3- ma’ruza fonetika va fonologiya; reja: Fonetika haqida ma'lumot. Nutq a’zolari, nutq apparati


Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana08.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#241984
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
ona tili 3-maruza 1

 

Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra  unlilar ikki guruhga bo‘linadi: 

1) old qator unlilar: i, e, a; 

2) orqa qator unlilar: u, o‘, o. 

Og‘iz bo‘shlig‘idagi eng faol a’zo tildir. U   unlilarni talaffuz qilishda oldinga yoki orqaga 

qarab harakat qiladi. Masalan, i, e, a ulilarini hosil qilishda til oldinga siljiydi, u, o‘, o unlilarini 

hosil qilishda orqaga tortiladi.  



 

Tilning vertikal harakatiga ko‘ra  unlilar uch turga ajratiladi: 

 

1) yuqori (tor) unlilar: i, u; 



 

2) o‘rta (keng) unlilar: e, o‘; 

 

3) quyi (keng) unlilar: a, o. 



 

Unlilar  talaffuzida    tilning  tanglayga  tomon    ko‘tarilishi  va  tushishi  vertikal  harakat 

sanaladi. Bu harakat tufayli og‘izning ochilish darajasi  har xil bo‘ladi. Masalan,  i, u unlilarini 

hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi va  og‘izning ochilish darajasi tor bo‘ladi; a, o unlilarini 

hosil qilishda esa til tanglaydan uzoqlashadi va til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq keng bo‘ladi. 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling