28-mavzu: Kasbiy muloqot jarayoni. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari. Muloqot texnikasini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni
Muloqotning psixologik tizimi va vazifalari
Download 127.5 Kb.
|
28-AMALIY MASHGULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan mashqlar : 1-mashq. Matnni o‘qing. Dialektizmlarni topib, tahlil qiling. Yozuvchining uslubiy maqsadini izohlang.
Muloqotning psixologik tizimi va vazifalari
Muloqot murakkab jarayon bo`lganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini analiz qilganimizda, unda juda xilma-xil ko`rinishlar, komponentlar va qismlar borligini aniqlashimiz mumkin. Muloqot jarayonining murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda samarali munosabatlar o`rnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element yoki bo`laklar bilan alohida tanishib chiqamiz. G.M.Andreeva muloqotning quyidagi psixologik tuzilishini taklif etadi: 1. Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni). 2. Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayoni). 3. Muloqotning perseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`lik bo`lgan murakkab psixologik jarayon). Bu strukturaning har bir tomonini batafsil ko`rib chiqamiz. Ko`pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga to`xtalib o`tar ekanlar, uning qator vazifalari, funksiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi: a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi; b) xulq-atvorni boshqaruv funksiyasi; v) hissiyotlar almashinuvi. Bu funksiyalar aslida G.M.Andreeva ajratgan muloqot qismlariga ham mos keladi, ya’ni har bir muloqot jarayonida B.F.Lomov qayd etgan vazifalarni topish mumkin. Mazkur mavzu orqali muloqotning ijtimoiy ta’sir vositasi sifatida vazifalari, shaxs taraqqiyotida tutgan o`rni, uning turlari, shakllari, bosqichlari, psixologik tuzilishiga oid ma’lumotlar, bilim, malaka va ko`nikmalar shakllantiriladi. Mavzu yuzasidan mashqlar: 1-mashq. Matnni o‘qing. Dialektizmlarni topib, tahlil qiling. Yozuvchining uslubiy maqsadini izohlang. Bir faqir bir badavlat odamga hamsoya erdi. Bir kuni aning o‘g‘li faqirning uyiga borib ko‘rdiki, ul odam bola-chaqasi birlan allaqanday taomni yeb o‘ltiribdur, andak zamon tikilib turib ul taomga mayl qildi, ammo uy egalarining hech qaysisi ani taklif qilmadi... Bola yig‘lab uyiga qaytdi. Ota-onasi yig‘laganing boisini so‘radilar. U bola faqirning taomga taklif qilmaganidan shikoyat qildi. Otasi buyurdiki, filhol anvoyi laziz taomlardan pishirgaylar. Bola taomni yemadi, manga hamsoyaning taomidan kerak deb, andoq yig‘lab turdiki, otasi faqirning uyiga bordi va aytdiki, ey faqir, bizga ranj va ozor yetkurganing nimaga kerak bo‘lur, deb. Faqir andak fursat boshini quyi solib turib dediki: «Ey xo‘ja, bul ishda sir bordir, mandin tilamagilki, ul sirning pardasini ko‘tarsam». Ammo tavongar (boy) so‘radiki: «Birovga halol va harom taom bo‘lurmu?» deb. Faqir javob berdiki: «Magar masjidda eshitmadingmuki, bechora, ahvoli tang bo‘lgan odamlarga murdorni (harom) emak haloldir, deb. Bilgilki, bolalarim uch kundan buyon hech bir taom yemas erdilar va men hech iloj topmay yurdim. Oxirilamr bu kun bir chor devorga kirib o‘lib yotgan eshakni ko‘rib, go‘shtidan bir miqdor kesib uyga keltirdim. O‘g‘ling uyimga kelgan mahalda ul harom o‘lgan eshakning go‘shtini yeb o‘tirgan erdik». Тavongar faqirni ko‘p duo qiddi va dediki: «Bir masjid solurman, aning savobi sangadir...» («Hikoyatlar»dan) Download 127.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling