3- mavzu. Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllari rivojlanishining evolyusiyasi. Mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida institutsional islohotlar. Shartnomalar nazariyasi. Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari


Download 91.29 Kb.
bet13/13
Sana16.04.2023
Hajmi91.29 Kb.
#1360637
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3 maruza

9.3. Firmaning ichki tuzilmasi

«Prinsipal-agent» muammosi hal etilishi muqobil modellardagi tashkilotning ichki tuzilishi asosida yotadi. Firma ichki tuzilishining quyidagi to‘rtta varianti keng tarqalgan:



  • unitar (U-tuzilma);

  • xolding (X-tuzilma);

  • mul'tidivizional (M-tuzilma);

  • aralash (A-tuzilma).

1. Unitar tuzilma - hukmronlik munosabatlarining eng yuqori darajada markazlashuvini nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «prinsipal» tomonidan qabul qilinadi, uning o‘zi nazoratni ham amalga oshiradi. Agar «agentlar» faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga o‘tkazilsa, u holda funksional belgi bo‘yicha – funksional bo‘linmalar boshliqlariga: sotish bo‘limi boshlig‘i, bosh muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi. Shunday qilib, funksional bo‘linmalar rahbarlari bir vaqtning o‘zida firma rahbariyatiga nisbatan «agentlar», topshiriqlarning bevosita ijrochilariga nisbatan esa - «prinsipal» hisoblanadi.
Unitar tashkilotda «prinsipal-agent» muammosini hal etishning yagona varianti nazoratning yangi, past xarajatlari bilan bog‘liq usullarini ishlab chiqish asosida nazoratni kuchaytirishdan iborat.
2. Xolding tuzilmasi qarorlar qabul qilish va «agentlar» harakatlari ustidan nazorat jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o‘zida namoyon etadi. Amalda «prinsipal» faqat moliyaviy oqimlar va «agentlar» faoliyatining moliyaviy natijalarini nazorat qilish vakolatini o‘zida saqlab qoladi. «Agentlar» barcha qarorlarni qabul qilishda chetda qoladi, foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qaror bundan mustasno. Boshqacha aytganda, «prinsipal» «agentlar» faoliyatini bevosita emas, balki «agentlar» musobaqasini tashkil etish orqali nazorat qiladi.
Xolding tuzilmasi hatto bir firmaning bo‘linmalari o‘rtasida bevosita raqobatni ham istisno etmaydi. Ta'kidlash lozimki, xolding bo‘linmalari darajasida «prinsipal» (bir vaqtning o‘zida firma rahbariyati uchun «agent» hisoblangan bo‘linma boshlig‘i) va «agent» o‘rtasidagi munosabatlarning unitar turini ham uchratish mumkin.
Mul'tidivizional tuzilma. XX asrning eng ahamiyatli tashkiliy-boshqaruv innovasiyasi bo‘lib, 20-yillarda P'er Dyupon («Du Pont» rahbari) va Al'fred Sloun («General Motors» rahbari) tomonidan mul'tidivizional tuzilmaning tashkil etilishi hisoblanadi.
Mul'tidivizional tuzilma – mahsulot turi, savdo markasiga ko‘ra yoki geografik belgi bo‘yicha o‘z xarajatini qoplash va o‘zini – o‘zi moliyalash tamoyili asosida faoliyat yurituvchi yarim tobe ishlab chiqarish bo‘linmalarini tashkil etishni nazarda tutadi.
Mul'tidivizional tuzilma unitar va xolding tuzilmalarining o‘ziga xos sintezi hisoblanadi. Haqiqatan ham, unda (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarish to‘g‘risida) strategik qarorlarni qabul qilishning markazlashtirish tamoyili saqlanib qolgan va ayni paytda tezkor nazorat va boshqaruv markazlashmagan. Shu tariqa divizionlar («agentlar»)ning moliyaviy xarajatini qoplash tamoyili ularga o‘z faoliyatidan olinadigan daromadlarda ishtirok etish imkonini beradi, lekin firma rahbariyati («prinsipal») bunda firmaning maqsad va vazifalariga muvofiq bo‘linmalar foydasining bir qismini qayta taqsimlash huquqini saqlab qoladi. Sanoat klasterlari va transmilliy kompaniyalar mul'tidivizional tuzilma tamoyillarini amalda qo‘llovchi korxonalarga misol bo‘ladi.
4. Aralash tuzilma, agar bo‘linmalardan biri xuddi unitar korxonadagi kabi firma rahbariyati tomonidan to‘liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo‘linma xoldingdagi kabi firma rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo‘lsa, uchinchi bo‘linma esa operasion mustaqillikka ega bo‘lib, mul'tidivizional tuzilmadagi kabi o‘z xarajatini qoplash tamoyili asosida faoliyat yuritgan taqdirda, yuzaga keladi.
Download 91.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling