26-Mavzu: Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor. Guruhlar muammosi. Reja


Kichik guruhlar psixologiyasi. Katta guruhlar psixologiyasi


Download 28.92 Kb.
bet3/5
Sana13.05.2023
Hajmi28.92 Kb.
#1455574
1   2   3   4   5
Bog'liq
26-mavzu (1)

3.Kichik guruhlar psixologiyasi. Katta guruhlar psixologiyasi.


Guruh — bu muayyan belgiga, masalan birgalikda faoliyat ko‘rsatishning mumkinligiga va uning harakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo‘lib, kichik va katta guruhlarga bo‘linadi - o‘z navbatida ular ham real, shartli, formal hamda noformal, rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan, ya`ni, rivojlangan va etarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga bo‘linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina odamlarni o‘z tarkibiga olgan sosial umumiylikni tashkil qiladigan real guruhlar shaklida bo‘linishi mumkin. Bu hildagi katta guruhlarga korhonalarning mehnat jamoasi yoki ko‘pgina o‘qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o‘zaro aloqada bo‘lmasalar ham, lekin ayni chog‘da yagona bitta rahbarga bo‘ysunadi. Katta guruhlar ba`zi bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan va -birlashtiradigan shartli guruhlar shaklida bo‘lishi ham mumkin.
Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir-birlari bilan uchrashmagan bo‘lsalar ham, lekin bu hildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo‘lgan belgilariga ko‘ra umumiy social va psixologik ta`rifga ega bo‘lishlari mumkin. Jumladan, o‘spirinlar turli shahar va qishloqlarda istiqomat qilishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda bitta katta shartli guruhga birlashtirilishi, ehtimol, ular turli halqlarning tillarida so‘zlashishlari, hech qachon bir joyga yig‘ilmagan bo‘lishlari mumkin. Ularning umumiy sosial (o‘rta maktab o‘quvchilari), yosh (12-15 yashar payti), psixologik (shakllanib kelayotgan ulg‘ayish tuyg‘usi, o‘spirinlik paytida o‘zligini namoyon etishi va hokazo) ta`riflari asosiy belgilariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Katta shartli guruhlarni o‘rganish (yosh psixologiyasida, social psixologiyada va boshqalarda) ularning umumiy xususiyatlari farqlanishi natijasida guruhlarda ish olib borishning ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Shartli guruh sifatidagi o‘spirinlar shaxsiyati rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilgan holda pedagog maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiyaviy ishni sobitqadamlik bilan va samarali tarzda olib boradi. Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadqiq qilish prinsiplari. K a t t a g u r u h l a r kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashqil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo`lganligi va ular xulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak. Ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishini afzal ko‘radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siesiy-mafko‘raviy ahamiyatiga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek, ko‘pchilikni kamrab olishda qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki zielilar sinfi psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik. Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iklim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni qo‘yadi. Shuning uchun ham har bir katta guruhga taalluqli bo`lgan asosiy yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o‘rganish hozircha Ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yo‘llanma bo`lib kelmoqda. Qolaversa katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo`lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xox bu sinflar bo‘lsin, xox millatlar yoki halqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo`lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi. Ijtimoiy psixologik ma’noda, hayot tarzini o‘rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo`lgan kishilar o‘rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o‘zaro munosabatlarda ustun bo`lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, ehtiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi.
Etnopsixologiya - bu psixologiyaning shunday tarmogiki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli halqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o‘rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi "halq" tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o‘rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu xalqlarda keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o‘rganish kerak. Shunisi diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning o‘lkamizda o‘tkazilgan bo`lib, uni psixolog A.R.Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo`lib, uni o‘tkazishdan asosiy maqsad L.S.Vigotsqiyning madaniy-tarixiy yondashuv goyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya galaba kozongan O`zbekiston sharoitida turmush tarzining o‘zgarishi bilan O‘zbek xalqi psixologiyasining ham o‘zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o‘zgarganligini isbot qilish bo‘lsa ham tadqiqotchilar o`z-o‘zini anglash va o`z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda utiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan kizlar o‘rtasidagi farq bor-yo‘qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o`z-o‘zini analiz qilish metodi yerdamida o‘tkazilgan bo`lib, ayollarga turli savollar orqali o`z shaxsiga xos xususiyatlarni, o‘zidagi yyetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baho berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo`lib chiqdi. Uyda o‘tirgan ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. Luriya shu narsaga iqror bo‘ldiki, O‘zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga bog‘liq ekanligi, tobelik psixologiyasi ko‘pchiligini aniqladi. Masalan, ayollarga o‘zidagi yomon sifatlarni aytish topshirigi berilganda, ular yomon qo‘shnilarni ko‘rsatishar va umuman o`z-o‘zini baholashdan ko‘ra boshqalarni baholash, ularga sifat harakteristikalari berish ancha yengil tuyuladi.
Kichik guruhlar - hamisha bog‘langan umumiylik bo‘lib, unga kiruvchi shaxslarning o‘zaro birgalikdagi real harakati va ular o‘rtasidagi real o‘zaro munosabatlar bilan bog‘langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo‘lishi, ya`ni yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o‘rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo‘yilgan rahbarlikka ega bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitlarida bu guruhlar sosial jihatdan taqozo etilgan faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘langandir.
Kichik guruhlar muammosi Ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan obyektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida o‘tkazilgan ko‘plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo`lib, ularda olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishla ydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo`lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo`lganligi faktining (koatsiya) ta’siri o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo`lgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar amerikalik N. Triplett, nemis olimi A. Mayers, rus olimi V. M. Bexterev, yana bir nemis olimi V. Mede va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo`lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo`lib, bu ta’sir avvalo, sensor kuchayishlar hamda ish harakatlarning, fikrlashlarning tezligi namoyon bo`ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatiladi, ya’ni boshqalar ta’sirida individ reaksiyalariga tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari; bu narsa fanda individsiya nomini oldi. Lekin olgan faktlarning qandayligidan kat’iy nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi.
Birinchidan, kichik guruhlarning xajmi, uni tashqil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki, kichik guruh "diada" ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb kabo‘l qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda, avvalo oila - yangi shakllangan oila ko‘prok nazarda tutiladi, lekin samarali o‘zaro ta’sir nazarda tutilganda 7-2 kishi nazarda tutiladi. Bunday guruh turli ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar uchun ham, sotsial-psixologik treninglar o‘tkazish uchun ham qo‘lay hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning ulchami qanchalik katta bo‘lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun kadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. Ya’ni, shaxsning ko‘pchilikdan iborat guruhdan o‘zini tortish va uning normalarini bo‘zishga moyilligi ortib boradi.
Uchinchidan, guruhning xajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o‘zaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas’uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari uning o‘rtasidagi aloqalarga doim aniqlik bo`lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar ochik holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
To‘rtinchidan, agar guruh a’zolarining soni tok bo‘lsa, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juft bo`lgan holdagidan ancha yaxshi bo`ladi. Shundan bo‘lsa kerak, boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi.
Beshinchidan, shaxsning guruh tazyiqiga berilishi va bo‘ysunishi ham guruh a’zolarining soniga bog‘liq. Guruh soni 4-5 kishi bo‘lgunga qadar, uning ta’siri kuchaya boradi, lekin undan ortib ketgach ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, ko‘chada sodir bo`lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yerdam berishga intilish, mas’uliyat hissi pasayib boradi.
Bu qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha yengillashtiradi.



Download 28.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling