqoridagi oqsillar bilan 
kompleks hosil qilgan nukleoproteid komplekslar fueksional xususiyatlarini namoyon qila 
boshlaydi: masalan tRNK ni biriktirib olish kabi. Ba’zi oqsillar bevosita ribosoma RNKlariga 
birika olmaydilar. Ular faqatgina oqsil-oqsil komplekslari orqali RNK ga birikishlari mumkin. 
SHunday qilib, 30S hamda 60S subbirliklar muhitlarda ribosoma RNKsi Bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
kompleks hosil qiladigan kooperativ oqsil gruppalari mavjud deb hisoblanadi. 
To‘rtlamchi struktura 
Ribosoma strukturaviy bo‘lakchalarining o‘zaro joylashuvi, ribosoma oqsillari, RNK 
dominalari, RNKning alohida spirallari aniq turishlari va joylashuvini o‘rganish hali davom 
qilmoqda. Ribosoma zarralarining kristallanish xususiyati borligi bu ishda ancha yordam beradi. 
SHunga qaramasdan hozirgi paytda ham ma’lum ma’lumotlarga asoslangan holda 
oqsillar va RNKning o‘zaro qanaqa munosabatda joylashishining taxminiy modelini yasash 
mumkin. 30S subbirlik to‘g‘risida eng ko‘p informatsiya mavjudligi tufayli Ris 72 moduli 
taxminan tasvirlangan. Ushbu modelda U-simon RNKda 21 ta oqsillarning molekulyar 
og‘irligiga qarab o‘zaro joylashishi ko‘rsatilgan. Ushbu modellarning qanchalik to‘g‘riligini 
ularning rentgen nurlarini o‘ikazish va sezgiligiga qarab tekshirib ko‘rish mumkin bo‘ladi. 
Ribosomaning funksional aktivligi va uning funksional sohalari 
Ribosomaning ish sikli 3 ta etapdan tashkil topgan.
1-qadam-kodonga bog‘liq holatda aminoatsil-tRNK biriktirishi. 
2-qadam-transpeptidatsiya. 
3-qadam-translokatsiya. 
Aminoatsil tRNKning bog‘lanish jarayoni ribosomaga bog‘liq bo‘lish EK-T
4
oqsili 
ishtirokida bo‘ladigan jarayon 1 molekula GTF gidrolizi bilan kechadi. Transpeptidatsiya 
ribosomaning o‘zi orqali katalizatsiya qilinadi. Translokatsiya esa EF-G oqsili ishtirokida va 
GTF molekulasi gidrolizi bilan kechadi. Klassik sxema bo‘yicha ribosomada tRNKni biriktirib 
oladigan 2 ta soha mavjud A va R sohalar. 
I stadiyada Amonoatsil tRNK, EK-T
4
va GTFlar kompleksida A sohaga va o‘sha erda 
joylashgan matritsaning vakant tripleti bilan birlashadi. Ushbu vaqtda peptidil-tRNK R-sohada 
joylashgan bo‘ladi. Aminoatsil tRNKning bog‘lanishi ribosomada GTF gidrolizi va EG-T
4

GDP
1
ortofosfatlarning eritmaga ajralib chiqishi Bilan kechadi. II stadiyada A-uchastkadagi 
aminoatsil tRNK, R-uchastkadagi peptidil-tRNK Bilan tasvirlanadi, natijada S-dumli peptid 
aminoatsil-tRNKga o‘tadi. 
III stadiyada ribosoma EF-G va GTFlar bilan o‘zaro ta’sirlanadi. Natijada peptidil-tRNK 
matritsa va kodoni birgalikda A uchastkadan R uchastkaga Utishi katalizlanadi, R-uchastkadagi 


tRNK deatsillanadi va eritmaga chiqadi. Ushbu protsess yakunlanishi bilan GTF gidrolizlanadi 
va EF-G, GDF, ortofosfat ribosomadan ajraladi. Natijada A uchastkada keyingi atsetil-tRNK 
qabul qilish uchun maritsa va kodon hosil bo‘ladi. R uchastkada esa peptidil va t-RNK. 
YUqorida ko‘rsatilgan ribosoma ish siklidan ma’lum bo‘lishicha ribosoma translyasiya 
jarayonida quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
1. 
mRNK ni biriktirib olish va ushlab turish. 
2. 
peptidil-tRNK ni ushlab turish. 
3. 
Aminoatsil-tRNK bog‘lash (biriktirib olish). 
4. 
Translyasiyaning oqsil faktorlarini biriktirish. 
5. 
GTF gidrolizini katalizida ishtirok qilish. 
6. 
Transpeptidatsiyani kataliz qilish. 
7. 
Ribosoma ichidagi o‘rin almashishlar (translokatsiya). 
Biron bir ma’lumotni shartli belgilar yordamida ifodalash, odatda, kodlash yoki kod deb 
ataladi. Biologiyada genetik informatsiyani, ya’ni oksil m o l e k u l a l a r i n i t a s h k i l
e t u v c h i 2 0 x i l aminokislotani DNK molekulasidagi 4 xil nukleotid yordamida ifodalash 
genetik kod deyiladi. 
1953 yilda Gamov (AQSH) genetik kod uchta nukleotid tuplamdan (tripletli koddan) 
tashkil topganligini aniqladi. Bunda 4 xil nukleotid yordamida 64 ta kombinatsiya hosil kilish 
mumkin. Bu esa 20 ta aminokislotani ifodalash uchun etarlidir. 
1961 yilda Krik genetik kodni matematik analiz q i l d i . O q s i l m o l e k u l a s i d a g i h a r
b i r aminokislotani ifodalovchi kod tripletli bo‘lib, u Krik ifodasiga ko‘ra kodon deb 
nomlangan. 
1961 yili M. Nirenberg (AQSH) birinchi bo‘lib kod tabiatini tajribada isbot qildi. U 
oqsilni sintezi in vifro sistemalarida olib borgan - ya’ni uchraydigan barcha aminokislotalar 
aralashmasi, barcha zarur fermentlar, energiyaga boy bo‘lgan birikmalar (ATF, GTF) va K
+

Mg
+2
ionlari bo‘lgan. I-RNK o‘rniga esa sun’iy ravishda sintezlangan va faqat uridilat 
kislotadan iborat bo‘lgan poliribouridilat polimeri olingan. 
Bu i-RNK sun’iy sistemaga qo‘shilganda, ribosomalarda polifenilalaninli oddiy 
p o l i p e p t i d s i n t e z l a n g a n . B u n d a n , a g a r aminokislotani ifodalovchi kod tripletli bo‘lsa, 
u x ol d a f e n i l a l a n i n U U U t r i p l e t l i b i l a n belgilanadi degan xulosa chiqarildi. SHunday 
kilib, ular birinchidan oqsil sintezi i-RNKning ishtirok etishini, ikkinchidan xar bir 
aminokislotani ifodalovchi nukleotidlar to‘plami tripletli xarakterda ekanligini isbot 
kildilar. 
Nirenberg, Ochao, Mattei, Koranalar oqsil tarkibida uchraydigan barcha aminokislotalarni 
ifodalovchi tripletlarni xam aniqladilar. Krik tomonidan genetik kod lug‘ati tuzildi. 
Jadvaldagi 64 ta tripletlar, kodonlar deb ataladi, 61 tasi «ma’noli» , ya’ni ma’lum 
aminokislotani ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalay olmaydi. 
SHuning uchun ular ma’nosiz tripletlar deyiladi. Bu tripletlar translyasiyada muhim 
ahamiyatga ega, ular oqsillar biosintezida terminatsiya signali hisoblanadi va ularni 
terminatorli kodonlar xam deb ataladi. YA’ni i-RNK dagi UAA va UAG tripletlariga 
aminokislotalarni tutmaydigan t-RNKlar birikadi. Bu tripletlar polipeptid 
z a nj i r l a r i n i n g t u ga l l a n i s hi ni va ul a r ribosomalardan ajralishini ifodalaydi. 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bir xil aminokislotalarni ifodalovchi tripletlar bir-bi ri ga 
o‘x shash bo‘l adi . Masal an: val in aminokislotasini ifodalovchi tripletlarning 
barchasi GU dipleti bilan boshlangan. Alaninni i f o d a l o v c h i t r i p l e t l a r G S d i p l e t i b i l a n
boshlangan bo‘ladi. 
Aminokislotalar (triptofan va metionindan tashqari) 2 tadan 6 tagacha triplet yordamida 
i f o d a l a n i s h i m u m k i n , ya ’ n i k o d o n b i l a n kodirlanar ekan. 
U axborotni to‘g‘ri o‘qishga xiloflik kilmaydi, balki replikatsiya yoki transkripsiya 
jarayonida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarni chetlatishga yordam beradi. 


Genetik kod universaldir. Xamma organizmlarda - eukariotlar, prokariotlarda va viruslarda xam 
barcha kodonlar uchun birday belgilardan foydalaniladi. Barcha kodon uchta nukleotiddan 
(tripletdan) iborat. YOnma-yon turgan kodonlar bir-birini qoplamaydi, ya’ni birinchi kodonning 
oxirgi nukleotidi undan keyingi kodonning boshlang‘ich nukleotidi bo‘la olmaydi. 
Informatsiya ma’lum nuqtadan boshlanadi. 
Bir xil aminokislotalarni ifodalovchi tripletlar bir-biriga o‘xshaydi. 
Aminokislotalar kodi lug‘atida, kodirlanayotgan oqsil informatsiyasi i-RNKda yozilgan
buladi. 
Kodonlar 5 ----------------- > 3 yo‘nalishda o‘qiladi. 
Kodonlardagi uchinchi azot asos, birinchi va ikkinchi azot asoslariga qaraganda kamroq 
spetsifiklikka egadir. Metionin aminokislotasini ifodalovchi kodon 1 ta bo‘lib, initsirlovchi 
kodondir. Ahamiyat berib qaralsa, metionin va triptofandan tashqari kariyb hamma 
aminokislotalar bittadan ortiq kodonlarda ifodalanadi. 
D N K d a g i a m i n o k i s l o t a l a r k o d i s h u n d a y yozilganki, u i-RNKdagi kod so‘zlariga 
komplementar bo‘lib antiparalel holatdir, ya’ni T qoldig‘iga A koldig‘i komplementardir va A 
koldig‘ining holati U qoldig‘iga komplementardir. 
M a s a l a n : M e t i o n i n u c h u n : i R N K v a D N K kodonlar kuyidagi holatda ko‘rinadi: 
iRNK(5) AUG(Z) 
DNK (3) TATS 
Odatda kodonlar va antikodonlar 5 — > 3, chapdan o‘ngga qarab yoziladi. 
Nazorat uchun savollar 
 
1.Genetik kod haqida tushuncha. 
2.Ma’noli va ma’nosiz tripletlar. 
3.Genetik kod lug‘ati haqida tushuncha. 
4.Ribosomaning strukturasi va funksiyasi. 
5.Ribosomaning morfologiyasi. 
6.mRNK ni biriktirib olish va ushlab turish. 
7 Peptidil-tRNK ni ushlab turish. 
8.Aminoatsil-tRNK bog‘lash (biriktirib olish). 
9.Translyasiyaning oqsil faktorlarini biriktirish. 
10.GTF gidrolizini katalizida ishtirok qilish. 
11.Transpeptidatsiyani kataliz qilish. 
12.Ribosoma ichidagi o‘rin almashishlar (translokatsiya). 

Download 177.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling