2Баротов Шариф Рамазонович
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
baratov talimda ps xizmat
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIFTLARIMIZ
QO’L BARMOQLARI
Endi, mashqni qo’l barmoqlari orqali bajaramiz. Dastavval, sizdan bir vaqtning o’zida ikkala qo’l barmoqlaringizni mumkin qadar mahkam qisishingizni so’rayman... Tayyormisizlar?! (ha, jvabidan so’ng) Boshladik: mushtingizni qattiq qising, qattiq, yanada qattiqroq, yana ham mustahkamroq... хuddi shunday ushlab turing. Sanayman: bir, ikki, uch, to’rt,besh, olti, etti... Endi, bir oz bo’shashing, ilgarigi normal holatga qayting... Sezyapsiz: yozishdan nihoyatda charchagan barmoqlaringiz bir oz dam olgandek bo’ldi. Ushbu holatni yana bir bor takrorlaymiz: Tayyormisizlar?! (ha, javobidan so’ng) boshladik: ilgarigidek mushtingizni qattiq qisishga harakat qiling, qattiqroq, yanada qattiqroq... Endi bo’shashing... normal holatga qayting. qo’l muskullaringiz dam olishi uchun qarama-qarshi harakat qilishga shaylaning. YA’ni, barmoqlarni ochib bir qo’lingizni boshqasining ustiga qo’yishingiz lozim. Boshladik.(namuna sifatida ko’rsatilib boriladi). Qo’l panjalaringizni mumkin qadar kengroq yozing. Kengroq, yana ham kengroq, mumkin qadar kengroq... bir holatda tuting. Bo’shashing: normal holatga qayting. E’tibor bergan bo’lsangiz barmoqlaringizda issiqlik, 90 taft, hayajonlanish va muskullarning o’zgacha bir holati, harakati namoyon bo’ldi... Bo’shashing: ilgarigi normal holatga qayting. hech narsani eslamang, hech narsani o’ylamang- o’zingizni nihoyatda erkin his etishga harakat qiling. KIFTLARIMIZ Endi, kelinglar, kiftlarimiz bo’yicha ham ishlab ko’raylik. Хammangizga ma’lumki, hayotdagi barcha og’irliklarni va qattiq hayajonlarni inson ramziy ma’noda kiftida, qaddi- qomatida saqlab yuradi. hozirgi mashq kiftlarni quloqqa tomon vertikal holatida harakatga keltirishni talab qiladi. Kift muskullari bilan birga ijobiy his-tuyg’ular ham harakat qiladi. SHunga mu- vofiq, ayrim muolajalarni olib boramiz. (savollar tug’ilmasligi uchun qo’shimcha tushuntirishlar ham olib boriladi). Agarda tayyor bo’lsangizlar boshlaymiz: Kiftlarni ko’taring. YAnada yuqoriroq ko’taring, yana ham yuqoriroq, eng yuqori ko’tarishga harakat qiling. Хuddi shunday holatda etti soniya ushlab turing: bir,ikki, uch,to’rt,besh,olti, etti. Bo’shashing: normal holatga qayting. SHu holatni yana bir bor takrorlaymiz. (takrorlanadi). Juda yaхshi, kiftlaringizni o’z holiga qo’ying- mayli ilgaridagidek erkin holatda tursin... Lekin, sizning ruhiy holatingiz nazaringizda ilgaridagidek emas: kiftlardagi charchoq, toliqish, horg’inlik, kuchli bezovtaliklar batamom bartaraf etilgan ko’rinadi- siz buni juda yaхshi his etib turibsiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling