26-mavzu: Genetik kod va uning xususiyatlari. Reja: Genetik kod haqida tushuncha. Ma’noli va ma’nosiz tripletlar


Download 177.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana22.02.2023
Hajmi177.57 Kb.
#1220150
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
26-mavzu-biokimyo va molekulyarbiologiya

Ribosoma RNK lari 
RNK ning ahamiyati. 
Agarda ribosoma bu RNK demakdir deyilsa, mubolag‘a bo‘lmas edi. CHunki qachonlardir 
ribosoma faqat RNK dan tashkil topgan, evolyusiya jarayonida ribosoma tarkibida oqsillar paydo 
bo‘la boshlagan. 
Evolyusiya jihatidan yoshroq eukariotik hujayra ribosomalari 1: 2 qismi oqsildan iborat bo‘lsa, 
evolyusion eski pokariot hujayralar ribosomalari 1: 3 eisbat oqsildan iborat bo‘ladi. 


SHunga qaramasdan faqat ribosoma RNksigina ribosoma strukturaviy va funksional holatini 
belgilaydi. Masalan, ribosoma subbirliklarining birlashishi (proeksiya) jarayonini 2 xil yuqori 
polimerlashgan o‘xshash RNKlarning yaqinlashishi deb baholash mumkin. Ribosoma 
oqsillarining joylashtshtni ham RNK belgilaydi, qolaversa RNK ribosoma funksiyasini 
takomillashtirishda Asosiy omil hisoblanadi. 
Ribosoma RNKlarining turlari. 
Prokariot hamda eukariotik ribosomalar har bir subbirliklarida bittadan har xil yuqori 
polimerlangan RNK ushlaydilar va bita kichkina molekulyar massali 5S RNK ushlaydilar. 
Bundan tashqari eukariot hujayralar kichkina molekulyar massali 5,8S RNK ham ushlaydilar. Bu 
RNK prokariot ribosoma katta subbirligi tarkibidagi yuqori molekulali RNKning 5
/
-oxirgi zanjiri 
gomologi bo‘lib hisoblanadi. SHu jumladan xloroplastlar ribosomalari 4,5S RNK ushlaydilar. Bu 
RNK bakteriyalar ribosomalari katta subbirliklari tarkibiga kiruvchi yuqori molekulali RNKning
3
/
-zanjirining gomologi bo‘lib hisoblanadi. SHunday qilib, eukariot hujayralar 5,8S RNK va 
xloroplast ribosomalar 4,5S RNKlarini yuqori polimerlangan katta subbirlik RNKlaridan ajralish 
hosilasi deb qarash mumkin, ya’ni bu hodisalar biogenez va ribosomalar etishishi natijasida sodir 
bo‘ladi. 
Ushbu kichik molekulyar massali 4,5S RNK va 5,8S RNK Lar yuqori molekulyar massali 
RNKlarning shakllanishida ishtirok qilishadi, shu sababli bu RNKlarga mustaqil tur sifatida 
qaralmaydi. 

Download 177.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling