26. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar


V.I. Vernadskiyning biosfera to’g’risidagi ta’limoti


Download 32.61 Kb.
bet6/6
Sana05.04.2023
Hajmi32.61 Kb.
#1276676
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
26-33- variantlar

32. V.I. Vernadskiyning biosfera to’g’risidagi ta’limoti

Yerning tiriklik muhiti ekanligi to‘g‘risidagi o‘zidan oldingi fikrlarni rivojlantirgan rus olimi V.I. Vyernadskiy 1926 y. biosfyera to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi. Bu ta’limotga ko‘ra biosfyera uch asosiy tarkibiy qismdan iborat:


1) tirik organizmlar;
2)tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qatnashadigan minyeral moddalar;
3) tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan va lekin biogen modda aylanishida vaqtincha qatnashmaydigan moddalar.
Tirik organizmlar tabiatda son jihatdan ko‘p va xilma-xil bo‘lib, ular turli yashash muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga (masalan, jonsiz predmetlarga) qaraganda o‘zlarida kechadigan biokimyoviy jarayonlarning faolligi bilan ajralib turadilar va shuning uchun ham ular Yer yuzida o‘zgarishlar yasashga qodirlar.
Sayyoramizdagi barcha organizmlar, V.I. Vyernadskiy fikricha tirik moddalar bo‘lib, ularning asosida vazn, kimyoviy tarkib va enyergiya yotadi. Bu moddalarni Vyernadskiy uch guruhga bo‘ladi:
kos (o‘lik) moddalar – bularning yaratilishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. Bularga abiotik muhitning omillari, masalan, quyosh radiatsiyasi, havoning namligi, bosimi, ximizmi va boshqalar kiradi;
biogen moddalar – bular tirik organizmlar tomonidan yaratiladi va o‘zlashtiriladi. Bunga toshko‘mir, bitum, neft va ohaktosh kiradi;
biokos moddalar –bular tirik organizmlar va abiotik muhit omillarining birgalikda ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. Bunga tuproq va tabiiy suvlar kirib, ularning holati tirik organizmlarga bog‘liq bo‘ladi. V.I. Vyernadskiy o‘z vaqtida hayot biosfyeraning barcha yerida mavjud ekanligini ko‘rsatib o‘tgan edi. Uning fikricha, tirik organizmlar turli muhitga moslasha oladigan bo‘lganlari uchun ham ular tobora yangi muhitlarni o‘zlashtira boradilar.


33. Biosferaning tarkibiy qismlari, uning muhiti va chegaralari
Biosfyera (gr. bios – hayot, spaira – shar) – Yer sharining tirik organizmlar ta’sirida bo‘lgan qismi bo‘lib, uning tarkibi va enyergetikasi shu organizmlar faoliyatiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda biosfyeraga yagona ekotizim sifatida qaraladi. U joylashgan o‘rniga ko‘ra uch tarkibiy qismdan tashkil topgan.
1.Litosfyera – (gr. “litos” - tosh) Yerning sirtki po‘stlog‘i bo‘lib, u g‘ovak modda ya’ni tuproqdan iborat. Yer mag‘zidagi barcha tirik organizmlar ana shu qavatda yashaydi.
2. Gidrosfyera – dunyodagi barcha suvliklar bo‘lib, ular Yer yuzi maydonining 70,8% ni egallagan. Gidrosfyeraning umumiy maydoni 1,37 mlrd.km2 ga teng bo‘lib, uning katta qismi (98,3 %) dengiz va okeanlar bilan band. Qolgani esa quruqlikda joylashgan muzliklar, daryo va ko‘llardir.
Atmosfyera – Yer sharini o‘rab olgan havo qatlamidan iborat bo‘lib, uning og‘irligi Yer og‘irligining milliondan bir qismiga teng. Bu miqdor 5000 trillion tonnani tashkil qiladi va yer yuzasining har bir santimetr kvadrat maydoniga 1,32 kg dan to‘g‘ri keladi.
Biosfyeraning chegarasi shartli ravishda quyidagicha qabul qilingan: pastki chegara – quruqlikda 3-4 km, dengiz va okeanlar joylashgan hududlarda 10-11 km chuqurlikkacha bo‘lib, yerning bu qatlamlarida qaynash haroratidagi tyermal suvlar joylashgan. Bu qatlam ba’zi joylarda 10-15 ming metr chuqurlikkacha bo‘lib, unda ayrim baktyeriyalar yashay olishi aniqlangan; yuqori chegara – yerdan 25-35 km. balandlikda joylashagan ozon pardasi hisoblanadi. Undan yuqorida quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siridan organizmlar yashay olmaydi (kosmonavt va astronavtlar bundan mustasno).
Download 32.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling