Metall bog‘lanish. Metallarning kristall panjaralari tugunlarida “metall atom-ioni”
joylangan. Bu “atom-ion”lar panjara hosil bo‘lishida har bir metall atomidan bir yoki bir necha
elektronlarning ajralib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Harakatchan holdagi bu elektronlar esa
huddi gaz molekulalari singari kristall panjaraning bo‘shliqlarida joylashgan. Kristall panjarada
uning tugunlaridagi metall atom ionlari bilan elektronlar o‘rtasida yuzaga keladigan
tortishuv kuchlari
metall bog‘lanish deyiladi
.
Metall bog‘lanish kuchli bog‘lanish bo‘lib, u asosan barcha metallarning xossalarini
belgilab beradi. Metallarda oson harakatlanuvchi elektronlar oqimi borligi uchun ular issiqlikni,
elektr tokini yaxshi o‘tkazadilar. Metallarning yaltiroqligi, turli rangda bo‘lishi ham ularning
elektron tuzilishi bilan tushuntiriladi.
Koordinatsion bog‘lanish. Kovalent bog‘lanishni o‘zaro biriktiruvchi atomlardagi faqat
birining elektron juftlari vujudga keltirish ham mumkin, masalan ammoniy NH
4
+
ionining hosil
bo‘lishini kuraylik:
NH
3
+H
+
NH
4
+
Ammiak molekulasida azot bo‘sh elektron juftigi ega.
Vodorod ionida esa 19 orbital-energetik yacheyka bo‘sh N
+1
NH
3
bilan N
+
o‘zaro
birikishida azotdagi bir juft elektron azot va vodorod atomlari uchun umumiy bo‘lib qoladi,
natijada tarkibida turtta juft elektron bushab NH
4
+
ioni hosil bo‘ladi.
Kimyoviy bog‘lanish vujudga kelishi uchun, o‘zining elektron juftini beradigan atom yoki
ion donor, bu elektron juftni o‘zini bush orbitalarini tuldirish uchun foydalangan atom yoki ion
akseptor deyiladi. SHuning uchun ham bunday bog‘lanishni donor-akseptor yoki koordinatsion
Do'stlaringiz bilan baham: |