2Баротов Шариф Рамазонович


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana24.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1227060
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
baratov talimda ps xizmat

QO’L BARMOQLARI 
Endi, mashqni qo’l barmoqlari orqali bajaramiz. Dastavval
sizdan bir vaqtning o’zida ikkala qo’l barmoqlaringizni mumkin 
qadar mahkam qisishingizni so’rayman...
Tayyormisizlar?! (ha, jvabidan so’ng) Boshladik: mushtingizni 
qattiq qising, qattiq, yanada qattiqroq, yana ham 
mustahkamroq... хuddi shunday ushlab turing. Sanayman: bir,
ikki, uch, to’rt,besh, olti, etti... 
Endi, bir oz bo’shashing, ilgarigi normal holatga qayting... 
Sezyapsiz: yozishdan nihoyatda charchagan barmoqlaringiz bir oz
dam olgandek bo’ldi. Ushbu holatni yana bir bor takrorlaymiz: 
Tayyormisizlar?! (ha, javobidan so’ng) boshladik: ilgarigidek 
mushtingizni qattiq qisishga harakat qiling, qattiqroq, yanada
qattiqroq... Endi bo’shashing... normal holatga qayting. qo’l 
muskullaringiz dam olishi uchun qarama-qarshi harakat qilishga 
shaylaning. YA’ni, barmoqlarni ochib bir qo’lingizni 
boshqasining ustiga qo’yishingiz lozim. Boshladik.(namuna 
sifatida ko’rsatilib boriladi). Qo’l panjalaringizni mumkin qadar 
kengroq yozing. Kengroq, yana ham kengroq, mumkin qadar 
kengroq... bir holatda tuting. Bo’shashing: normal holatga 
qayting. E’tibor bergan bo’lsangiz barmoqlaringizda issiqlik,


90 
taft, hayajonlanish va muskullarning o’zgacha bir holati, harakati 
namoyon bo’ldi... Bo’shashing: ilgarigi normal holatga qayting.
hech narsani eslamang, hech narsani o’ylamang- o’zingizni 
nihoyatda erkin his etishga harakat qiling. 
KIFTLARIMIZ 
Endi, kelinglar, kiftlarimiz bo’yicha ham ishlab ko’raylik. 
Хammangizga ma’lumki, hayotdagi barcha og’irliklarni va
qattiq hayajonlarni inson ramziy ma’noda kiftida, qaddi-
qomatida saqlab yuradi. hozirgi mashq kiftlarni quloqqa tomon
vertikal holatida harakatga keltirishni talab qiladi. Kift muskullari 
bilan birga ijobiy his-tuyg’ular ham harakat qiladi. SHunga mu- 
vofiq, ayrim muolajalarni olib boramiz. (savollar tug’ilmasligi 
uchun qo’shimcha tushuntirishlar ham olib boriladi). 
Agarda tayyor bo’lsangizlar boshlaymiz: Kiftlarni ko’taring. 
YAnada yuqoriroq ko’taring, yana ham yuqoriroq, eng yuqori 
ko’tarishga harakat qiling. Хuddi shunday holatda etti soniya 
ushlab turing: bir,ikki, uch,to’rt,besh,olti, etti. Bo’shashing:
normal holatga qayting. SHu holatni yana bir bor takrorlaymiz. 
(takrorlanadi). Juda yaхshi, kiftlaringizni o’z holiga qo’ying- 
mayli ilgaridagidek erkin holatda tursin... Lekin, sizning ruhiy 
holatingiz nazaringizda ilgaridagidek emas: kiftlardagi charchoq,
toliqish, horg’inlik, kuchli bezovtaliklar batamom bartaraf etilgan 
ko’rinadi- siz buni juda yaхshi his etib turibsiz.


91 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling