7-misol. Tartib nomeri z= 49 ga teng bo‘lgan element davriy jadvalning qaysi davri va
qaysi gruppasida joylashganini aniqlang.
Echish: Birinchi bu elementning elektron konfiguratsiyasini topamiz.
1s
2
2s
2
2p
6
3s
2
3p
6
4s
2
3d
10
4p
6
5s
2
4d
10
5p
1
Bu elektron formula orqali bu elementning davriy jadvaldagi o‘rnini va qaysi elementlar
oilasiga taalluqliligini aniqlaymiz. Bu element p-oilaga taalluqli. CHunki uning oxirgi elektroni
p-pog‘onachada joylashgan. Bu element davriy jadvalning V davrida joylashgan. CHunki uning
elektronlari 5 ta pog‘onacha bo‘ylab tarqalgan. Bu element davriy jadvalning 3-gruppasining
bosh gruppachasida joylashgan. CHunki uning eng tashqi pog‘onalarida 3 ta elektron bor.
8-misol. Tartib nomeri 74 bo‘lgan elementning elektron formulasiga asoslanib, uning
asosiy kimyoviy xossalarini aytib bering.
Echish: Davriy jadvalda tartib nomeri 74 bo‘lgan element. Energiya shkalasiga asosan
uning elektron formulasi quyidagicha:
1s
2
2s
2
2p
6
3s
2
3p
6
4s
2
3d
10
4p
6
5s
2
4d
10
5p
6
6s
2
4f
14
5d
4
Elektron pog‘onaga muvofiq volframning tashqi energetik pog‘onasida 2 ta elektron bor.
Volfram faqat o‘zining ikkita elektronini emas, balki tashqi pog‘onadan oldingi
pog‘onasidagi to‘rtta elektronini ham berib 6 valentli bo‘lishi mumkin. Uning yuqori oksidi
WO
3
- kislotali oksid. H
2
WO
4
volframat kislotaga muvofiq keladi. Uning tuzlari volframatlar
deb ataladi, masalan K
2
WO
4
- kaliy volframat.
9-misol. Davriy jadvalda tartib nomeri 11 bo‘lgan element atomidagi energetik
yacheykalarda elektronlarning taqsimlanish sxemasini ko‘rsating.
Echish: Davriy jadvalda 11-element natriy. Uning elektronlari quyidagicha joylashgan.
1s
2
2s
2
2p
6
3s
1
bo‘ladi. n =1 va l = 0 bo‘lgani uchun unda bitta pog‘onacha bor. Har
qaysi pog‘onachadagi energetik yacheykalar soni (2l+1) ga teng bo‘lganligi sababli
pog‘onachada bitta energetik yacheyka bo‘ladi.
1s 2s 2p 3s 3p
3d
Natriy atomida bo‘lishi mumkin bo’lgan enrgetik yacheykalar.
Elektronlar joylashishiga qarab, ularni yacheykalarga solamiz. Pauli qoidasiga asosan
agar energetik yacheykada ikkita elektron bo‘lsa, ular bir-biriga qarama-qarshi taraflarga
aylanadi.
1s 2s 2p 3s 3p
3d
Do'stlaringiz bilan baham: |