Davriy qonun. Davriy sistema.
Davriy jadvalda elementlarning xossalari, asosan, quyidagi tartibda o‘zgarib boradi:
Xossalar
|
Guruhlar bo‘yicha yuqoridan pastga tomon
|
Davrlar bo‘yicha chapdan o‘ngga tomon
|
Susayadi__Metallmaslik'>Metallik
|
Kuchayadi
|
Susayadi
|
Metallmaslik
|
Susayadi
|
Kuchayadi
|
Qaytaruvchilik
|
Kuchayadi
|
Susayadi
|
Oksidlovchilik
|
Susayadi
|
Kuchayadi
|
Elektronga moyillik
|
Susayadi
|
Kuchayadi
|
Ortadi'>Ionlanish energiyasi
|
Kamayadi
|
Ortadi
|
Nisbiy elektromanfiylik
|
Kamayadi
|
Ortadi
|
Atom radiusi
|
Ortadi
|
Kamayadi
|
e) Be, B, C, N, O, F qatorida elementlar oddiy moddalarining a) metalligi; b) oksidlovchiligi; c) elektronga moyilligi qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kamayadi; b va c - kuchayadi).
f) B2O3, Al2O3, Ga2O3, In2O3 oksidlarning a) asoslik va b) kislotalik xossalari qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kuchayadi; b - susayadi).
g) 33 raqamli element qaysi a) davr va b) guruhda joylashgan? (Javob: a - IV; b - V).
i) BH3, CH4, NH3, H2O, HF gidridlarning a) kislotaligi va b) barqarorligi qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kuchayadi; b - kamayadi).
k) HF, HCl, HBr, HJ qatorida gidridlarning a) kislotaligi va b) barqarorligi qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kuchayadi; b - kamayadi). l) Uglerod elementining davriy sistemadagi o‘rniga qarab, uning yuqori oksidi va gidridining formulalarini keltiring, ularning xossalarini tushuntiring. m) Tartib raqami 17 bo‘lgan elementning yuqori oksidi, gidridining formulalarini keltiring, xossalarini tushuntiring.
n) EO2 formulaga javob beradigan elementning tarkibidagi kislorodning massa ulushi 50 % bo‘lsa, bu qaysi element ekanligini toping. (Javob: oltingugurt).
Do'stlaringiz bilan baham: |