28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari
T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Download 0.95 Mb.
|
buxgalteriya hisobi fanidan
O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning alohida hisobini olib boradigan korxonalarda ularning mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 2110 "O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar" schyotida amalga oshiriladi. Ushbu schyotda korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan (ishlab chiqarishning to’liq tsiklida) yarim tayyor mahsulotlardan: qora metallurgiyada qayta ishlanuvchi cho’yan; texnik rezina sanoatida xom rezina va yelim; kimyo sanoatining azotli o’g’it kombinatlaridagi sulьfat kislota; to’qimachilik sanoatida yigirilgan ip, xom surp va hokazo aks ettirilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan qiymatliklar boshqa korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida, ya’ni 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotida aks ettiriladi. 2110 "O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar" schyotining debetida 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti bilan bog’langan holda yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar aks ettiriladi. 2110 "O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar" schyotining kreditida 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti bilan bog’langan holda qayta ishlashga berilgan va 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi" schyoti bilan bog’langan holda boshqa korxonalarga sotilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi aks ettiriladi. 2110 "O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar" schyoti bo’yicha analitik hisob yarim tayyor mahsulotlarning saqlanish joylari va alohida nomlari (turlari, navlari, miqdorlari va shu kabilar) bo’yicha yuritiladi. O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2100)ning bog’lanishi
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling