28-mavzu: Kasbiy muloqot jarayoni. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari. Muloqot texnikasini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni


So'z va gaplarning «chaynalmasligi»


Download 127.5 Kb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1514934
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
28-AMALIY MASHGULOT

5. So'z va gaplarning «chaynalmasligi»;

6. Fonetikaga oid bilimlardan xabardor

7. Nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradiga mashqlardan muttasil foydalanib borish.

Muloqotning ta’sirchanligini ta’minlash nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik omillarni ham o'z ichiga oladi. Bamisoli ummon bo‘lgan tilimizdan bir fikrni bir qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud, ya’ni tilimizda har qanday voqea-hodisalarni ifodalash uchun so‘z va iboralar topiladi, lekin muloqot vaziyati uchun eng uyg‘un ifodani topa bilish o‘qituvchining bilimi, ma’rifatu madaniyati, mahoratu malakasiga bog‘liq.


  • Muloqotning ta’sirchanligini ta’minlash nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik omillarni ham o'z ichiga oladi. Bamisoli ummon bo‘lgan tilimizdan bir fikrni bir qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud, ya’ni tilimizda har qanday voqea-hodisalarni ifodalash uchun so‘z va iboralar topiladi, lekin muloqot vaziyati uchun eng uyg‘un ifodani topa bilish o‘qituvchining bilimi, ma’rifatu madaniyati, mahoratu malakasiga bog‘liq.

Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir. Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».

Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling