29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish


Ishchi va mahsuldor hayvonlar


Download 1.58 Mb.
bet6/56
Sana23.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1652513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish

Ishchi va mahsuldor hayvonlar. Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho‘kiz, sigir)lar bo‘lib, alohida inventar ob’ekti sifatida hisobda aks ettiriladi. Ish hayvonlari va mahsuldor mollar - ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan mollar - otlar, ho‘kizlar, tuyalar, eshaklar va boshqa ish hayvonlari (ot arava transporti sifatida foydalaniladigan transport otlari va boshqa hayvonlarni hisobga olganda), shuningdek mahsulot beradigan (tug‘ilgan nasl, sut, jun va boshqalar) qoramollar, qo‘toslar, ayg‘ir buqalar, nasldor biyalar (ishchi hayvonlardan tashqari), sovliq qo‘ylar va hokazolar. Tasnif ob’ekti bo‘lib, har bir katta hayvon hisoblanadi.
Ko‘p yillik o‘simliklar. Ko‘p yillik o‘simliklar - yoshidan qat’iy nazar sun’iy yo‘l bilan yetishtirilgan ko‘p yillik o‘simliklarning barcha turlari. Ko‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va yoshidan qatiy nazar eqilgan daraxtlar guruhidir.Shu jumladan:

  • meva-rezavor o‘simliklarning barcha turlari (daraxtlar va butalar); ko‘chalardagi, maydonlardagi, bog‘lardagi, hiyobonlardagi, korxona xududlaridagi, uy-joy xovlilaridagi ko‘kalamzorlashtiruvchi va dekorativ o‘simliklar;

  • chakalak g‘ov, qor va dalani to‘sadigan yo‘llar, qumlar va daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun eqilgan o‘simliklar, jar va soy yoqalariga ekiladigan o‘simliklar va shu kabilar;

  • ilmiy-tadqiqod maqsadlari uchun botanika bog‘lari, boshqa ilmiy-tadqiqod tashkilotlari va o‘quv yurtlarida sun’iy tarzda yetishtirilgan o‘simliklar.

Ushbu bo‘linmaning tasnif ob’ektlari bo‘lib soni, yoshi va turidan qat’iy nazar har bir bog‘, hiyobon, ko‘cha, xovli, korxona xududidagi yashil o‘simliklar to‘laligicha;
har bir o‘simlikni alohida o‘rashni hisobga olgan holda ko‘cha, yo‘l yoqasidagi yashil o‘simliklar;
dalani to‘sadigan yo‘lning har bir uchastkasining o‘simliklari hisoblanadi.
Boshqa asosiy vositalar - yuqorida keltirilgan guruhlarda sanab o‘tilmagan asosiy vositalar. Ularga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan, lekin inshootlarga ham, uskunalarga ham kiritilmaydigan texnik maqsadli vositalar. Bular suyuqliklarni saqlash idishlari (chanlar, bochkalar, baklar va shu kabilar), inshootlarga kirmaydigan, sochiladigan, to‘kiladigan, donali va idish-donali mahsulotlar uchun jihozlar va idishlar, ishlab chiqarish operatsiyalarini yengillashtirishga xizmat qiladigan mebel va jihozlar (ish stollari, muzlatgich peshtaxtalari va issiqlik peshtaxtalaridan tashqari peshtaxtalar, savdo javonlari, stellajlar va shu kabilar);
- ishlab chiqarish jarayonida bevosita foydalanilmaydigan idora va xo‘jalik anjomlari vositalari – yong‘inga qarshi kurashish vositalari, sport inventarlari;
- kutubxona jamg‘armalari va boshqalar.
Tasnif ob’kti sifatida faqat mustaqil vazifaga ega bo‘lgan va biror bir boshqa ob’ektning qismi hisoblanmagan vositalargina bo‘lish mumkin.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling