BOSHLANG`ICH SINF O’QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH TIZIMIGA TAYYORLASH
Abdullayeva Dildora Ilxomjon qizi
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
Dadabolayeva Oqila Saidaliyevna
Andijon viloyati 31–maktab o`qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolamda umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligi, matnni o’qib tushunish darajasini baholashga mo’ljallangan PIRlS xalqaro tizimiga tayyorlash masalalari haqida ma’limotlar berilgan . Shuningdek bu borada amalga oshirish kerak bo’lgan ishlar ham ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so’zlar: boshlang’ich ta’lim, xalqaro baholash dasturlari , PIRLS, o’qish savodxonligi, sport , matnni o’qib tushunish, xalqaro tajribalar, ota–ona .
ABSTRACT
This article provides information on the issues of preparation of reading literacy of elementary school students of general secondary schools to the PIRLS international system.
Key words: Elementary Education, International assessment Programs, Reading literacy, Sports, Reading Comprehension, International Experiences, Parents.
Kirish. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018–yil 8– dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora– tadbirlari to’grisida”gi 997–sonli qarori qa’bul qilingandan so’ng Ta’lim tizimida yangi davr boshlandi. Ushbu qaror O’zbekistonni xalqaro baholash dasturlarida o’z ishtirokini boshlashi uchun asos bo’lib hisoblanadi. So’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga bilim va zamonaviy texnologiyalar orqali erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar hamda yetuk mutaxassislarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z navbatida boshlang’ich sinfdan o’quvchilarni bilim olishga bo’lgan qiziqishi hamda o’qish savodxonligini oshirish va o’qituvchilarning har tomonlama ta’lim–tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Ta’lim sifatini samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg’or tajribalarni o’rganish, xalqaro standart talablarning joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |