28-Modul. Yer solig`i Reja


Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i


Download 27.15 Kb.
bet3/3
Sana08.04.2023
Hajmi27.15 Kb.
#1341396
1   2   3
Bog'liq
28-Yer solig`i

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq fuqarolarga beriladigan yerlar me’yori quyidagicha belgilangan (bir oila uchun):

    • yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,06 ga;

    • shaxsiy tomorqa (dehqon xo`jaligi) yuritish uchun 0,25 ga sug`oriladigan va 0,50 ga lalmikor yerlar.

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo`lgan jismoniy shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xo`jaliklari yer solig`i to`lovchilaridir. Ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to`lanadigan ijara haqi yer solig`iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig`i to`lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va to`lash tartibi tadbiq etiladi.
Turar joy, yashash uchun mo`ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo`yicha o`tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o`tgan yer uchastkalari uchun yer solig`i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo`rlardan undiriladi.
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob’yektidir ;
-dehqon xo`jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari ;
-yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari ;
-jamoat bog`dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek, yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
-xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
-meros bo`yicha hadya qilinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi ham o`tgan yer uchastkalari;
-qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
-tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Ko`p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’yekti bo`lmaydi. Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazadigan organning yer uchastkalari maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan baza hisoblanadi.Jamoat bog`dorchiligi,uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan,shuningdek, yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalarining maydonlari bo`yicha soliq solinadigan baza ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar ma’lumotlari bo`yicha aniqlanadi .
Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlarning maydonlari bo`yicha soliq solinadigan baza o`z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo`yicha aniqlanadi .
Yer solig`idan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar:
-yaylov chorvachiligining cho`ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari;
-O`zbekiston Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonlariga sazovor bo`lgan, uchala darajali “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
-1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan doiradagi ularga tenglashtirilgan shaxslar;
-I va II-guruh nogironlari;
-yolg`iz pensionerlar (yolg`iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yohud nogiron bolasi bilan alohida uyda, kvartirada yoki yotoqxonada birga yashovchi pensionerlar yolg`iz pensionerlar deb tushuniladi );
-boquvchisini yo`qotgan ko`p bolali oilalar (ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada 16 yoshga to`lmagan 5 ta va undan ortiq bolalari bo`lgan oilalar boquvchisini yo`qotgan ko`p bolali oilalar hisoblanadi);
-Chernobil AES dagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar;
-shaxsiy pensiya tayinlangan shaxslar;
-ko`chirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer uchastkalari bo`yicha yer uchastkalari berilgan paytdan e’tiboran 5 yilgacha;
-yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va dehqon xo`jaligini yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer uchastkalari berilgan oydan keyingi oydan boshlab ikki yil muddatda;
-jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan yer uchastkalari (ular birinchi savolda ko`rsatilgan).
Imtiyozlar yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organda ro`yxatdan o`tgan jismoniy shaxslarga ularning tanlovi bo`yicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yohud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, joylar ijaraga berilganda yer solig`i yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`i stavkalari bo`yicha undiriladi hamda imtiyozlar tadbiq etilmaydi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i stavkalari quyidagicha belgilangan;
1.Qishloq joylarida joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun stavka bir gektar maydonga so`mlarda belgilangan:
a) dehqon xo`jaligini yuritish uchun berilgan yerlar:
-aholi punktlaridagi sug`oriladigan yerlar:
-aholi yashamaydigan joylardagi sugoriladigan yerlar;
lalmikor yerlar ;
b) jamoat bog`dorchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yerlar .
2.Shahar va qo`rg`onlarda yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yerlar uchun stavka bir kv.m yerga :
a) Toshkent shahrida 14 ta zona bo`yicha ;
b) boshqa yirik shaharlarda 4 ta zona bo`yicha ;
d) kichik shaharlarda 3 ta zona bo`yicha;
e)tuman markazlari va qishloq aholi punktlarida 2 ta zona bo`yicha belgilangan.
Soliq organlari yer solig`i to`lovchilari bo`lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadilar va soliqni hisoblab chiqaradilar. Yer solig`i summasi, uni to`lash muddatlari ko`rsatilgan to`lov xabarnomalari jismoniy shaxslarga soliq organlari tomonidan har yili birinchi maydan kechiktirmay topshiriladi. Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o`zgarganda va imtiyoz huquqi vujudga kelganida (tugatilganida) soliq organlari mazkur o`zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig`ini qayta hisob-kitob qilishlari va yangi yoki qo`shimcha to`lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
Yer solig`i yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’iy nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to`lanadi. Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig`i jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilgandan keyingi oydan e’tiboran to`lanadi.
Soliq davri uchun yer solig`i to`lash jismoniy shaxslar tomonidan yiliga ikki marta teng ulushlarda-hisobot yilining 15 iyuniga va 15 dekabriga qadar amalga oshiriladi.
Download 27.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling