8.3. Shartnoma turlari
Endi yollash to‘g‘risidagi shartnoma bilan sotish to‘g‘risidagi shartnomani o‘zaro taqqoslagan holda, bevosita shartnoma tarkibini muhokama qilishga kirishamiz. Shartnomaning uchta asosiy turi ma'lum – klassik, implisit va neoklassik.
Klassik shartnoma, unda o‘zaro hamkorlikning barcha shartlari aniq va to‘la-to‘kis belgilangan, sotish to‘g‘risidagi shartnomadan hosil bo‘lgan shartnoma.
Implisit (bundan «implisit», ya'ni oxirigacha kelishilmagan shartnoma atamasi kelib chiqqan) shartnoma esa, aksincha, o‘zaro hamkorlikning aniq belgilanishini istisno etadi, shartnoma tomonlari shartnomani amalga oshirish jarayonida ularning tafsirlanishini nazarda tutadi. Bunday shartnoma yollash to‘g‘risidagi shartnomadan hosil qilinadi. Neoklassik yoki gibrid, «munosabatli» shartnoma o‘zida ham yollash to‘g‘risidagi shartnomaning, ham sotish to‘g‘risidagi shartnomaning unsurlarini birlashtiradi va tomonlarga kutilmagan holatlar sodir bo‘lganida uning shartlariga amal qilmaslik imkonini beradi.
Quyidagi jadval yordamida uch turdagi shartnomaning tarkibi va o‘lchamlarini solishtiramiz.
8.1-jadval
Shartnoma tarkibi va xususiyatlari
Klassik
|
Neoklassik
|
Implisit
|
1. Shartnoma tomonlarining tavsifi
|
Har bir ishtirokchining oʼrnini bosadigan shaxsni topish osonligi. Natija ishtirokchilarning tarkibiga bogʼliq emas. Tomonlar xatarga nisbatan bir xilda betaraf
|
Teng oʼrinbosar topish qiyinligi tufayli shartnoma tomonlarining yuqori darajada oʼzaro bogʼliqligi. Tomonlar xatarga nisbatan betaraf
|
Bitim ishtirokchilarining ikki tomonlama bogʼliqligi: natija ularning birgalikda faoliyat yurita olishlariga bogʼliq. Bir tomon xatarga nisbatan betaraf, ikkinchi tomon xatarga qarshi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |