3- ma’ruza: pisa tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot. Oʻqish savodxonligi ta’rifi. Matematik savodxonlik tushunchasi pisa tadqiqotlarining baholash mezonlari. Pisa boʻyicha oʻqish savodxonligi darajalari


Download 24.15 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi24.15 Kb.
#1418740
Bog'liq
ma\'ruza 3


3- MA’RUZA: PISA tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot. Oʻqish savodxonligi ta’rifi. Matematik savodxonlik tushunchasi. PISA tadqiqotlarining baholash mezonlari. PISA boʻyicha oʻqish savodxonligi darajalari, javob turlari va baholash. PISA test tarkibi.
REJA:

  1. PISA tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot.

  2. Oʻqish savodxonligi ta’rifi.

  3. Matematik savodxonlik tushunchasi.

  4. PISA tadqiqotlarining baholash mezonlari.

Tayanch so`z va iboralar : PIRLS, PISA, TIMSS, STEAM, TALIS, bilim, ko’nikma, malaka, baholash tizimi, tadqiqot vositalari

PISA tadqiqotlari haqida ma’lumot va topshiriqlari. PISA (The Programme for International Student Assesment) - O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, dasturning asosiy maqsadi – 15 yoshli o‘quvchi yoshlarning o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar ko‘rinishida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o‘quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni hosil qilishga undashdir. Ushbu dastur 1997 yilda joriy etilgan bo‘lib, xar uch yilda bir marta o‘tkazib kelinadi, birinchi marta 2000 yilda o‘tkazilgan. Har uch yilda bitta fan yo‘nalishiga afzallik berilib , ja’mi testlar majmuasining deyarli 50 % shu fanga mansub bo‘ladi. 2000 yilda ilk bor o‘qish savodxonligiga urg‘u berilgan. Aynan 15 yoshli o‘quvchi yoshlar o‘rtasida dasturni amalga oshirilishi sababi ushbu yoshda aksar iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning o‘quvchi yoshlari majburiy ta’limning oxirgi bosqichiga o‘tishadi. Dasturning asosiy maqsadi o‘quvchilarning maktabda olgan bilimini emas, balki olgan malaka, bilim va ko‘nikmalarni hayotda qullashni bilish va natijani tahlil qila olish, vaziyatdan chiqa olish, baholashni bilishni tekshirish. PISA - dasturi o‘quvchilarning katta hayotga tayyorgarlik darajalarini motivatsiyalash, ishontirish va bilimlarini mustahkamlashga asos bo‘lib xizmat qiluvchi dastur hisoblanadi. 2000-2015 yillar oralig‘ida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda – Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning o‘rta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan.


O‘qish savodxonligi PISA xalqaro o‘quvchilarni baholash xalqaro dasturining 2018-yilda o‘tkazilgan baholash siklining asosiy bilim sohasi hisoblanadi. Tadqiqotining o‘qish savodxonligi yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan ushbu qamrov doirasi – o‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturning o‘qish savodxonligi yo‘nalilshida olib borilgan tadqiqotlar tahlili asosida ishlab chiqilgan. Qamrov doirasida PISA tadqiqotlari doirasida o‘quvchilarning qay darajada oson va samarali o‘qib, tushunish ko‘nikmalari va bu ko‘nikmalarning turli metakognitiv jihatlari qanday baholanishi tushuntirilgan bo‘lib, unda o‘quvchilarning o‘qish qobiliyatlari qay darajada baholanishi va izohlanishi muhokama etilgan hamda o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha tuzilgan topshiriq namunalari keltirilgan. PISA tadqiqotining o‘qish savodxonligi mohiyatida tadqiqotning turli sikllarida yuzaga kelgan o‘zgarishlar bilan birgalikda qamrov doirasida ham bir qator o‘zgarishlar kuzatildi. Barchamizga ma’lumki, o‘qish savodxonligi ilk PISA siklida, ya’ni PISA 2000 tadqiqotida baholangan asosiy bilim sohasi hisoblanadi. To‘rtinchi PISA sikli uchun (PISA 2009) o‘qish savodxonligi asosiy bilim sohasi sifatida takomillashdi va uning qamrov doirasini to‘liq ko‘rib chiqilishi va xususiyatini belgilab beruvchi yangi qirralarini rivojlantilishi talab etildi. 2018-yil o‘tkazilgan yettinchi PISA sikli uchun qamrov doirasi yana bir bor qayta ko‘rib chiqilib, bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, ushbu qamrov doirasi so‘nggi o‘n yillikda shakllanib kelgan va raqamli matnlar va qurilmalardan keng foydalanish tufayli shakllanishda davom etayotgan o‘qish savodxonligining yangicha shakllari bilan birgalikda an’anaviy ruhda hozirgi o‘qish savodxonligi bilan to‘liq uyg‘unlashtirildi hamda qamrov doirasi bajariladigan faoliyat turida matnlarning ishonchliligini baholash, ma’lumotlarni qidirib topish, ko‘p manbalardan saralab o‘qish va turli manbalar ichidan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish kabi o‘qish bilan bog‘liq jarayonlarga e’tibor qaratildi. Avvallari, o‘quvchining o‘qish savodxonligini baholashning asosiy usuli sodda matnlarni o‘qib, tushunish, talqin qilish va ular ustida mulohaza yuritishdan iborat edi. Mazkur ko‘nikmalarni saqlab qolgan holda, informatsion texnologiyalarni insonlar ijtimoiy va kundalik hayotiga yanada integrallashuviga ko‘proq e’tibor qaratilishi insonning o‘qish savodxonligi doimiy ravishda yangilanib, kengayib borishini taqozo etadi. Endi ushbu soha XXI asrda talab etiladigan savodxonlikka oid masalalar bilan chambarchas bog‘langan keng miqyosdagi yangidan-yangi ko‘nikmalarni o‘zida aks ettirishi lozim. Savodxonlik tushunchasiga berilgan ta’rif orqali tobora o‘zgarib borayotgan vaziyatlar va yangi texnologiyalarning ta’siri 6 tufayli savodxonlik mohiyati mudom o‘zgarishlarga yuz tutishini anglab yetish bilan yuqori saviyadagi raqamli o‘qish ko‘nikmalari va asosiy o‘qish jarayonlarini qamrab olinishi talab etiladi. Matn ko‘rinishidagi ma’lumotlar bilan ishlash oddiy yozuv usulidan kompyuter erkanlaridan tortib smartfonlargacha bo‘lgan zamonaviy qurilmalar bilan amalga oshirilayotgan ekan, matnlarning tuzilishi va formatlaridan ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchidan yangidan-yangi aqliy strategiyalarini rivojlantirishni va maqsadli o‘qish jarayonida aniq maqsadlarni qo‘yishni taqazo etmoqda. Shuning uchun, o‘qish savodxonligida muvaffaqiyatga erishish deganda biror sodda matnni o‘qib, tushunish nazarda tutilmasligi lozim. Katta hajmli, jumladan, badiiy matnlarni o‘qib, talqin qila olish qobiliyati o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan holda, o‘qish savodxonligini o‘zlashtirilishi ma’lumotlarni qayta ishlashning murakkab strategiyalari, jumladan, ko‘p matnli (yoki ma’lumot) manbaalaridan tegishli ma’lumotlarni olib, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va talqin qilishni ham talab etadi. Bundan tashqari, muvaffaqiyatli va qobiliyatli shaxslar ilm-fan va matematika kabi barcha sohalarda ma’lumotlardan foydalanadi va qator ma’lumotlarni samarali qidirib topish, tizimlashtirish va filtrlash uchun texnologiyalardan foydalanadi. Bular mehnat bozorida, tahsilning keyingi bosqichlarida hamda XXI asrning ijtimoiy va fuqorolik hayotida to‘laqonli ishtirok etish uchun kerak bo‘lgan muhim ko‘nikmalar hisoblanadi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholay olishda avvalgi qamrov doirasi bilan bog‘liqlik mavjud ekani kafolatlangan holda qayta ko‘rib chiqish turli modellarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirish uchun turli o‘qish jarayonlarining e’tiborli jihatlari qayta tartibga keltirildi. Qayta ko‘rib chiqish jarayonida butun dunyoda hozirda matnlardan keng foydalanib kelinayotganini hisobga olib, o‘quvchilarning o‘qish savodxonliklarini yanada xolisroq baholashda nazorat qilib boriladigan raqamli va bosma matnli savollardan qay tartibda foydalanish va yangi texnologik imkoniyatlarni qay tartibda jalb etish ko‘rib chiqildi. Yuqorida ta’kidlanganidek tadqiqotning o‘qish savodxonligi yo‘nalishida ishlab chiqilgan ushbu qamrov doirasi avvalgilaridan birmuncha farqlandi. 2000-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotida o‘qish savodxonligiga “O‘qish savodxonligi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim va imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun yozma matnlardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish va tushunish demakdir” deb ta’rif berilgan bo‘lsa, 2009-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga “O‘qish savodxonligi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim va imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun yozma matnlardan foydalanish, ular 7 bilan shug‘illanish hamda ustida mulohaza yuritish, ular bilan ishlash va tushunish demakdir” deb ta’rif berilgan. Ushbu ta’rifdan 2012 va 2015-yilgi tadqiqotlarda ham o‘qish savodxonligi ta’rifi sifatida foydalanilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga berilgan ta’rif o‘qish savodxonligining ajralmas qismi sifatida matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni baholashni o‘z ichiga oladi va “yozma” so‘zi olib tashlanadi va quyidagicha ta’riflanadi: “O‘qish savodxonligi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi, jamiyatda ishtirok etishlari va o‘z bilim va imkoniyatlarini rivojlantirishlari uchun matn ko‘rinishidagi ma’lumotlardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish, ular bilan ishlash va tushunish demakdir.” (PISA 2018, o‘qish savodxonligi qamrov doirasi).
PISA tadqiqotida ishtirok etish quyidagilarga imkon yaratib beradi: – umumta‟lim maktablari o„quvchilarining ta‟limning keyingi bosqichini davom ettirishga, shuningdek mustaqil hayotga qay darajada tayyor ekanligini aniqlash; – umumiy o„rta ta‟limni takomillashtirishning ustuvor yo„nalishlarini aniqlash; – o„quvchilarning ta‟lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta‟lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma‟lumotlarni olish. PISA tadqiqotlarida o„quvchilarning matematik tayyorgarligini baholash da quyidagi uch jihatga alohida e‟tibor qaratiladi: – topshiriqlar o„quvchilarning kundalik hayotdagi qiziqishlari va ehtiyojlariga mosligi; – muammo mazmuni (kontekst)ning hayotiyligi; – matematikani qo„llash bosqichlarining faqat ayrimlarini emas, balki barchasining to„liq qamrab olinganligi, ya‟ni bu jarayonning bir qisminigina bajarish (masalan, tenglamani yechish, algebraik ifodani soddalashtirish) emas, balki masalani tushunish bosqichidan boshlab, uni matematik tilda ifodalash, yechish va yechimni talqin qilishgacha bo„lgan barcha bosqichlarning hammasini qamrab olinganligi.Bu jihatlar o„quvchilarning matematik tayyorgarligini baholash mazmuni ya‟ni matematik savodxonlik tushunchasida o„z aksini topgan. Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1480 International Conference Matematik savodxonlik tushunchasi turli yillardagi tadqiqotlarda turlicha talqin qilingan. Oxirgi tadqiqot natijalariga ko„ra unga quyidagicha ta‟rif berish mumkin: 1.Tanqidiy fikrlash; 2.Ijodkorlik, kreativlik; 3.Tadqiqot va tahlil qilish; 4.Mustaqillik, tashabbuskorlik va qat‟iylik; 5.Ma‟lumotlardan foydalanish; 6.Tizimli fikrlash; 7.Muloqot qilish; 8.Mulohaza yuritish. Matematik savodxonlik – bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo„llay olish va olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir. U hodisalarni tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish uchun tushunchalar, algoritmlar, faktlar va vositalarni o„z ichiga oladi. U insonlarga matematikaning olamdagi o„rnini tushunishga hamda yaratuvchan, qiziquvchan va o„zini o„zi tahlil qiladigan XXI asr fuqarolariga zarur bo„lgan asoslangan hukm va qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Matematik savodxonlik har bir kishiga matematika olamini tushunishga, uning inson hayotida tutgan o„rni va ahamiyatini anglashga, faol, mulohazali va ishning ko„zini biladigan (konstruktiv) XXI asr fuqarosi uchun zarur bo„lgan, asosli mulohazalar yuritish orqali maqbul qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini o„zida shakllantirishga yordam beradi.
PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, ja’mi testlar majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish savodxonligiga urgʻu berilgan.
Test Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi. Tadqiqotda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar, shuningdek, OECD bilan hamkorlik aloqalari boʻlgan davlatlar ishtirok etadi.
PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015- yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda – Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan.
PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy eʻtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi.
PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:

  1. Bir javobli testlar;

  2. Bir nechta javobli testlar;

  3. Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;

  4. Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi). Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan.

Download 24.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling