3- mavzu. Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllari rivojlanishining evolyusiyasi. Mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida institutsional islohotlar. Shartnomalar nazariyasi. Mulk huquqlari nazariyasining asosiy qoidalari


«Prinsipal-agent» muammolarinihal etish variantlari


Download 91.29 Kb.
bet11/13
Sana16.04.2023
Hajmi91.29 Kb.
#1360637
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3 maruza

9.2. «Prinsipal-agent» muammolarinihal etish variantlari

«Agent»ning opportunistik xatti-harakatini cheklashga yo‘naltirilgan rag‘batlar tizimini izlash bilan optimal shartnoma nazariyasi yoki «prinsipal-agent» nazariyasi shug‘ullanadi. Ko‘pincha ushbu muammoni hal etishning quyidagi variantlari ko‘rsatiladi.


1. «Agentlar» raqobati. «Prinsipal-agent» muammosini hal etishning birinchi varianti agentlar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirishni talab etadi. Bunda odatiy shartnomadan farqli o‘laroq «agent» tomonidan nafaqat «prinsipal» belgilagan (masalan, ishlab chiqarish) darajaga erishishi, balki qolgan «agentlar»ga nisbatan eng yuqori darajaga erishishi (qo‘shimcha ravishda) rag‘batlantiriladi. «Agentlar» raqobati g‘oyasi o‘zaro harakatlarni o‘zaro nazorat qilish uchun «agentlar»ning o‘zlaridan foydalanish imkonini beradi.
2. «Agent»ning qo‘shma faoliyat natijalarida ishtirok etishi. Muammoni hal etishning ikkinchi varianti «agent» tomonidan qat'iy belgilanmagan, balki firma faoliyati natijalariga bog‘liq mukofotni to‘lashni nazarda tutuvchi yollash haqidagi shartnomaning tuzilishidan iborat. Bunga, masalan, yollanma xodimlarning firmaning foydasida ishtirok etishining turli shakllari, shu jumladan aksiyadorlik korxonasining kapitalida ishtirok etish kiradi.
AQShda ko‘p yillardan buyon ESOP dasturi amal qilmoqda, unga ko‘ra 10 foizdan ortiq sanoat korxonalari xodimlari o‘z korxonasi aksiyalarini xarid qilishda imtiyozlarga ega bo‘ladilar. «Agentlar»ning firma faoliyati natijalarida ishtirok etishining barcha turdagi qoidalari orasida mukofotning natijalarga chiziqli bog‘liqligini nazarda tutuvchi oddiy yo‘llar eng samarali hisoblanadi.
Bu ularda chiziqli bo‘lmagan yo‘llardan foydalaniladigan shartnomalarni tuzishning yuqori xarajatlari bilan ham, «agentlar» tomonidan mukofotning natijalarga murakkab bog‘liqligining qiyin qabul qilinishi bilan ham bog‘liq. Eng qulay variantlarda qat'iy belgilangan mukofot «agent»ga emas, balki «prinsipal»ga taklif etiladi, ya'ni «agent» «prinsipal»ga renta va foydaning ulushini to‘lagan holda undan mol-mulkni ijaraga oladi. «Agent» tomonidan «prinsipal» topshiriqlarining vijdonan bajarilishini bunday rag‘batlantirish yo‘llarini amaliyotda qo‘llashga quyidagi omillar to‘sqinlik qiladi:
- «agent»ning xatarga moyillik darajasi;
- «agent» tomonidan mol-mulkning ijaraga olinishi yoki uning mulkda ishtirok etishi uchun resurslarning cheklanganligi; bunda «agent»ning ushbu maqsadlarda bankdan ssudalar olishi shu axborot asimmetriyasi muammosi hamda u bilan kreditor sifatida bank o‘rtasidagi munosabatlardagi ma'naviy xatar tufayli murakkablashdi.
3. Firma «agentlar» ittifoqi sifatida. Ushbu qaror avvalgisidan shunday tubdan farq qiladiki, bunda nafaqat «agentlar»ning faoliyatdan olinadigan daromadlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi, balki «prinsipal» vazifalarining o‘zi «agentlar» tomonidan navbati bilan bajarila boshlaydi. «Prinsipal» vaqtincha «tenglar ichida birinchi» bo‘ladi. Ta'kidlash lozimki, hukmronlik munosabatlari «agentlar» tomonidan o‘z harakatlari ustidan nazoratning boshqalarga topshirilishi bilan tugatilmaydi, shunchaki nazorat va vazifalarni taqsimlash vazifalari tashkilot ishtirokchilari tomonidan navbatma-navbat bajariladi. Vaqtincha axborot oqimlarining kesishuvidagi mavqeni egallagan va natijada aylanuvchi axborotni to‘plash imkoniyatiga ega «agent» «prinsipal»ga aylanadi.
«Agentlar»ning «prinsipal» mavqeiga o‘tishi faqat ishonchli axborotni uzatishni rag‘batlantirish muammosini hal etadi. Lekin eng asosiysi, u «agentlar» o‘rtasida ishonchli munosabatlarni mustahkamlash va kooperatsiyani rivojlantirish uchun zamin yaratadi. O.Uil'yamson «agentlar» o‘rtasida ishonchli munosabatlarning paydo bo‘lishida firmada foydalilikni oshirish strategiyasi sifatida opportunizmdan bosh tortishga olib keluvchi «assosiativ muhit» paydo bo‘lishining muhim omilini ko‘radi: «Unumdorlik umumiy ishga adolatli ulush qo‘shganlik uchun javobgarlik hissi tufayli ortadi». O‘zini – o‘zi boshqaruvchi firma bunday ittifoqni amaliyotga joriy etish shakli sifatida ishtirok etadi.
Assosiativ muhitning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq foyda nafaqat nazorat xarajatlarida tejash, balki yangi manba – kooperatsiyadan yutishdan iborat. Klassik iqtisodiyot fani Adam Smitdan keyingi mehnat taqsimotini tashkilot a'zolarining ba'zi vazifalarni hal etishdagi qiyosiy ustunliklarining asosiy manbai, deya e'tirof etadi. Ushbu yondashuvga ko‘ra, kooperatsiya foydali, chunki alohida vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan xodimlar birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan ular tomonidan barcha vazifalar mustaqil hal etilgandagiga nisbatan ko‘p mahsulot ishlab chiqaradi.
Ishchining chaqqonligini rivojlantirish u bajara oladigan ishlar miqdorini oshiradi. Mehnat taqsimoti esa, har bir ishchining ishini biror – bir oddiy operatsiyaga yo‘yib, ushbu operatsiyani uning butun hayotidagi yagona mashg‘ulotga aylantirgan holda, ishchining abjirligini kerakli darajada oshiradi. Assosiativ muhit nafaqat mehnat taqsimoti, balki «jamoaviy ish» asosida kooperatsiyadan foyda olish imkonini beradi. Kooperatsiyadan olinadigan ijobiy samara birgalikda ishlash va tashkilot a'zolari – «jamoa»ning o‘zaro qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlanadi.
Xulosa qilib, ta'kidlash joizki, «agentlar» ittifoqi sifatida firmada «prinsipal»dan «agentlar»ni ularning umumiy natijaga qo‘shgan ulushiga muvofiq mukofotlashi, «agent»dan esa «prinsipal» tomonidan qo‘yilgan vazifalarning vijdonan bajarilishini talab etuvchi «oltin qoida» asosida «prinsipal» va «agent» muammosini hal etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Misol tariqasida quyidagi modelni keltiramiz, unda o‘yinchilar uchta strategiyadan bittasini tanlaydilar: «oltin qoida», teng sa'y-harakatlar standarti va opportunistik xatti-harakat.


Download 91.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling