№27 ma’NAVIY- ma’rifiy soatlar rejasi


Mavzu: Oila - ma’naviyat beshigi. 11oltin qoidani unutmang!


Download 105 Kb.
bet6/8
Sana12.10.2023
Hajmi105 Kb.
#1700013
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-mavzu

Mavzu: Oila - ma’naviyat beshigi.
11oltin qoidani unutmang!
Agar ota –onalar bilan munosabatning o`n bir qoidasi nimalardan iborat,
deb so`rasalar shunday javob ber:
Birinchi: doimo ota –onaga hurmatda bo`lish.
Ikkinchi: ular uchun dunyoning barcha boyligini ham ayamaslik.
Uchinchi: ota –onaga ularning hurmatini bajo keltirganingni aslo eslatmaslik.
To`rtinchi: ularga g`azab qilmaslik.
Beshinchi: ota –onaning birinchi chaqiriqlari bilan oldilariga yetib kelish.
Oltinchi: ota va ona bilan gaplashganda yuzni burishtirmaslik, jahl qilmaslik.
Yettinchi: ota – onaning barcha istaklarini bajo keltirish.
Sakkizinchi: ota- ona bilan suhbatlashganda ovozni baland ko`tarmaslik.
To`qqizinchi: ota-onaning ruxsatisiz sayohatga chiqmaslik.
O`ninchi: ota-onaga quvonch keltirishga intilish.
O`n birinchi: ota-onani muqaddas deb bilish, chunki barcha go`zalliklar o`shalar tufaylidir.
Hadisdan namunalar
Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so`ng otangga yaxshilik qil.
Otaga itoat qilish—Tangriga ibodat qilishdir. Uning oldida gunoh qilish, Tangri oldida gunohkor bo`lish bilan barobardir.
Faollashtirish uchun savollar:
1.Oila tushunchasini izohlang.
2.Oilada kimlar yashaydilar?
3.Oila boshliqlari haqida so`zlang.
4.Oila a`zolarining bir- birlariga munosabatlari qanday bo`lishi kerak?
5.Oila a`zolaringizning nomlarini sanang.
6.Oila a`zolaringiz qanday kasb egalari, ularning kasblari haqida bilganingizni so`zlang.
7.Faraz qilaylik, oila a`zolaringizdan biri sizning yordamingizga muhtoj. Siz qanday yo`l tutasiz?


Oila tushunchasi, oilashunoslik fanining maqsad va vazifalari. Barcha narsa juft-juft bo'lib yaratilgan ekan, juft bo'lib yashash tabiat taqazosidir. Lekin oila bo'lib yashash faqat odam nasliga xosdir. Yer yuzida birinchi oilani Odam Ato bilan Momo Havo tuzishgan. Ular uzoq ayriliqdan keyin bir-birlarini sog'inib qolishgach, diydor ko'rishganlar. Muhabbat tarixi shundan boshlangan, desak adashmaymiz.
Oila jamiyatning birinchi va birlamchi zarrasidir, er va xotin ikki tirik vujudning ittifoqidan paydo bo'lgan uchinchi bir olam — bu oiladir.
Oila — tarixan tarkib topgan o'ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo'lib, uning a'zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o'zaro huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog'langandir. Oila nikoh zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olingan, ma'qullangan ifodasi hisoblanadi.
Jamiyat nikoh vositasida erkak va ayol orasida tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Oila tufayli er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida axloqiy, huquqiy munosabat­lar qaror topadi. Oila va jamiyatning mavjud bo'lishi hamda rivojlanishining birinchi va asosiy sharti oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ishlab chiqarish hisoblansa, ikkinchisi kishilarning yangi avlodni bunyodga keltirishdan iboratdir.
O'zbek oilasining dunyodagi boshqa oilalarga o'xshash tomoni ko'p, shu bilan birga o'ziga xos jihatlari bor. Xalqimizning: "Nikoh eng avvalo Arshi a'loda o'qiladi, keyin esa yerda" degan naqli behuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy tushunchalari bo'yicha nikoh ilohiy ahd, oila muqaddasdir. "Xotinlaringiz ziroatgohingizdir" deyiladi Qur'oni karimning
Baqara surasi 223-oyatida. Oila qurishdan asosiy maqsad farzand ko'rishdir.
Hadisi shariflarda: "Kimgaki Alloh taolo Soliha xotin nasib etgan bo'lsa, dinining yarmiga taqvo qilibdi, qolgan yarmiga o'zi taqvo qilsin".
"Xotin kishi qovurg'adan yaratilgan, agar sen qovurg'ani to'g'rilayman desang sindirasan, murosa qil-u, u bilan yasha" deyilgan. Demak, ayolni ayol deb bilib, murosa qilish lozim.
Oila tarixan tarkib topgani sabab hozirgi vaqtda "Oilashunoslik" fani ham rivojlanmoqda. Chunki sog'lom avlodni tarbiya topishida oilaga e'tibor muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda "Oilashunoslik" fanining asosiy maqsadi quyidagilardan iboratdir.
1. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;
2. Kelgusi jamiyatni boshqaruvchi, sog'lom, aqlan teran, mehnatkash,
o'z Vataniga sodiq avlodlar, urf-odatlariga hurmat bilan qarovchi, axloqan pok farzandlar yetishtirish;
Shunday ekan, "Oilashunoslik" fanining o'ziga xos vazifalari mavjuddir.
1998 yil mamlakatimizda "Oila yili" deb e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan oila manfaatlarini ta'minlash maqsadida davlat dasturi ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bundan tashqari
"Sog'lom avlod yili" (2000 yil), "Onalar va bolalar yili" (2001 yil),
"Sog'lom av­lod" ordenining ta'sis etilishi va shu kabilar oilani himoya qilish, farzandlar ravnaqi uchun muhim ahamiyatga egadir.
2002 yil 5 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Ayollar va o'sib kelayotgan avlod sog'lig'ini mustahkamlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'risida"gi qaroridan ko'zlangan asosiy maqsad - oila a'zolarining tibbiy madaniyatini oshirish, ayollarning, ayniqsa tug'ish yoshidagi ayollar salomatligini mustahkamlash, sog'lom avlod tug'ilishi, ularni tarbiyalash choralarini kuchaytirish,
"Sog'lom oila — sog'lom bola" tamoyilini amalga oshirishdan iborat.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling