2–sho’ba ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturi talablari orqali o‘qitish metodologiyasini takomillantirish


Download 1.85 Mb.
bet45/78
Sana21.07.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1661534
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
Bog'liq
2-sho\'ba B.Umarov 2023 тахрир турт

Xodiyeva Nilufar Olim qizi,
TDPU magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish sifatini baholash indikatorlarini takomillashtirish va boshqaruv texnologiyasi qalamga olingan. Bugungi ilmiy tadqiqotchilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ta’lim maqsadlariga erishilgani monitoringini tashkil qilish, takomillashtirish va uning ko‘rsatkich(indikator)larini belgilash bo‘yicha zamonaviy model va texnologiyalarni ishlab chiqish ekani ta’kidlangan.
Kalit so‘z va iboralar: oliy ta’lim muassasalari, chet tillarini o‘qitish, sifatni baholash, indikatorlar, boshqaruv texnologiyasi, monitoring, indikatorlar, zamonaviy model, texnologiyalar.
ANNOTATION
The article describes the improvement of indicators of the quality of teaching foreign languages in higher education institutions and management technology. It was noted that one of the most important tasks facing today's scientific researchers is the development of modern models and technologies for organizing and improving monitoring of the achievement of educational goals and determining its indicators.
Key words and phrases: higher education institutions, teaching foreign languages, quality assessment, indicators, management technology, monitoring, indicators, modern model, technologies.

Jahon miqyosida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati, ya’ni sifatli kadrlar tayyorlash masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. YUNESKO tomonidan qabul qilingan 2030–yilgacha xalqaro ta’lim konsepsiyasida “Butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish” dolzarb vazifa sifatida belgilangan. Xorijiy davlatlarda aksariyat oliy ta’lim muassasalarining davlat tasarrufidan chiqarilishi va ular avtonomiyasining kengayishi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, oliy ta’limning globallashuvi ta’lim sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.


Dunyoda barcha ta’lim yo‘nalishlarida chet tillarni o‘qitish sifatini baholash, sifat ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish ta’lim sohasining asosiy masalalaridan biriga aylangan deyish o‘rinlidir. Ta’lim samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lg‘usi mutaxassislarning bilim darajasi, kasbiy kompitentligini rivojlantirish, kasbga bo‘lgan e’tibor va ularni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lib yetishishlari uchun zaruriy shartsharoitlar yaratib berish va shuning barobarida kadrlar bilimini baholash, ta’lim muassasalarining o‘qitish faoliyatini baholash me’zonlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Respublikamizda bo‘lajak kadrlar faoliyati samaradorligi va raqobatbardoshliligi ularning xorijiy tillarni mukammal egallashi va o‘z faoliyati davomida uzviy foydalanishi bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda yurtimizda ro‘y berayotgan tezkor o‘zgarishlar, rivojlanish davrida har bir nofilologik oliy ta’lim muassasasini bitirayotgan yosh mutaxassis o‘z faoliyatini hoh tadbirkor, tadqiqotchi olim, tibbiyot xodimi, yoki o‘qituvchimurabbiy bo‘lsin xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va ular bilan muloqot faoliyatini olib bormasdan rivojlantirish mushkul ekanligini yaxshi anglaydi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” kabi muhim vazifalar belgilandi
Oliy ta’lim sifatini loyihalash, ta’lim sifatini rejalashtirish va nazorat qilish, innovatsiyalarni joriy etish tizimini takomillashtirishga doir tadqiqotlar respublikamiz olimlari R.Axlidinov, A.Abduqodirov, N.Azizxo‘jayeva, T.Abduxaliqov, A.Bekmuratov, U.Begimqulov, M.Vahobov, R.Jo‘rayev, Y.Ismadiyarov, U.Inoyatov, R.Isyanov, J.Yo‘ldoshev, Sh.Kurbanov, X.Rashidov, E.Seytxalilov, Sh.Sharipov, M.Yuldashev, T.Shaymardonov, M.Fayziyeva va boshq. tomonidan amalga oshirilgan.
Oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholash masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etgan bo‘lib, MDH davlatlari olimlaridan M.P.Afanasev, IK.Keyman, A.I.Sevruk, A.I. Subetto, V.A.Selezneva, Y.P.Adler, V.Kachalov, A. M. Novikov, D.A.Novikov, T.V.Terenteva, M.N. Kulakova va boshqalar) va xorijiy olimlar (P.Yakobson, L.Harvey, D.Timmerman, YE. V. Balatsky, J.Bolton, F. Bukstein va boshqalarning ko‘plab asarlarida o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Ta’lim sifati monitoringini modellashtirish, ta’lim sifatini baholashning samarali metodlari va texnologiyalari Vinsent Greniy, Tomay Kellagan, Paulo Santiago, Thomas Radinger va Claire Shewbridge kabi uzoq xorijlik olimlarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Shu bilan birga, oliy ta’lim sifatini ta’minlashda kvalimetrik ko‘rsatkichlar asosida professor–o‘qituvchilarning individual–kasbiy tayyorgarligini aniqlash (logistik) modelini takomillashtirish oliy ta’lim sifati monitoringining tashkiliy mexanizmi, ta’lim muhitini tashkil etishga qo‘yiladigan valeologik va ergonomik talablarni aniqlashtirish, oliy ta’lim sifati monitoringi diagnostik texnologiyalarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Matn bilan ishlash ko‘nikmasini nafaqat savodxon shaxsni, uning ijtimoiy–shaxsiy rivojlanishini ta’minlovchi umummadaniy kompetensiyalarni shakllantirishning asosi sifatida qarash lozim. Kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan matn bilan ishlashni informatsion kompetentlikning komponenti sifatida talqin qilish o‘rinli bo‘ladi.
Matn bilan ishlashga yo‘naltirilgan faoliyat o‘zida verbal va noverbal intellektual operatsiyalarga asoslanuvchi kommunikatsiya jarayonida subyektlarning kommunikativ–bilish faoliyati aks etadi. Mazkur faoliyat turi nofilogik ta’lim yo‘nalishlari talabalarining bilish ehtiyojlarini, boshqa qishilar bilan birgalikdagi harakatini hamda bevosita va bilvosita muloqot jarayonida o‘zini shaxs sifatida namoyon etishga yo‘naltirilganlik bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Matn bilan ishlash faoliyati tuzilmasida odatda turli janr va uslubdagi matnni idrok etish, tushunish va tahlil etish mexanizmlari ajratib ko‘rsatiladi. Matnni idrok etish va matn yaratishdan tashqari zamonaviy ilmiy izlanishlarda matn bilan ishlash faoliyatining boshqa turlari ham tadqiq etilgan. Masalan, N.S.Bolotnova matn bilan ishlashni tahliliy faoliyatning alohida turi sifatida talqin qilgan.
Yuqoridagi tahlillardan ma’lum bo‘ladiki, nofilologik ta’lim yo‘nalishlari talabalarining matnni tushunish malakasini rivojlantirish maqsadga yo‘naltirilgan murakkab jarayoni bo‘lib, ingliz tili darslarida matn bilan ishlashga doir interfaol metodlardan foydalanish mazkur masala yechimi uchun xizmat qilishi mumkin.
Nofilogik ta’lim yo‘nalishlari talabalarining ingliz tilini o‘rgatish, ularning ingliz tilini mukammal egallashlari, o‘z nutqini bayon qila olish ko‘nikmalarini shakllantirishda ta’lim sifati – ta’lim natijalarining meyoriy talablar, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarga mos kelishi, degan xulosaga kelindi.
Bugungi kunda ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ta’lim maqsadlariga erishilgani monitoringini tashkil qilish, takomillashtirish va uning ko‘rsatkich(indikator)larini belgilash bo‘yicha zamonaviy model va texnologiyalarni ishlab chiqish, berilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilganlik darajasi, ularni amaliyotga joriy qilish, o‘z mehnat yoki pedagogik faoliyati davomida qo‘llay olishni kuzatish va tahlil qilish orqali monitoringni shakllantirishdan iborat ekani ta’kidlangan.
Shu o‘rinda, ta’lim berish, o‘qitishdagi sifat tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak, bu tushuncha turli toifa vakillari uchun turli mazmunni ifodalaydi:
“Ta’lim sifati” tushunchasi. O‘qituvchilar uchun “Sifat” – sifatli o‘quv dasturlarining mavjudligi, o‘quv materiallari va yordamchi materiallarning mavjudligi va normal mehnat sharoitlari.
Talabalar ko‘pincha sifatni o‘quv muassasasi ichidagi iqlim bilan bog‘laydi.
Talabalar ota–onalari esa uni individual rivojlanish bilan bog‘lashadi, talabalarning ta’limdagi, ish jarayonidagi muvaffaqiyatlari.
Ish beruvchilar ta’lim sifatini faol turmush tarzi, bitiruvchilarning bilimlari, ko‘nikmalari va ko‘nikmalari bilan muvofiqlashtiradi, ularga optimal qarorlar qabul qilishga imkon beradi va hokazo.
K.P.Mohananning ta’kidalashicha, oliy ta’limda o‘qitish quyidagi xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi: o‘qitish – bu talabalarga dars berish faoliyati, ta’lim – bu ta’lim oluvchilarga bilimlarni uzatish faoliyati va o‘qitish – o‘quvchilarga nimadir o‘rgatish. O‘qitish jarayoni va bilimlarni uzatish jarayoni o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Biroq, o‘qitish faoliyati o‘rganishga olib kelmasa, hech qanday ta’lim berilmagan hisoblanadi. Xuddi shunday, agar ta’lim sifatli bo‘lmasa, ta’lim muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ingliz tilining kommunikativ kompetensiyasini yanada muvaffaqiyatli shakllantirish uchun o‘qituvchi rahbarligida o‘quv jarayonini maqbulligini ta’minlash va mustaqil o‘rganish jarayoni talab etiladi. Shu munosabat bilan deyarli barcha tamoyillarda “maqbullik” tushunchasi yoki u bilan bog‘liq jumlalar qo‘llanilgan:
auditoriya mashg‘ulotlarini mustaqil o‘rganish bilan maqbul uyg‘unlashtirish tamoyili.
talabalarni o‘quv individualligini maqbulligini ta’minlash tamoyili.
talabalarning til bo‘yicha turli bosqichli tayyorgarligini hisobga olish tamoyili.
akademik guruhlarda talabalar sonini hisobga olish tamoyili.
Ta’lim mazmuni komponentining ingliz tili kommunikativ kompetensiyasining tuzilishi bilan maqbul o‘zaro bog‘liqligi tamoyili.
Auditoriyada o‘qitish va mustaqil o‘rganishning maqbul uyg‘unlashtirish tamoyili ingliz tili kommunikativ kompetensiyasini nofilologiktalabalar tomonidan o‘zlashtirilishi jarayonini mustaqil o‘rganishga yo‘naltiradi. Biroq shu bilan birga, auditoriya va mustaqil ishlarning qanday nisbati maqbul deb hisoblash mumkinligini aniqlashtirishni taqozo etadi.
Oliy ta’lim muassasalarida 2021–2022 o‘quv yilidan talabalarning auditoriyadagi mashg‘ulotlari va mustaqil ishlarini hisoblashning 50% ga 50% modeli qabul qilindi. Bungacha barcha nofilologik yo‘nalishlar uchun ingliz tilini 356 soat hajmida o‘qitiladi: 200 soat (58 foiz) auditoriya mashg‘ulotlari, 156 (42 foiz) soat mustaqil ta’lim.
Bir qator mualliflarning asarlarida keltirilgan mustaqil ish va ingliz tilini mustaqil o‘rganish muammolari bo‘yicha tadqiqotlar natijalarini hisobga olgan holda shunday xulosaga keldikki, maxsus tashkil etilgan ta’lim (o‘qituvchi rahbarligidagi auditoriya mashg‘ulotlari) va mustaqil o‘rganish o‘rtasidagi o‘zgaruvchan muvozanat an’anaviy auditoriyada o‘qitish tendensiyasining aksidir va buning natijasida mustaqil o‘rganish nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi qiyinlashadi.
Ingliz tilini mustaqil o‘rganish (“independent learners”) kompetensiyasi talabalar mustaqil ravishda o‘z oldiga maqsadlar qo‘yadi, ularni amalga oshirish taktikasi va strategiyasini ishlab chiqadi, oraliq va yakuniy o‘z–o‘zini boshqarishni amalga oshira olish darajasiga yetganda shakllanadi va rivojlanadi.
Talabalarning o‘quv individualligining maqbulligini ta’minlash tamoyili.
“Talaba individualligi” tushunchasi uzoq vaqtdan beri va uzviy ravishda ilmiy–pedagogik jihatdan qo‘llanilib, shu jumladan chet tillari va madaniyatlarini o‘qitish metodikasiga kirib kelgan. Hozirgi vaqtda talabalarning individualligi muammosi asosan psixologik va didaktik jihatldan qayta ko‘rib chiqilmoqda. Shunday qilib, individuallik – bu yangi bilimlarni egallash va uni har xil vaziyatlarda ijodkorlik bilan shu kabi ishga intilish bilan qo‘llash qobiliyatini birlashtirgan muhim xususiyatdir.
O‘quv individualligining metodik komponenti maqbullikni ta’minlash tamoyili bilan tartibga solinadi, chunki talabalar o‘z ta’lim ehtiyojlarini aniqlashlari, o‘quv vazifalarini belgilashlari, o‘zining o‘quvbilish jarayonlarini boshqarishlari kerak. Bu esa, ta’lim vositalari va usullarini tanlashni, o‘z–o‘zini baholashni, o‘quv natijalari va yutuqlarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Ikki darajali elektron darslik – bu barcha o‘quv materiallarini tizimlashtiradigan A2, A2+ darajalarining chet tili kommunikativ kompetensiyasini to‘liq shakllanishini ta’minlaydigan ko‘p o‘lchovli dasturiy taminot to‘plami hisoblanadi.
Ikki darajali elektron darslikni ishlab chiqishda biz darslikdagi konseptual qoidalarini amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuch hamda samarali va maqsadga muvofiq o‘quv jarayonini tashkil etish shartiga aylangan maqbul metodika tamoyillariga asoslandik. Chet tili kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning uslubiy vositasi sifatida elektron darslikni tanlash tabiiydir. Elektron darslik – bu o‘quv jarayonini individuallashtirish, shuningdek, unga faollikni ta’minlash vositasi hisoblanadi. Bu biz ishlab chiqqan maqbul metodika tamoyillariga mos keladi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarining interfaol hususiyati auditoriya mashg‘ulotlarini mustaqil o‘qish bilan maqbul ko‘rinishda birlashishi, talabalar faolligini o‘quv soatlari hajmi, chet tili kommunikativ kompetensiyasining shakllanish darajasiga kabilarga qarab o‘zgarishi uchun sharoit yaratadi.
Shuningdek, elektron darslik talabalarning mustaqilligini oshiradi, bu talabalarning o‘quv avtonomiyasi maqbulligini ta’minlash tamoyili bilan bog‘liq. Talabalarda mustaqil o‘qib–o‘rganish qobiliyati ishlab chiqilgan darslikda o‘z–o‘zini boshqarish asosida amalga oshiriladi. Talabalarning turli darajadagi tilga oid tayyorgarligini hisobga olish tamoyili o‘zlashtiralayotgan materialdagi bo‘shliqlarni kamaytirish va chet tili kommunikativ kompetensiyasining alohida komponentlarini moslashtirish uchun darslik yordamida guruhda o‘qitish va individual mustaqil o‘rganish yo‘lini tanlash imkoniyatida aks etadi, bu shuningdek ta’lim mazmuni komponentlarining maqbul nisbati tamoyili xorijiy til kommunikativ kompetensiyasi tuzilishi bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Oliy ta’lim muassasalarining nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarni o‘zga tilga xos kommunikativ kompetensiyalarning rivojlanganligini o‘z sohalarining terminlarini bilishga bo‘lgan qiziqishlarini, bilim samaradorligini oshirish, hozirgi zamon fan va texnikasini o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirish, ularni ijodkorlikka undash, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash malakasini hosil qilishda innovatsion g‘oyalarni o‘qitish jarayoniga tadbiq etish muhimdir.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling