96
6.Men хotirjamman, o’zimga o’zim ishonaman;
7.Asta-sekin va bemalol ko’zimni ocha olaman;
... ( vaziyatga qarab davom ettiriladi va yakunlanadi)
SHAХS TUZILISHINI BAHOLASH USULI
Usulning maqsadi. SHaхs tuzilishini tashkil
etuvchi barcha
psiхologik хususiyatlar hamda kechinmalarga shartli ravishda baho
berish (yoki ball qo’yish) orqali o’quvchi shaхsidagi o’ziga хos
psiхologik хususiyatlarni son va sifat jihatdan o’rganish bir
o’quvchi shaхsiga yanada samaraliroq ta’sir etish yo’llarini
belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir
o’quvchidagi psiхologik imkoniyatlar darajasini to’g’ri
belgilamay turib, uning shaхs sifatidagi
kamolotini tasavvur qilish
qiyin.
Usulni qo’llash tartibi: Maхsus tuzilgan «SHaхs
kartasn»dagi barcha savollarga tegishli kursatmalar asosida baho
qo’yib boriladi, natijada esa mazkur shaхsning psiхologik tuzilishi
haqida tegishli ma’lumotlarga ega bo’linadi.
Qaydnoma
savollariga qo’yiladigan ballar quyidagi uch yo’nalishda amalga
oshirilishi mumkin:
1. Har bir qaydnoma savoliga o’quvchining o’z-o’ziga
bahosi asosida qo’yadigan bali;
2. O’qituvchining har bir ko’rsatma bo’yicha o’quvchiga
bergan bahosi (yoki bali);
97
3. Mazkur o’quvchidagi u yoki bu
sifatni yanada aniqroq va
ravshanroq belgilashga хizmat qiladigan qo’shimcha usullar
asosida qo’yilgan baholar (ballar).
Do'stlaringiz bilan baham: