29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish
Download 1.58 Mb.
|
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruhlar tartib raqami Kichik guruhlar tartib raqami
- Binolar, imoratlar va inshootlar
- Kuch mashinalari va asbob-uskunalar
- Faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va asbob-uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
- Harakatlanuvchi transport
- Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari
- Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar
- 1 5.2 -jadval Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblash jadvali
- Yillar Balans qiymati Iillik amortiza- tsiya summasi
15.1-jadval
Asosiy vosita ob’ektlariga amortizatsiya hisoblash me’yorlari
Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda asosiy vositani foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil usullarni ko‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi: To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi ko‘tilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi. Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblash koeffitsiyentining maxraji bo‘lgan ob’ektning xizmat muddati yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bu koffitsiyentning suratida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi. Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo‘lmasa, asosiy vositaning qoldiq qiymati nolga teng bo‘ladi. To‘g‘ri chizikdi usulda amortizatsiya hisoblash. To‘g‘ri chiziqli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob’ekti qiymatini davrlar bo‘yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan ob’ektning dastlabki qiymatini) ko‘zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan topiladi: Iillik amortizatsiya summasi (dastlabki qiymati—tugatish qiymati) /xizmat qilish muddati. Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyatida asosiy vositaga eskirish hisoblash bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud; Asosiy vositaning balans qiymati- 900000 ming so‘m; Tugatilish qiymati- 20000 ming so‘m; Xizmat muddati — 5 yil. Yillik amortizatsiya summasi = (900000-20000)/5 = 176 000 ming so‘m. Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblashda uning summasi foydalanish muddati davomida bir xil bo‘ladi, jamg‘arilgan eskirish bir tekisda oshib boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga yetguncha bir tekisda kamayib boradi. 15.2-jadval Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblash jadvali
Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan amortizatsiyani hisoblash usuli asosiy vositalarning har hisobot yilida bajargan ishining hisobiga asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ishlab chiqarishni hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda shu davr mobaynida 17780000 dona mahsulot ishlab chiqariladi. 1-yilda - 3780000, 2-yilda -4500000, 3-yilda - 3800000, 4-yilda - 3300000, 5-yilda - 2400000 dona mahsulot ishlab chiqarildi. Mahsulot birligiga ketgan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng: (900000-20000)/ 17780000=0,049 har bir mahsulot uchun Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling