26. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar


Atrof muhitning ifloslanishi va ifloslanish turlari


Download 32.61 Kb.
bet3/6
Sana05.04.2023
Hajmi32.61 Kb.
#1276676
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
26-33- variantlar

29.Atrof muhitning ifloslanishi va ifloslanish turlari

Atmosfyeraning ifloslanishi havoga nihoyatda ko‘p miqdorda chiqayotgan chang-to‘zon, tutun, mikroblar, uglyerod oksidi, vodorod sulfidi, uglevodorodlar, organik moddalar, sulfidlar, nitratlar, qo‘rg‘oshin, temir, ftor birikmalari, radioaktiv moddalar va pestitsidlar bilan bog‘liq. Atmosfyerani ifloslovchi manbalarni ikkiga bo‘lish mumkin: tabiiy (biogen) va sun’iy (antropogen) manbalar.


Tabiiy manbalarga vulqonlar otilishidan havoga ko‘tariladigan kul va gazlar, yerdan ko‘tariladigan chang-to‘zonlar, o‘rmonlarda tabiiy ravishda sodir bo‘ladigan yong‘inlar tutuni, dengiz va okeanlardan suv bug‘i bilan ko‘tariladigan turli xil tuzlar hamda fazoviy changlar kiradi.
Sun’iy manbalarga inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ifloslovchi manbalar kiradi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: ko‘chmas (sanoat va enyergetika korxonalari) va ko‘chma (transport vositalari) manbalar. Bu manbalardan chiqadigan chiqindilarning havoga qo‘shilishiga texnogen ifloslanish deyiladi.
Suv muhiti va uning ifloslanishi. Hozirgi davrda dunyo miqyosida, ichimlik suv tanqisligi muammosi yuzaga kelgani ham ko'pchilikka yaxshi ayon. Respublikamiz va umuman Markaziy Osiyo mintaqasida ham shunday muammo mavjudligini qayd etmoq kerak. Havo va suv muhitlarining jiddiy sur'atda ifloslanib borishi negizida, asosan, turli ishlab chiqarish sohalari uchun zarur bo'lgan tabiiy manba (resurs)larni qayta ishlash jarayonlarida sodir etilayotgan ham gaz-gazsimon, ham suyuq — oqava, hamda qattiq holatdagi chiqit moddalar ta'siri yotadi. Sunday chiqitlar tufayli, nafaqat atmosfera va gidrosfera, balki litosfera va biosfera ham borgan sari ifloslanib bormoqda.
Litosferadagi o'zgarishlar — tuproqlarning ifloslanishi. Davrlar o'tishi bilan, umuman, Yer yuzasi qatlamlarining tarkib-tuzilmasi va sifat ko'rsatkichlari ham o'zgarib borayotgani kuzatilmoqda. Ko'pchilikka yaxshi ayonki, hozirgi davrda, turli — tuman sanoat korxonalari, energetika tarmog'i va boshqa sohalarni xomashyo bilan ta'minlash maqsadida litosfera qa'ridan tabiiy gaz, neft, ko'mir va boshqa har xil ma'danli va ma'dansiz minerallar qazib olinmoqda. Xuddi shuningdek, yer osti suvlaridan ham jadal sur'atlarda foydalanilmoqda. Natijada, nafaqat tabiiy manbalar zahiralarining kamayishi, hatto, litosfera qatlamlari tarkibida har xil ko;rinish va hajmlarda bo'shliqlar paydo bo'lishi bilan Yer qatlamlari siljishlari kuzatilmoqda ham.


Download 32.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling