3.Nutq tovushlarining tembri (sifati) –asosiy ton bilan hosil bo‘ladi. Tovushlarning
tembri og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘ininghajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning
qanday hosilbo‘lishiga bog‘liq.
4. Tovushning cho‘ziqlik darajasiun paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan
o‘lchanadi. Tebranish uzoqdavometsa, tovushcho‘ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa
bo‘ladi.
Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi
Har qanday tovushni talaffuz qilishda biror nutq a’zosining faolligi yetarli bo‘lmaydi.
Bunda a’zolarning ma’lum izchillikdagi kompleks ishtiroki zarur bo‘ladi. Nutq a’zolarining
tovush hosil qilish paytidagi harakati va holati artikulyatsiya (ingl.bo`g`imma’nosi bildiradi
4
)
deyiladi. Artikulyatsiyada ikki narsa farqlanadi: artikulyatsiya o‘rni va artikulyatsiya usuli.
Tovush hosil qilishda u yoki bu nutq a’zosining faol qatnashgan qismi artikulyatsiya o‘rni deyiladi.
Masalan, b, p kabi tovushlarni hosil qilishda lablar, d, t kabi tovushlarni hosil qilishda esa tilning
oldingi qismi qatnashadi. Demak, b, p tovushlarining artikulyatsiya o‘rni lablar, d, t tovushlarining
artikulyatsiya o‘rni esa til oldidir.
3
Jamolxonov H.A. Hozirgi o`zbek adabiy tili. - T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 25-bet.
4
Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр. 49.
Tovush hosil qilish paytida havo oqimining ikki nutq a’zosining bir-biri bilan jipslashishi
natijasida portlab chiqishi yoki a’zolarning jipslashmay, ular orasidan sirg‘alib o‘tishi
Do'stlaringiz bilan baham: |