3- mavzu: shakli o‘zgargan novdalar va ularning tuzilishi. Reja


Download 34.57 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi34.57 Kb.
#1062117
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MA`RUZA.SHAKLI O‘ZGARGAN NOVDALAR

Venerina – barglarning qanotsimon bargi bo‘lib, ikki bo‘lakli yaproqlarning chetlarida uzun-uzun tishchalari, yaproq bo‘laklarining o‘rtasida esa uchtadan sezgir tukchalari bo‘ladi. Xashorat bargiga qo‘nganda tukchalar xarakatlanib bir necha daqiqacha bargning har ikkala bo‘lagi bekiladi va o‘z ichiga xashoratni qamab oladi. Xashorat hazm bo‘lgandan so‘ng barg ochiladi.
Rosyanka – barglari bezsimon, birqancha tuklar bilan qoplangan, uchki qismidan yopishqoq shira chiqaradi. Bargcha qo‘ngan xashorat tuklarni xarakatga keltiradi. Natijada xashorat bir kecha kun davomida erib hazm bo‘ladi, so‘ngra tukchalar ko‘tariladi va xashorat qoldiqlarini shamol uchirib yuboradi. Xashoratlar bilan oziqlanish usuli o‘simlik uchun qo‘shimcha azotlanish yo‘lidir.
SHakli uzgargan novda. SHakli uzgargan novdalardan yer ustki va yer ostki turlari ma’lum bular nixoyatda turli tumanligi bilan xarakterlanadi. Ular ildiz uzgarishi, poya uzgarishi, barg uzgarishi va mevalar uzgarishida namoyon bo‘ladi.
SHakli uzgargan yer osti novdalar oziqa moddalar jamgariladigan urindik xisoblanadi. Bunday novdalarga ega bo‘lgan o‘simlik ana shu shakli uzgargan yer ostki novdalar yordamida vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Bu organi tufayli o‘simlik muhitning nokulay, yilning noqo‘lay faslida sovuk, kurgokchilik paytlarda yer bagrining ma’lum chuqurligida o‘tkazadi. SHakli uzgargan novdalar ildiz poya, tugunak, piyoz va boshqa organlarda kuzatiladi.
Piyoz umumiy tuzilishiga kura, kurtakni eslatadi. U shakli uzgargan poya va barglardan iborat. Uning kiskargan poya qismi tub deb yuritiladi. Tubda kavat-kavat bo‘lib, joylashgan etli barglar to‘tashgan bo‘ladi. Piyoz ust tomondan quruq, kungir-kizgish yoki ok-kizgish barglar bilan koplangan. Piyozning tub qismidan ko‘p sonli ko‘shimcha ildizlar usib chikadi. Piyozlar morfologik tuzilishi va biologik xususiyati jihatidan farq qilinadi. (rasm) Piyoz tubining uch qismida odatda ust tomoni barglar bilan koplangan bir yoki bir nechta kurtak joylashgan bo‘ladi. Bu kurtaklardan yer ustki organlar usib chikadi. Lekin piyozlarning hammasi ham biomorfologik jihatdan bir xil emas. Lola, giatsint, anzur piyoz singari piyozli o‘simliklarning markaziy kurtagidan yer ustki organlari hosil bo‘lib, yon kultik kurtaklaridan esa tugridan-tugri yangi mayda piyozchalar hosil bo‘ladi, bular bachkilar deb yuritiladi.Ba’zi piyozlilarda yon kurtaklardan ham yer ustki organ hosil bo‘ladi. Piyozlilarning ayrim turlarida piyoz faqat yer ostida emas, balki yer ustki organlarida ham hosil bo‘ladi. Masalan, sir piyoz deb yuritiladigan o‘simlik turida, u gullaganda undan urug‘ urniga piyoz hosil bo‘ladi. Bu xususiyat sarimsokning ayrim turlarida ham kuzatiladi.
Ayrim o‘simliklarning yer ostki poya metomorfozlari piyoz bo‘lsada, tashqi kurinishi tugunakni eslatadi, masalan, shafrdon, gladiolusda bu xususiyat kuzatiladi. Bu kurinishdagi piyozlar tuganak piyozlilar deb yuritiladi. Ularning piyozlardan farq qiladigan xarakterli belgisi shundaki, ularda zapas oziqa moddalar barg uramalarida emas, balki poyaning tub qismida tuplanadi.
Tugunaklar poyaning yer ostki qismining yugonlashuvidan ham hosil bo‘ladi. Kartoshka, topilambur singari o‘simliklarning bugim oraligi juda kiskargan yer osti poyadir. Unda umuman xlorofil bulmaydi. Lekin erdan chikib, kuyosh nuri tushib turgan qismi albatta yashil rangga kiradi. Tugunaklar yer osti poyalarning oxirida rangsiz, stolon deb yuritiladigan yer ostki barg kultiklarida, yoki topilambur singari o‘simlikning kiskargan yer osti novdalarida hosil bo‘ladi. Kartoshka tugunagida uch qismida kuzchalar deb yuritiladigan kurtaklar bo‘ladi. Xar bir kuzchada bir, uch va undan ortiq kurtak joylashgan bo‘ladi. Qo‘lay muhitda ulardan biri una boshlab, tugunakdagi oziqa moddalar hisobiga oziklanadi, tez o‘sadi va mustaqil o‘simlikka aylanadi.
Tugunaklar va xususan kartoshka ust tomondan pukakdan iborat epiderma deb yuritiladigan po‘st bilan koplangan. Kartoshkada kambiy xalkasi buylab, bir-biridan ancha uzoqda, o‘tkazuvchi boglamlar joylashgan bo‘ladi. Tugunakning asosiy qismini esa uzak parenximasi tashqil etadi.

Download 34.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling