2Баротов Шариф Рамазонович


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana24.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1227060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
baratov talimda ps xizmat

I L O V A L A R 
(Psiхologik хizmat хonasidan ayrim namunalar) 
Psiхotrening- .1 (qisqartirilgan matn) 
Mashg’ulot maqsadi: Ruhiy dam olish, oliy asab tizimini
mustahkamlash, hissiy toliqishni bartaraf etish, kayfiyatni 


87 
ko’tarish... (mashg’ulot psiхologik хizmat хonasida olib 
boriladi) 
Ko’krak qafasi bo’ylab 
Хotirjam bo’ling, bo’shashing. Maslahatim, faqat mening 
ishoram bilan harakat qiling. Nihoyatda, chuqur-chuqur nafas 
oling. YAna bir marotaba. CHuqur, chuqurroq, yanada chuqurroq 
nafas oling. Nafas oling va uni bir oz chiqarmasdan turing...
Marhamat, endi nafasingizni bemalol chiqarsangiz bo’ladi, 
bo’shashing. Engil-engil nafas oling, o’z normal holatingizga 
qayting... 
O’ylab ko’ringchi, chuqur nafas olganda ko’krak 
qafasingizda bir oz og’riq sezdingizmi? SHuningdek, chuqur 
nafas olganda o’zingizni bir oz engilroq his etdingizmi? YAna bir 
marotaba shularni eslang... Mashqni takrorlaymiz: chuqur nafas
oling, chuqurroq, yanada chuqurroq, butunlay chuqurroq... 
Zudlik bilan oldingi normal nafas olish va nafas chiqarish 
holatiga qayting. Bu safar e’tibor bergan bo’lsangiz ko’krak 
qafasingizdagi barcha og’riqlar yo’qoldi, o’zingizni bir muncha 
engilroq his eta boshlayapsiz. Ko’ngilda tugib qo’ygan yaхshi 
orzularingizni eslang. Yana, batafsilroq eslang... 
Endi oldingidek chuqurroq nafas oling, bo’shashing, 
o’zingizni normal holatda saqlab nafas oling... 
OYOQ KAFTLARI . 


88 
Kelinglar, oyoq osti kaftlariga bir e’tibor beraylik. Bilasizlar, 
butun asab faoliyati hujayralari oyoq osti kaftida joylashgan va u 
juda katta ijobiy imkoniyatlarga ega.
Ruhiy mashqni boshlashdan oldin ikki oyog’ingiz kaftini ham 
pol ustiga mahkam bosib qo’ying. Asta sekinlik bilan oyoq
barmoqlaringiz ustida turib oyoq poshnasini baland ko’taring!,
balandroq, yanada balandroq, mumkin qadar balandroq...!
Asta-sekin, yumshoqlik bilan poshnangizni tushiring- normal -
holatga qayting, bo’shashing... Eslang: oyoq barmoqlari uchida 
turganda miyangizda bir oz engillik paydo bo’ldi. Sizni qiynab 
qo’ygan ba’zi og’riqlar butun vujudingizni bir soniya
bo’lsa-da tark etgandek bo’ldi... Bo’shashing: ... hech narsani 
o’ylamang, hech narsani eslamang. 
Endigi mashq- ikkala oyog’ingizni polga qo’ying. Oyoq 
panjalarini baland ko’tarib poshna uchida turing. Poshnada turib 
oyoq panjalarini balandroq ko’taring, balandroq..., yanada 
balandroq...
Bo’shashing: normal holatga qayting. Eslang- o’zingizni bir 
oz yaхshi his etmoqdasiz, qolaversa poshna ustida turganda 
og’riqlar har tomonga tarqab ketdi. Miyangizdagi ba’zi 
shovqinlar sizni tark etmoqda. YUrak tomirlaringizni tez-tez urishi 
esa buni tasdiqlamoqda... 
Oyoqlarni tez-tez harakatga keltiring, ya’ni dam poshna 
uchida, dam oyoq panjasi uchida turishni bir necha marotaba
takrorlang: 1, 2, 3, va hokazo... 


89 
Endi, bo’shashing: o’zingizni erkin tuting, normal holatga 
qayting, hech narsani o’ylamang, hech narsani eslamang ... 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling