3- amaliy mashg`ulot Mavzu


Kvant sonlari. Elektron pog’onalarga elektronlarning joylashishi


Download 179 Kb.
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi179 Kb.
#1466573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AMALIY №3

Kvant sonlari. Elektron pog’onalarga elektronlarning joylashishi.
Atom elektroneytral sistema bo‘lib, u asosan musbat zaryadli yadrodan va yadro atrofida harakat qiladigan manfiy zaryadli elektronlardan iborat.
Elektroneytral atomdagi protonlar soni elektronlar soniga teng bo‘ladi.
Elektronlar yadro atrofida energetik pog‘onalarda harakatlanadi.
Energetik pog‘onalar pog‘onachalarga, pog‘onachalar energetik yacheykalarga bo‘linadi.
Elektronlarning harakati to‘rtta kvant soni bilan xarakterlanadi.
1. Bosh kvant soni – n 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10·····
K L M N O P Q R S T·····
Har qaysi energetik pog‘onadagi elektronlar soni 2n2 formula bilan topiladi.
n=1 bo‘lganda : 2·12= 2 ta elektron
n=2 bo‘lganda : 2·22= 8 ta elektron
n=3 bo‘lganda : 2·32= 18 ta elektron
n=4 bo‘lganda : 2·42= 32 ta elektron
2. Orbital kvant soni – L
Orbital kvant soni energetik pog‘onachalardagi elektronlarning energiyasini yoki elektron «bulut»larning shaklini ifodalaydi. Orbital kvant sonining qiymati
0 dan n–1 gacha bo‘ladi.
n=1 bo‘lganda L=0 n=2 bo‘lganda L=0,1
n=3 bo‘lganda L=0,1,2, va · · · n va L orsidagi bog‘lanish.

N
Bosh kvant

1

2

3

4

L
Orbital kvant

0



0

1

0

1

2

0

1

2

3

L ni harflarda yozilishi

S

S

P

S

P

D

S

P

D

F

N va L ni birgalikda yozilishi

1s

2s

2p

3s

3p

3d

4s

4p

4d

4f

Pog‘onachalardagi elektronlar soni quydagi formula bilan topiladi: 2(2L+1)
3. Magnit kvant soni –m
Magnit kvant soni elektronlarning atomdagi holatini yoki elektron «bulut»larning magnit maydoniga qanday vaziyatda bo‘lishini ifodalaydi.
Magnit kvant sonining son qiymati +L dan –L oralig‘ida bo‘ladi.
L=0 bo‘lganda m=0 bo‘ladi
L=1 bo‘lganda m=+1,0,-1 bo‘ladi.
L=2 bo‘lganda m=+2,+1,0,-1,-2 bo‘ladi
 Energetik pog‘onadagi energetik yacheykalar soni n2 bilan aniqlanadi.
Masalan, n=4 bo‘lganda, 42=16 ta yacheyka bo‘ladi.
4. Spin kvant soni – S
Spin kvant soni elektronni o‘z o‘qi atrofida aylanishini ifodalaydi. Uning son
qiymati bitta elektron uchun ga, ikkita elektron uchun va ga teng
bo‘ladi.
 Bir atomda to‘rttala kvant sonlarining qiymati bir xil bo‘lgan ikkita elektron
bo‘lishi mumkin emas. n, L, m kvant sonlari bir xil bo‘lgan ikkita elektron bo‘lsa S
spinlari qarama –qarshi bo‘lishi bilan bir-biridan albatta farq qiladi. ().
 Pog‘onachalardagi bo‘sh yacheykalar elektronlar bilan avvalo bittadan maksimal
darajada to‘ladi, so‘ngra ortib qolgan elektronlar tartib bilan juftlasha boshlaydi.
 Energetik pog‘ona va pog‘onachalarga elektronlarni joylashib borish tartibi
quyidagicha bo‘ladi.

1-misol. Tartib raqami 15 va 27 bo‘lgan elementning elektron formulasini elektronlarni orbitallar bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsating.

Yechish: 1) Tartib raqami 15 bo‘lgan element fosfor – P.
1s2 2s2 2p6 3s2 3p3 3d0
Elementning elektron formulasini ihcham holda quyidagicha yoziladi: [Ne] 3s2 3p3
Elektronlarni orbitallarda taqsimlanishi:

2) Tartib raqami 27 bo‘lgan element kobalt – Co.
1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d7 4s2
Sodda ko’rinishi: [Ar] 3d7 4s2

Misol: Atomlarning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi energetik pog‘onalarida maksimal nechta elektron bo‘lishi mumkin?
Yechish: Har bir pog‘onadagi elektronlarning maksimal soni formula yordamida topiladi: 1-pog‘ona: N=212=2 ta; 2-pog‘ona: N=2·22=8 ta; 3-pog‘ona: N=2·32=18 ta; 4-pog‘ona: N=2·42=32 ta.

Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling