3- amaliy mashg‘ulot


Davriy sistema va uning tuzilishi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana04.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1165446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Amaliy mashg\'ulot (1) (1)

Davriy sistema va uning tuzilishi D. I. Mendeleev davriy sistemaning birinchi 
variantini 1869 yilda tuzdi. Bu sistemalda 63 ta element bulib, ular 19 ta gorizontal va 6 ta vertikal 
katorga joylashtirilgan edi. Bu variantda uxshash elementlar gorizontal katorlarga joylashgan bulib, 
4 ta element uchun bush joy koldirilgan edi. D. I. Mendeleev ularning mavjudligini, atom 
massalarini va xossalarini oldindan aytib berdi. Bu varian uzun davrli variant xisoblanadi. 
1871 yilda D.I.Mendeleev yaratgan davriy sistemaning ikkinchi varianti elon kilindi. 
Bu varianda uzaro uxshash elementlar vertikal ka torlarga joylashgan. U 1 variantning 90

ga 
burilgan kuzgudagi aksi edi. II.variant kiska davrli variant xisoblanadi. Unda 8 ta vertikal, 10 ta 
gorizontal kator bor edi. Bu variantga asoslanib D.I.Mendeleev urangacha 11 ta elementning va 
urandan keyin bir necha element kashf etilishini bashorat kildi. D.I.Mendeleev bitta vertikal katorga 
joylashgan uxshash elementlarni gruppa deb, xar kaysi ishkoriy metalldan galogengacha bulgan 
elementlar katorini davr deb atadi. 
D.I.Mendeleev dastlab taklif kilgan davriy sistemaga keyinchalik (uning uzi ishtirokida 
va u vafot etganidan keyin) birmuncha uzgartirishlar kiritilib, davriy sistemaning xozirgi varianti 
tuzildi. U 7 ta davr va 8 ta gruppadan iborat. 
Xozir davriy sistemada 118 ta element bor I, II, III davrlarning xar biri fakat bir katordan 
tuzilgan bulib, ularni kichik davrlar, IV,V,VI va VII davrlar katta davrlar deyiladi. IV, V va VI 
davrlarning xar kaysisi ikki katordan tuzilgan, VII davr tugallanmagan davrdir. Birinchi davrdan 
boshka xamma davrlar ishkoriy metall bilan boshlanib nodir gaz bilan tugaydi. 
Asosiy guruxcha elementlari kimyoviy xossalari jixatidan yonaki guruxcha 
elementlaridan fark kiladi. Buning VII - gurux elementlarida yakol kurish mumkin. Bu 
guruxchaning yonaki guruxcha elementlari (marganets, texnetsiy, reniy) xakikiy metallar, bosh 
guruxcha elementlari esa metallmaslardan tashkil topgan. 
D. I. Mendeleev elementlarning kimyoviy xossalari, chunonchi ularning oksidlari va 
gidroksidlari tarkib (formula) lariga suyanib, barcha elementlarni guruxlarga ajratdi. Masalan, 
oltinchi guruxga joylashtirilgan oltingugurtning eng yukori valentli oksidining formulasi SO
3
; D.I. 
Mendeleev usha guruxga xromni xam kiritdi, chunki xrom oksidning formulasi CrO
3
dir. Bundan 
tashkari bu ikki element gidroksidlarining kimyoviy xossalari xam bir-biriga uxshaydi: H
2
SO
4
xam 
H
2
CrO
4
xam kislota xam kuchli oksidlovchi xossalarga ega. II - III davrdagi elementlarni 
Mendeleev tipik elementlar deb atadi. 
VIII guruxning asosiy guruxchasi nodir gazlar, yonaki guruxchasini metall (temir, koblt, 
nikel, ruteniy, rodiy, palladiy, osmiy, iridiy, platina) lar tashkil etadi. Xar kaysi gurux rakami usha 
guruxni tashkil etuvchi elementlarning kislorodga nisbatan maksimal valentligini kursatadi. Lekin 
mis guruxchasida va VIII, VII gurux elementlarida bu koidadan chetlanish xollari ruy beradi, 
chunonchi, mis bir va ikki valentli buladi, oltinning valentligi uchga etadi; VIII guruxning yonaki 
guruxcha elementlaridan fakat osmiy va ruteniy 8 valentlik buladi. VII gurux elementi ftor fakat bir 
valentli bula oladi; boshka galogenlari kislorodga nisbatan valentligi 7 bulishi mumkin. Asosiy 
guruxcha elementlari vodrodga nisbatan xam valentlik namoyon kiladi. IV, V, VI va VII gurux 
elementlari vodorodga nisbatan valentligi IV guruxdan VII guruxga utgan sayin 4 dan 1 gacha 
pasayadi; ularning kislorodga nisbatan vadentligi esa 4 dan 7 ga kadar ortadi. Xar kaysi guruxda 
metallmasning kislorodga nisbatan valentligi bilan vodorodga nisbatan valentligi yigindisi 8 ga teng 
(masalan, VI guruppa elementi selenning kislorodga nisbatan valentligi 6, vodrordga nisbatan 
valentligi 2, ularning yigindisi 8 dir).

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling