2–sho’ba ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturi talablari orqali o‘qitish metodologiyasini takomillantirish


Download 1.85 Mb.
bet50/78
Sana21.07.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1661534
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
2-sho\'ba B.Umarov 2023 тахрир турт

Muhokama va natijalar. PIRLS ga tizimli tayyorlashda boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish, fakultativ mashg’ulotlar, mustahkamlash, takrorlash darslari hamda to’garaklar muhim ahamiyatga ega. Bunda o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, voqealarni obrazli tasavvur etishi, mustaqil fikrlashi, tafakkurining rivojlantirish muhim hisoblanadi. Albatta, bu ishning muvafaqqiyatli amalga oshishida oilaning ham o’rni bor. Masalan: oilada ota– ona faqatgina bolani moddiy jihatdan ta’minlashni emas balki ma’naviy jihatdan ham kamol topishi uchun sharoit yaratishi kerak. Uyda alohida kichkinagina bo’lsa ham, farzandlar yoshiga mos kitoblar to’plami, ularni birgalikda o’qilishini nazorat qilish lozim. Oilada ota–onalar kitob o’qisa bolalar ham ularga ergashib kitob o’qishadi. Bolani maktabdan tashqari vaqtini mazmunli o’tkazishi uchun hamda jismoniy sog’lom rivojlanishi uchun sport tugaraklariga biriktirish lozim. Sport turlarining barchasi o’sib kelayotgan barkamol yosh avlod farzandlar uchun foydali ammo shaxmat, shashka aqliy salohiyatini oshiradi, mustaqil qaror qabul qilishga, maqsadga intilishga yordam beradi.
PIRLS boshlang’ich sinf o’quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o’qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya’ni “ badiiy tajriba orttirish”, “axborotni olish va undan foydalanish” ko`nikmasini shakllantirishga qaratiladi. Ya`ni:
– diqqatni jamlash va aniq ko’rsatilgan ma’lumotni topish;
– to’g’ridan –to’g’ri xulosalar chiqarish;
– kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish;
– g’oyalar va axborotni talqin qilish va uyg’unlashtirish.
PIRLS test tizmini o’quvchilarga tushuntirish jarayonida barchasining shaxs sifatida mustaqil fikrini eshitib, tushunmagan qismini o’qituvchilar bosiqlik bilan tinglab , tushuntirishlari sabr va tolerantlikni talab etadi.
Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O’zbekiston o’quvchilari yoshlariga PIRLS baholash tizimida yuqori muvafaqqiyatli natijani qo’lga kiritishi uchun shu qatorda barcha jahon baholash test tizimlariga qatnashishi uchun sharoitlar keng ko’lamda yaratilgan . Faqatgina berilgan resurslardan unumli foydalanish o’qishga bo’lgan muhabbatni kuchaytirish, o’quvchilarni komil, yetuk ,ilmiy salohiyatga boy qilib tarbiyalash bugungi kunning asosiy talablaridan biridir.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling